Foto va Video

Xitoyda O‘zbekistonning turizm salohiyati bo‘yicha PR-kampaniya bo‘lib o‘tdi

14.12.2023 481

Xorijiy sayyohlarni ko‘paytirish va O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyatini Xitoy Xalq Respublikasida keng targ‘ib qilish maqsadida Xitoyning yirik “Trip.com Group Ltd” onlayn-kompaniyasi bilan reklama kampaniyasi ishlab chiqildi.

“Trip.com Group Ltd” NASDAQ va HKEX ro‘yxatiga kiritilgan dunyodagi yetakchi onlayn turizm kompaniyalaridan biridir. Kompaniya 32 mamlakatdan 400 milliondan ortiq foydalanuvchilarga 21 tilda havo va temir yo‘llarni bron qilish, mehmonxonalar, avtoulovlarni ijaraga berish, sayohatlar, vizani qo‘llab-quvvatlash kabi xizmatlarni taqdim etadi.

“Trip.com Group Ltd” tomonidan taqdim etilgan loyihaning maqsadi xitoylik sayohatchilarga qulaylik yaratish uchun “Ctrip.com” platformasi resurslaridan maksimal darajada foydalanishdan iborat. Bunga avia va poyezd chiptalarini bron qilishdan tortib mehmonxonalar, avtoulovlarni ijaraga olish, sayohatlar va vizani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ma’lumot berishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli xizmatlar kiradi.

Reklama kampaniyasi doirasida mamlakatimizning madaniy, sayyohlik salohiyati va diqqatga sazovor joylarini rivojlantirish, xitoylik sayyohlar oqimi yo‘nalishida o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasida O‘zbekistonning turistik nufuzini oshirish masalalariga qaratilgan qo‘shma loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, marketing strategiyalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sirasiga quyidagilar kiradi: O‘zbekiston uchun asosiy aloqa va targ‘ibot vositasi sifatida 2 ta tematik sahifa yaratish; “Ctrip” reklama manbalari; POI sahifalarini ishlab chiqish (point of interest - asosiy fikrlar); Ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish; Kontent marketing (Content Marketing); Maqsadli marketing; Brendning taniqliligi; Mahsulot ishlab chiqish (Product Development).

Bu kabi yetakchi sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlik O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun yangi istiqbollarni ochdi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing