Mamlakatimizga Yaponiyadan sayyohlar sonini oshirish, tarixiy shaharlarimizning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Yaponiyaning yetakchi “NHK” telekanali ijodiy guruhining yurtimizga tashrifi tashkil etildi.
Telekanal ijodiy guruhi Yaponiya xalqini O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Toshkent va Samarqand shaharlari, Zomin va Bo‘stonliq tumanlaridagi turizm infratuzilmasi, sayyohlik maskanlari, boy madaniy merosimiz, hunarmandlar ijodi va xorijiy mehmonlar uchun mahorat dasrlari to‘g‘risida lavhalar tayyorlamoqda.
Ko‘rsatuvda hozirda yurtimizda sayyohat qilib yurgan Yaponiyalik turistlar ham O‘zbekiston turizm salohiyati yuzasidan fikrlari bilan bo‘lishmoqda.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh