Foto va Video

Xivada “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniy forumi ochildi

15.09.2021 745

Qadimgi Xiva ko‘chalarida yana quvonchli bayram – kuni kecha, 14-sentyabrda bu yerda “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniy forumiga start berildi.

Eslatib o‘tamiz, forum YuNESKO bilan birgalikda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda, ushbu tadbir haqida BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida e’lon qilingan edi.

Ichan-Qaladagi Ko‘xna-Ark arxitektura ansambli etagida forumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Forumni Bosh vazir o‘rinbosari-Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, YuNESKO Bosh direktorining ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha yordamchisi Gabriela Ramos va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ochib berdilar.

Bu yerda O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi doirasida, xivalik folklor ustalarining bayram tantanalari va teatrlashtirilgan namoyishlari hamda milliy estrada yulduzlari ishtirokida gala-konsert bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 15-sentabr, forumning asosiy voqeasi TURKSOY davlatlari madaniyat vazirlari doimiy kengashining yig‘ilishining ochilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Dastur doirasida “Xiva - turk dunyosining madaniy poytaxti” doirasidagi tadbirlar haqida hisobot, 2022-yildagi turk dunyosining madaniy poytaxti taqdimoti, shuningdek, 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan TURKSOY bosh kotib saylovi ham bo‘lib o‘tadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing