Foto va Video

Namangan viloyati

2327


Ziyoratgoh nomi
Manzili (joylashgan joyi)
Geolokatsiyasi (google maps kordinatorlari)
Izoh (ob’ekt to‘g‘risida qisqacha ma’lumot)
1 Islomiy qadamjolar


1 Bo‘ston buva ziyoratgohi Namangan shahar, Davlatobod tumani Yuqori G‘irvon M.F.Y, Hamid Olimjon ko‘chasi, 7-uy N40°58'31,8032" E71°40'36,4848" Namangan shahar, Yangi asr MFY, Firdavsiy ko‘chasida joylashgan. Ob’ektning davri aniq emas. Bo‘ston buvaga tegishli qabr panjara devor bilan o‘ralgan bo‘lib, aholi uylarining o‘rtasida joylashgan. Bo‘ston buva maqbarasi 15-16 asrlarga mansub deb taxmin qilinadi. Maqbaraning mahobatli peshtoqi va uning ikki yonidagi guldastalari sharq tomonga qaratib qurilgan. Bino o‘lchamlari 15x7,2 metrga teng bo‘lib, pishiq g‘ishtdan gumbazli qilib qurilgan ikki xonadan: mehrobli dahma va masjiddan iborat.
2 O‘n bir Ahmad ziyoratgohi Namangan shahar, Davlatobod tumani Yuqori G‘irvon M.F.Y, Hamid Olimjon ko‘chasi, 7-uy N40°59'47,2849" E71°37'32,9926" Ziyoratgohda 1991 yilda O‘n bir Ahmadga bag‘ishlab yangi maqbara binosi qurildi. Atrofi obodonlashtirildi va ziyoratchilar uchun sharoitlar yaratildi. Ushbu ziyoratgoh 1992-1993 yillarda hashar yo‘li bilan bunyod etilgan. Hozirgi kunda O‘n bir Ahmad ziyoratgohi diqqatga sazovar joylar toifasidagi mahalliy ahamiyatdagi ob’ekt hisoblanadi. Bu joyga tashrif buyuruvchilar uchun alohida binolar, o‘rindiqlar va xo‘jalik ishlari uchun sharoitlar hozirlangan binolar mavjud.Ziyoratgohga kirish uchun alohida darvoza va yo‘lak zinalari mavjud.
3 “Mazjub Namangoniy” ziyoratgohi Namangan shahar “Kurashxona” M.F.Y, Oydin ko‘chasi N41°01'25,5197" E71°41'43,8893" Majzub Namangoniy maqbarasi Mavlono (Labbay tog‘a) qabristonining sharq tomonidan joylashgan bo‘lib, bunyod etilgan yili ma’lum emas. Maqbarani 2001 yilda uning avlodlari va homiylar tomonidan qayta tiklangan, hozirgi kunda ziyoratgoh sifatida foydalanib kelinadi. Maqbara gumbazining o‘ng tomoniga Abdulaziz Majzub Namangoniy (XVII-XIX asr), Otaullixon to‘ra Abdulqosim eshon o‘g‘li ibn Majzub Namangoniy (XIX-XX asr boshlari), Mo‘yraxon oyim Majzub Namangoniy qizlari (XIX asr) dafn etilgan bo‘lib, qabr atrofi g‘ishtli devor bilan sharqona usulda o‘ralgan.
4 Devona buva maqbarasi Uychi tumani Fayziobod MFY Guzar mahallasi N41°00'28,6923" E71°47'15,7032" Ushbu maqbara 1725-1750 yillar mobaynida bunyod etilgan.Bu maqbara hashar yo‘li bilan Fayziobod qishlog‘ida istiqamot qilib kelgan asli Toshkent shahrida tug‘ilgan Abdurahmon xoji nomi bilan mashhur inson sharafiga uning qabri tepasiga qurilgan. Halq orasida u kishi devona kiyimida yurishlari u kishini “Devona buva” deb nomlanishiga sabab bo‘lgan.
5 “Buloq mozor” ziyoratgohi Norin tumani, Uch tepa MFY, A.Temur ko‘chasi, 67-uy N40°55'49,8223" E71°52'49,8175" Hozirda bu tepalik mahalliy aholinig aytilishlariga qaraganda 4-5 metrlar chamasi cho‘kkanligini aytishmoqda, mahalliy aholi esa bu yodgorlik yo‘lning u betidagi ziyoratgox joy ya’ni buloqqa nisbat berib, Buloqmozor buvam deb aytadilar.Yodgorlikning o‘rtasi ancha baland bo‘lganligi va bunga sabab buloq suv yo‘lining ko‘zi shu tepalik ostidan chiqishida deb bilishadi.
6 “Zaynul Obiddin Imom ota” ziyoratgohi Pop tumani Parda Tursun qishlog‘i, Imom ota MFY Oromgoh ko‘chasi N41°04'15,8730" E70°53'08,7100" Imom ota ziyoratgohi – Parda Tursun qishlog‘i, Imom ota MFYda joylashgan. XVIII asrga oid. Halq orasidagi ma’lumotlarga qaraganda Imom Zaynil Obiddin qatl qilinganlaridan keyin jasadlarini xorlamasliklari uchun boshlarini dushmanlardan olib qochib kelishgan va Shohsuvor G‘oziy tomonidan boshni shu yerga dafn etilgan. XVIII asrda maqbara bunyod etilgan. Hozirgi kunda maqbara ziyoratgohga o‘zgacha ko‘rk berib turibdi.
7 “Chur-Chur Momo” (Ona ko‘z yoshi) ziyoratgohi Pop tumani Chodak qishlog‘i, Chodak MFY N40°58'44,4300" E70°45'08,4100" “Chur-chur momo” yoki onaning ko‘z yoshlari ziyoratgohi Chodak qishlog‘ining kun chiqar tomoni soy bo‘yida joylashgan. U yerdan chiqadigan buloq suvi shifobaxsh bo‘lganligi uchun vodiyning turli joylaridan kelgan ziyoratchilar bilan gavjum.Chashma suvi Chodak soyga quyiladi.
8 “Hazrati Bob Farg‘oniy ” ziyoratgohi Pop tumani Chinor MFY. Xazrati bob ko‘chasi N40°53'45,2502" E71°05'51,5576" Pop shahrining nomi ham shu Hazrati Bobga borib taqaladi. Pop shahri bilan Chinor qishlog‘i o‘rtasida Olmossoy bo‘yida Hazrati Bob nomli qabriston mavjud bo‘lib, yuqorida keltirilgan zot ushbu qabrga dafn etilgan.Hazrati bob X asrning ikkinchi yarmi XI asrning birinchi yarimida yashab o‘tgan ulug‘ valiylardan biri sifatida Islom olamida shuhrat taratgan. Hazrati bob haqida Abdurahmon Jomiy o‘zining “Nafahot ul uns” asarida qimmatli ma’lumotlar bergan..
9 “Langar Aziz buva” ziyoratgohi Pop tumani Sang qishlog‘i, Pillakash MFY N40°51'20,3344" E71°10'59,9683" . Sang qishlog‘ining g‘arbidagi qadimgi daryo kechuvchi va kemadan o‘tish yo‘lidagi 714 yillarga oid yodgorlik. Bu yerga ummaviylar noibi Qutoyba ibn Muslim salaflaridan bo‘lgan Xo‘ja Abdullox Ansoriy va Xo‘ja Ibodulloh Alaidoriylar shaxid bo‘lib, shu yerga dafn etilgan. Bu maqbaralar 1937 yillarda buzib tashlanib,1967 yilda Ikromali Xoji Raxim o‘g‘li tomonidan qayta tiklangan.
10 “Chilla mozor” ziyoratgohi Pop tumani Uyg‘ur MFY, Kelachi ko‘chasi N40°50'50,9710" E71°6'48,2400" Mazkur ob’ekt Pop tumani, Kelachi MFY xududida joylashgan, arxeologiya yodgorligi hisoblanadi. Tegishlilik davri O‘rta asrga oid.
11 “Yusuf Boy Xamadoniy” ziyoratgohi Pop tumani Chodak MFY N40°56'37,4307" E70°46'00,2880" Boy Xamadoniy maqbarasi – Chodak qishlog‘i, Istiqlol MFY xududida joylashgan bo‘lib, ushbu arxitektura yodgorligi XIX-asrda maqbara qayta tiklanib, barcha shart-sharoitlar mukammal qilinib, 1960 yillarda sayilgoxga aylangan. Bobo Yusuf Xamadoniy Chodak qishlog‘ida o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashgan, shogird chiqargan. Bu yerga aholi tomonidan davo istab ziyorat qilib kelib turiladi.
12 “Arashan buloq ” (Qaynar buloq) ziyoratgohi Pop tumani, Yuqori Chodak MFY N41°16'40,0000" E70°31'10,0000" Arashonbuloq ziyoratgoxi Namangan viloyati Pop tuman Abu Ali Ibn Sino o‘rmon xo‘jaligi xududida joylashgan bo‘lib ushbu ob’ekt Toshkent-Qamchiq davonining 26 kilometridan yuqoriga 60 kilometr yurib chiqilganda joylashgan. Ushbu ziyoratgoxda tabiiy madaniy issiq yer osti shifobaxsh buloq suvi chiqadi.
13 “Alkom acha” ziyoratgohi Chortoq tuman Koroskon qishlog‘i   Alkom ona memoriy yodgorlik va ziyoratgoh bo‘lib Koroskon qishlog‘ida joylashgan. Bu maqbara XVII-XVIII asrlarda bunyod etilgan yodgorlik hisoblanadi.
14 “Sulton Said Jaloliddin” ziyoratgohi Chortoq tuman Koroskon qishlog‘i   Hazrat Sulton Said Jaloliddin maqbarasi Koroskon MFY,Eshon mahallasidagi qadimiy qabristonda joylashgan. Bu zot Sulton Said Termiziylar avlodidan bo‘lib, o‘z davrining yetuk ulamolaridan bo‘lgan.
15 “Mavlono Lutfilloh” maqbarasi Chust shahar Mavlono Lutfulloh nomli madaniyat va istirohat bog‘i N41°00'01,3414" E71°14'03,0237" Chust tumani, M.Lutfulloh nomli madaniyat va istirohat bog‘i xududida, Kamarsada MFY, So‘fizoda ko‘chasida joylashgan. Respublika ahamiyatiga ega. Ushbu majmua XIX asrda bunyod etilgan. Yer uchastkasi 0.05 ga. .ni tashkil etadi. Bu arxitektura yodgorligi yetuk ilm egasi Mavlono Lutfulloh nomi bilan uzviy bog‘liqdir.
16 “Bibi ona” ziyoratgohi Chust shahar Ko‘prik-varzik MFY N41°01'29,6434" E71°13'18,6767" Bronza davriga oid Chust manzilgohi (Buona mozor tepa, Bibiona ziyoratgohi)- respublika ahamiya-tidagi Bronza davriga oid arxeologiya yodgorligi hisoblanadi. Rivoyatlarga qaraganda Bibiona yurtning malikasi bo‘lgan.O‘g‘li vafotidan keyin yurtni adolat bilan boshqargan. Bibiona haqida ko‘p rivoyatlar mavjud.
17 “Baxovuddin Balagardon” ziyoratgohi Chust tumani Kamarsada MFY, Ipak yo‘li ko‘chasi, 2- uy N40°59'41,3694" E71°13'47,1471" Chust tumanidagi Kamarsada mahalla fuqarolar yig‘ini xududida joylashgan Bahovuddin Balogardon ziyoratgohi 1900 yilga mansub. Ziyoratgox Bahovuddin Balogardon avlodlarining uy hovlisi xisoblanadi. Hovlidagi qabr ziyoratgoh sifatida aholi tomonidan qabul qilingan. Qabr o‘rab qo‘yilgan hovli sifatida ta’mirlangan.
18 “Axtom sahoba” ziyoratgohi Yangiqo‘rg‘on tumani, Oqtom MFY N41°29'35,0588" E71°40'20,9134" Axtam sahoba ziyoratgohi ko‘hna va qadimiy ziyoratgohi bo‘lib, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Chotqol quyi tog‘ tizmalari etagida joylashgan. Tarixiy va zamonaviy me’morchilik san’ati darajasida qurilgan maqbara ziyoratgohga alohida ko‘rk bag‘ishlab turadi.
19 “Bobo Yaxso‘z” ziyoratgohi Yangiqo‘rg‘on tumani, Nanay MFY N41°31'18,9721" E71°42'05,2915" Hazart “muzni yoqqan avliyo ” ya’ni “Yaxso‘z ota”, “Yaxso‘z bobo” nomi bilan shuhrat topgan.Nanay qishlog‘ining shimoli-sharqida adir yerda joylashgan qishloq qabristonidagi tepalikda “Yaxso‘z bobo” dafn etilgan .Mustaqillik davrida yodgorliklar qayta ta’mirlanib, obod go‘shaga aylantirildi.
20 “Chinor bobo” ziyoratgohi Kosonsoy tuman madaniyat va istirohat bog‘i xududida N41°15'14,3332" E71°32'50,1159" Kosonsoy tumani markazida joylashgan ushbu madaniyat va istirohat bog‘idagi ulug‘ Chinor 1000 yoshda ekanligi aniqlangan.Bu Chinor bugungi kunda kishilarimiz, ota-bobolarimiz tomoni-dan ardoqlanib, e’zoz-lanib, “Chinor bobo” deb atalgan. Chinorning atrofi sun’iy ko‘l bilan o‘ralgan.
21 Qiz mozor maqbarasi To‘raqo‘rg‘on tumani Shovon MFY Parasmon ko‘chasi N40°54'25,2808" E71°31'25,1314" Qizmozor maqbarasi To‘raqo‘rg‘on tumani, Saroy qishlog‘i, Shovon MFY xududida joylashgan. Manbalarga ko‘ra bu yerda faqat shu oiladan o‘tgan ayollar va qizlarning qabri mavjud ekanligi uchun uning nomlanishi xam shu tariqa kelib chiqqan. Bu yerda “Bibirizvon ona”ning maqbarasi mavjud bo‘lib, qabr binosi 1974 yilda ta’mirlangan. Maqbara 2015 yilda yangidan qayta ta’mirlangan.
22 “Falasbon buva” maqbarasi To‘raqo‘rg‘on tuman Sayram qishlog‘i, Eski Namangan ko‘chasi N41°00'16,3473" E71°31'52,2157" Falasbon buva maqbarasi To‘raqo‘rg‘on tumani Parasmon MFY xududida joylashgan. Parasmon ota deb nomlangan majmuada masjid binosi, maqbara xamda eski qabristondan iborat. Maqbaradagi qabr Abdulaziz Abduvaxob o‘g‘lining qabri bo‘lib, manbalarga ko‘ra u Temuriylar davrida barpo etilgan. 1880 yilda maqbara yangicha qiyofada ta’mirlangan. Falasbon buva maqbarasidan xozirda ziyoratgox sifatida foydalanilmoqda.
23 “Tirik mozor” ziyoratgohi Uchqo‘rg‘on tumani Chek MFY N41°05'30,7439" E72°03'23,4205" Bu ziyoratgohga Iordaniyalik shayx va tabib, ulamo Ast Safet xoji dafn etilgan.Ul zot taxminan 500 yil avval yashagan. O‘tgan asrning 50 yillari ya’ni 1950-60 yillarda qabriston ochilgan va shunda tirik chirimagan tana (shahid) bo‘lgan shaxsning tirik murdasi chiqqanligi rivoyat qilinadi. Bu voqea sabab mozorni “Tirik mozor” deb yuritiladi.
