Bugun, 2-iyun kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziri, Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malik, Xiva shahri hokimi Temur Davletov, Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shаdiyev Xivani Islom dunyosining turizm shahri deb e’lon qilingani munosabati bilan xalqaro tadbirlar doirasida tashkil etilgan rasmlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
“Islom dunyosining muqaddas qadamjolari” mavzusida ochilgan rasmlar ko‘rgazmasida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning muqaddas qadamjolari tasvirlangan rasmlar namoyish etilmoqda. Jami 60 ta asarning har birida Islom dunyosi uchun betakror va ahamiyatli ziyoratgohlar tasvirlangan.
Ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarga Islom davlatlarining madaniy va ma’naviy merosi bilan tanishish, ularning diniy an’analari va tarixi muhitiga sho‘ng‘ish imkoniyatini beradi.
Asarlar Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar rassomlari tomonidan yaratilgan.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh