• Shaharlar
    • Toshkent
    • Samarqand
    • Buxoro
    • Xiva
    • Shahrisabz
    • Mo‘ynoq
    • Zomin
    • Termiz
    • Guliston
    • Nukus
    • Namangan
    • Qarshi
    • Navoiy
    • Qo‘qon
    • Andijon
    • Farg'ona
    • O'zbekiston viloyatlari
  • Sayyohlar uchun
    • Umumiy ma'lumotlar
    • “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi
    • Yosh sayohatchining 10 ta qoidasi
  • Biz haqimizda
  • Turistik tashkilotlar uchun
    • Bayram va tadbirlar taqvim-katalogi
    • Xalqaro ko'rgazmalar
  • Diqqatga sazovor joylar
  • Foto va Video

Tillar

+998 95 193 21 02
  • UZB
    • UZB
    • ENG
    • RUS
    • JPN
    • ARA
    • FRA
    • CN
    • DE
    • POR
    • ESP
    • TUR
    • ITA
    • HIN
    • MAL
Bosh sahifa / Turizm sohasidagi qonunlar

Turizm sohasidagi qonunlar

O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi umumiy qonunlari

Ushbu sahifada e’lon qilingan normativ-huquqiy hujjatlar: mamlakatda turizmga bevosita va bilvosita bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining farmonlari, qonunlari va qarorlarida turizm faoliyatining maqsadlari va ustuvor yo'nalishlari, ushbu sohada davlat tomonidan tartibga solishning tamoyillari, me’yorlari va usullari bilan tanishish, standartlashtirish, litsenziyalash va sertifikatlashtirish, shuningdek, sug‘urta, turizm xavfsizligi bo‘yicha turizm sohasidagi ishtirokchilarning maqolalarini ko‘rib chiqish mumkin. Ushbu huquqiy bazada, shuningdek, fuqarolik, bojxona, sug‘urta, mehmonxonalar faoliyatini tartibga solishga oid maqolalar e’lon qilingan bo‘lib, ular O‘zbekistonda turizmni tartibga soluvchi ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni

"Turizm to‘g‘risida"gi Qonun turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi, turizm xizmati shakllari, turlarini, shuningdek ishtirokchilari va ob’yektlarini belgilaydi. Qonunda faoliyatni amalga oshirish uchun shartlar: litsenziyalash, sertifikatlash, standartlashtirish, turoperatorlar, sayyohlik agentliklari, gidlar, ekskursovodlar va turistlarning huquq va majburiyatlari belgilangan.

Hujjatning to‘liq matni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-avgustdagi PF-5781-son "O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni

Ushbu hujjatda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari tomonidan turistik xizmatlar sifatini yaxshilash, turizm sohasidagi kadrlar malakasini oshirish, milliy turistik mahsulotlarni chet elda faol targ‘ib qilish va respublikaga kelayotgan xorijiy sayyohlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar belgilangan.

Hujjatning to‘liq matni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PQ-5611-son "O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori

Ushbu hujjatda 2019–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlangan bo‘lib, unda ushbu davrdagi rivojlanishning asosiy maqsadlari, bosqichlari va yo‘nalishlari belgilab berilgan, ushbu konsepsiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari grafikalar va raqamlar ko‘rinishida ko‘rsatilgan, respublikaning vazirlik va idoralari uchun tadbirlar rejasi bayon qilingan, elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega mamalkatlar ro‘yxati keltirilgan.

Hujjatning to‘liq matni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PQ-4095-son "Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori

Ushbu hujjatda vazirliklar va idoralarga turistlar va sayohatchilarni joylashtirish uchun zamonaviy mehmonxonalar va maskanlarning qurilishi sohasida respublikaga xorijiy investitsiyalarni etgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha turizm sanoatini jadal rivojlantirish uchun ko‘rilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar tasdiqlangan.

Hujjatning to‘liq matni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 828-son "Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori

Ushbu hujjatda Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan ko‘plab mehmonlar – chet ellik turistlar va sayyohatchilarni qabul qilish hamda yirik xalqaro tadbirlarni o‘tkazish uchun samarali foydalanish imkoniyatini yaratadigan qo‘shimcha chora-tadbirlar ro‘yxati tasdiqlangan. Samarqand viloyatida Turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo'yicha ijro muddatlari ko‘rsatilgan holda "Yo‘l xaritasi" va ushbu chora-tadbirlar uchun mas’ul ijrochilar ro‘yxati e’lon qilingan.

