Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida “Mo‘jizalar karvoni” festivali bo‘lib o‘tadi

31.05.2022 895

1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi “Next” savdo-ko’ngilochar majmuasida “Mo‘jizalar karvoni” festivali o‘tkaziladi. 

Turizm va madaniy meros vazirligi, “Next” savdo-ko’ngilochar majmuasi tomonidan boshqa hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilgan festival doirasida xayriya tadbirlari, konsert va ko‘rgazmalar kabi qator tadbirlar o‘tkaziladi.

Festivalning asosiy maqsadi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini kashf qilish va qo‘llab-quvvatlashga yo’naltirilgan. 

“Mo‘jizalar karvoni” festivali doirasida O‘zbekistonning figurali uchish bo‘yicha yoshlar terma jamoasi ishtirokida “Mo‘jizalar karvoni” muz shousi, “Quvonch do‘koni” aksiyasi o‘tkaziladi, unda xohlovchilar bolalar kitoblarini va yumshoq o‘yinchoqlarni sovg‘a qilishlari mumkin. Tadbirda O‘zbekistonning bolalar bilan bog’liq xayriya amallariga ixtisoslashgan jamg‘armalar va nodavlat notijorat tashkilotlari taqdimoti o‘tkaziladi.

Bolalarni kasblar bilan tanishtirish uchun turli kasblarga oid stansiyalar ishlaydi.  Sog'lom turmush tarzining eng yosh ixlosmandlari uchun alohida mashg'ulotlar bo'ladi: bolalar yogasi va zumbasi.

Festivalda bolalar uchun katta musiqiy bayram – “Tantana” vokal va estrada guruhining shou-kontserti bo‘ladi.

“Mo‘jizalar karvoni” festivali bayram  salyuti bilan yakunlanadi.

Tadbirlarga kirish bepul!

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing