Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Yekaterinburgda “Лето-2025” xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

05.04.2025 100

2025-yil 3-4-aprel kunlari Yekaterinburgda Rossiya turizm sohasining eng muhim tadbirlaridan biri – Лето-2025 xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Biznes ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tgan ushbu xalqaro turizm ko‘rgazmasida mamalakatimiz delegatsiyasi O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida ishtirok etdi.

Bu muhim tadbir dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan turizm sohasi mutaxassislari va sayohat ixlosmandlarini bir joyga to‘pladi. Delegatsiya tarkibiga Turizm qo‘mitasi vakillaridan tashqari, mamlakatimizning "Beyond Expectations", “Caucasia Travel”, “Ayvan International Travel” kabi sayyohlik kompaniyalari vakillari ham kirdi.

O‘zbekiston milliy stendida mamlakatimiz salohiyatini xorijda targ‘ib qilish va chet ellik sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida kompaniyalarimizning yangi yo‘nalishlar va sayohat paketlarini o‘z ichiga olgan turistik mahsulotlari taqdim etildi.

Ikki kunlik ko‘rgazma davomida O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro turoperatorlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan B2B va B2G uchrashuvlarini, shuningdek, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari va jahon turizm sanoati vakillari bilan muzokaralarni faol olib bordi. Qrim Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar doirasida ularning joriy yil oxirida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan TXTY-2025 yarmarkasida ishtirok etishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ma’lumot uchun: “Лето-2025” xalqaro turizm ko‘rgazmasi Rossiyadagi eng yirik mintaqaviy ko‘rgazma sifatida e’tirof etilgan va Sverdlovsk viloyatining federal hamda mintaqaviy hokimiyat organlarining rasmiy ko‘magi bilan o‘tkaziladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing