Rossiyada sayohatchilar auditoriyasi uchun birinchi turistik Festival bo‘lib, sanoat, davlat siyosati, turizm sohasidagi investitsiya muhiti bo‘yicha dolzarb masalalarini muhokama qilish maqsadida Forumni davlat va biznes o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalari platformasi sifatida birlashtirgan tadbirning innovatsion formatidir. 2022-yilda Forum Rossiya Federatsiyasi Hukumati rasmiy ko‘magida, Turizm bo‘yicha Federal agentlik (Rosturizm) hamkorligida ANO “Национальные приоритеты”, Davlat Dumasi, Rossiya Geografiya Jamiyati, shuningdek, asosiy sanoat birlashmalari va uyushmalari, shu jumladan ATOP, PCT, OСIГ, ФРИO va boshqalar ishtirokida tashkil etildi.

O‘zbekiston ilk bor 2022-yilda bo‘lib o‘tgan Rossiya forumida xalqaro ko‘rgazmaning hamkor davlati sifatida ishtirok etdi. Tadbir Rossiya Federatsiyasi nomidan Roskongress jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi nomidan Turizm va madaniy meros vazirligi hamda “Uzbekistan Airways” Milliy aviakompaniyasi ko‘magida “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil etildi. Forumda O‘zbekiston delegatsiyasi bir vaqtning o‘zida ikkita stendni taqdim etdi: biznes stend va mamlakatimizning turizm salohiyati va madaniyatiga bag‘ishlangan stend. Biznes-stendda “Amirsoy Resort” mavsumiy tog‘-kurorti, “Silk Road Samarkand” yangi sayyohlik majmuasi, “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm universiteti, shuningdek, sayyohlik kompaniyalari haqida ma’lumotlar berildi. O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va madaniyatiga bag‘ishlangan stendda hunarmandlar ijodi, O‘zbekiston milliy taomlari, turizmning turli turlari haqida ma’lumotlar, shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan vinolarni tatib ko‘rish marosimi, hunarmandchilik buyumlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari taqdim etildi.

यह सभी देखें