Hujjatning to‘liq matni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-noyabrdagi 904-son "Har yilgi «Ipak yo‘lida turizm» Toshkent halqaro turizm yarmarkasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori

Ushbu hujjat O‘zbekistonning turizm salohiyatini, chet el investitsiyalarining kirib kelishi va turizm sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun har yili o‘tkaziladigan "Ipak yo‘lidagi turizm" Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini o‘tkazish qoidalarini belgilaydi. Ushbu yarmarka ishtirokchilari sifatida xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, milliy ustalar va hunarmandlar, folklor jamoalar, xalq ansambllari, musiqa va an’anaviy san’at ustalari taklif etiladi.

Hujjatning to‘liq matni

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan turizm tashkilotlari uchun qonunlar

Ushbu bo‘limda siz O‘zbekiston Respublikasining ayrim faoliyat turlarini, xususan, turizm faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi, turizm va mehmonxona mahsulotlari va xizmatlarini sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari tomonidan qabul qilinadigan turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari bilan tanishishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 189-son "Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori

Ushbu hujjatda Siz turoperatorlar, sayyohlik agentliklari, ekskursiya tashkilotlari va sayyohlik firmalari faoliyatini tartibga soluvchi turizm faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizom bilan tanishishingiz mumkin.

Hujjatning to‘liq matni
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 355-son “Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori

Ushbu hujjatda Siz turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tartibga soluvchi turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan tanishishingiz mumkin.

Hujjatning to‘liq matni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3509-son “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori

Ushbu hujjatda Siz O‘zbekiston hukumati tomonidan respublikaga sayyohlar oqimini ko‘paytirish, ichki turizmni milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri hamda mamlakatning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklarini keng targ‘iboti sifatida transformatsiya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishishingiz mumkin.

Hujjatning to‘liq matni

Chet elda ro‘yxatdan o‘tgan sayyohlik tashkilotlari uchun qonunlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son "Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida"gi qarori

Ushbu hujjatda Siz chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirishi, chiqishi, mamlakatda bo‘lishi va tranziti tartibi bilan tanishasiz.

Hujjatning to‘liq matni

Qo‘shimcha ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-dekabrdagi PF-5273-sonli “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish to‘g‘risida” gi Farmoni

Ushbu hujjatda Siz O‘zbekiston hukumati tomonidan Toshkent viloyatida xorijiy va mahalliy sayyohlarni mintaqaga keng jalb qilish, zamonaviy infratuzilmaning jadal rivojlanishini ta’minlash, taqdim etilayotgan sayyohlik, mehmonxona va transport xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishishingiz mumkin.

Hujjatning to‘liq matni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son "2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi Farmoni

Ushbu hujjatda siz O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirish Davlat dasturi bilan tanishishingiz mumkin.

Hujjatning to‘liq matni
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi 131-son "O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish to‘g‘risida"gi qarori

Ushbu hujjatda Siz madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasiga olib chiqish va olib kirish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan tanishishingiz mumkin.

Hujjatning to‘liq matni
O‘zbekiston Respublikasining "Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonuni

Ushbu hujjatda Siz o‘zbek xalqining umummilliy mulki bo‘lgan madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan tanishishingiz mumkin.

Hujjatning to‘liq matni
O‘zbekiston Respublikasining "Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida"gi Qonuni

Ushbu hujjatda Siz O‘zbekiston xalqining madaniy merosini saqlash, madaniy boyliklarni noqonuniy olib chiqish va olib kirishdan muhofaza qilish, madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish va O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishning yagona tartibini belgilash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan tanishishingiz mumkin.

Hujjatning to‘liq matni
  • O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi umumiy qonunlari
  • O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan turizm tashkilotlari uchun qonunlar
  • Chet elda ro‘yxatdan o‘tgan sayyohlik tashkilotlari uchun qonunlar
  • Qo‘shimcha ma’lumot
Sayyohlar uchun
  • Ko‘p beriladigan savollar
  • Tur operatorlarining reyestri
  • Ichki turizm
  • O'zbekiston xaritasi
  • Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi
  • Ziyorat turizm obyektlari reestri
Agentliklar uchun
  • Xalqaro ko'rgazmalar
  • Turlarni targ‘ib qilish
  • Turizm sohasidagi qonunlar
  • Turistik marshrutlar
Ma'lumotlar
  • Ommaviy ma'lumotlar
  • Sayyohlarning kelishi
OAV
  • Onlayn jurnallar
  • Turizm yangiliklari
  • O'zbekiston yangiliklari
  • Biz haqimizda
  • Reyting
  • Mukofotlar
  • TXTY-2023
  • Bayram va tadbirlar taqvim-katalogi
Biz bilan aloqa
+998 71 200 00 88

Ish vaqti: 9: 00-18: 00, dushan-juma

help@uzbekistan.travel

Har qanday savol uchun

100015, Toshkent shahri, Oybek ko'chasi, 18 uy
O'zbekiston
Xavfsiz turizm bo'yicha yagona aloqa markazi - 1173
   

   
Copyright © 2018-2022 National PR-centre