Foto va Video

Dubaydagi “ATM”

Yaqin Sharqning kirish va chiqish turizm sanoati uchun ushbu yetakchi savdo ko‘rgazmasida 91 milliard dirham qiymatidagi bitimlar tuzilgan, shu boisdan ham ATMni o‘tkazib yubormaslik kerak. Har yili Dubay Jahon Savdo Markazida bo‘lib o‘tadigan ushbu B2B ko‘rgazmasi dunyoning turli burchaklaridan nufuzli xaridorlar va mehmonlarga minglab mahsulot va takliflarni taqdim etadi.

Oldingi ko‘rgazmalar ko‘plab mutaxassislarni, hukumatlar vazirlarini va xalqaro ekspertlarni jalb qildi, ular muloqot qilish, muzokaralar olib borish va sayohat sohasidagi so‘nggi yangiliklar bilan o‘rtoqlashish uchun birlashdilar.

Uzoq kutilgan ATM 2024 yanada kattaroq va yaxshiroq bo‘lishi kutilmoqda va qiziqarli ma’ruzalar, suhbatlar va panel muhokamalari, shu jumladan biznesdagi eng mashhr yetakchilarning ma’ruzalari bo‘ladi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Sana: 2024-yil 6-9-may

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil 6-aprel

Manba: https://www.visitdubai.com/en/whats-on/dubai-events-calendar/arabian-travel-market

Yana ko'ring