24 “Bibi Mushkulkushod ” ziyoratgohi. Namangan tumani Qumqo‘rg‘on MFY, Bektemir ko‘chasi, 94-uy. N40°57'03,9851" E71°44'15,2009" Bibi Mushkulkushod ziyoratgohining o‘rtasida Bibi Mushkulkushod ona qabrlari hamda milliy o‘ymakorlik asosida qurilgan ayvon mavjud. Shuningdek, mahalliy sayyohlarni tashrifi uchun sharoitlar yaratilib, bino-inshootlar 9 ta ayvon va 100 dan ortiq so‘rilar qo‘yilgan.
25 Baliqli ko‘l ziyoratgohi Chortoq tumani Bog‘iston MFY Baliqli ko‘l ko‘chasi N41°19'25,4181" E71°50'13,6071" Ushbu maskanda baliqli ko‘l bo‘lib, mo‘jizaviy sirlarga ega. Ko‘l yoki baliqli buloqlarning suvi o‘ta tiniq, musaffo, shirin bo‘lib, kuyi qismidan ariq xolatida oqadi. Buloqdagi katta-katta baliqlarning ayrimlari o‘zgacha shakl-shamoyilda bo‘lib, mo‘jizaviy xususiyatga egaki, ular juma kuni o‘z-o‘zidan ko‘rinmay qolishadi. Shuningdek, ushbu majmuada 1853 yilga mansub Sulton Uvays Qaroniy maqbarasi va masjidi o‘zgacha fayz bag‘ishlaydi. Ziyoratchilar bu maskanga o‘ta hurmat bilan yondoshadilar.
26 Bibi Naima ona (Sutli buloq) ziyoratgohi Chortoq tumani, Bog‘iston MFY, Prat ko‘chasi N41°18'53,5741" E71°49'32,1194" Bibi Naima (Bibiroxat) xotiralariga bag‘ishlab, ularning qabri ustiga 2000 yili maqbara qurilgan. Atrofi obodonlashtirilib, ziyoratchilar uchun sharoitlar yaratilgan, shifobaxsh buloq, ziyoratgohdir. Suvi chuchuk, ichishga yaroqli. Buloqda mo‘jizaviy xususiyatga ega bo‘lgan, Baliqli ko‘ldagi kabi “Farishta” baliqlar ham bor.. Haftaning qaysidir kuni buloq suvining rangi o‘zgarib, sutga o‘xshash oqish tusga kiradi. Shunga asoslanib “Sutli buloq” deb ham yuritiladi.
27 Xoja Abdurahmon ibn Avf ziyoratgohi Chust tumani, Toshqo‘rg‘on MFY Oybek ko‘chasi N41°01'17,7000" E71°09'17,3300" Xoja Abduraxmon ibn Avf maqbarasi XII asrga mansub. Ziyoratgohda mahalliy sayyohlarni tashrifi uchun sharoitlar yaratilgan. Namangan viloyat hokimining 1999 yil 2 oktabrdagi 283-sonli qarori bilan Namangan viloyati Xalqaro Oltin meros xayriya jamg‘armasiga foydalanishga berilgan.
27 Buddizm


28 Teshiktosh (Budda) yodgorligi Chust tumani Qoraqo‘rg‘on MFY N41°09'37,9800" E71°14'40,5800" Chust tumanidagi Qoraqo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘ini xududida joylashgan Teshikton (budda) ziyoratgoxi antik davrga tegishli bo‘lib, otashparastlardan qolgan yodgorlik xisoblanadi. Bu yerdagi mo‘jizaviy ikkita bir-biriga suyanib turgan xarsang toshining yana bir axamiyatli jihati shundaki, uning tarkibi shifobaxsh mineral tuzlardan iborat. Bugungi kunda xam ushbu tarixiy yodgorlik majmuasini poyafzal tikuvchi ustalar (kosiblar) har oyning birinchi chorshanba kuni ziyorat qilib turishadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring