O‘zbekiston adabiyoti – o‘zbek adabiyotining eng boy qismi hisoblanadi. Turk xalqlarining og‘zaki eposi, unga asos solgan. Qadimgi turkiy adabiyot qadimgi turkiy yozuv yodgorliklardan boshlab o‘zbek adabiyoti va ushbu keng mintaqada yashagan barcha turk xalqlari madaniyatining ajralmas qismiga aylangan.
Alpomish, Afrosiyob, Siyovush haqidagi mashhur afsonalar va boshqa ko‘plab xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari asrlar davomida mahalliy elatlar tomonidan bastalangan va milliy madaniyatning butun boyligi va rang-barangligini kelajak avlodlarga yetkazish uchun avloddan avlodga o‘tib kelgan.
Yusuf Xos Hojib Bolasog‘uniy (1020 - 1075) va Mahmud Qoshg‘ariylar (1029 - 1126) ilk o‘zbek yozma adabiyotining yorqin vakillaridandir. Ularning “Qutadig‘u Bilig” (“Baxt saodatga eltuvchi yo‘l”), “Devoni lug‘atit-turk” (“Turkiy so‘zlar devoni”) kabi yorqin asarlari o‘zbek sovet adabiyotining shakllanishiga asos soldi.
O‘zbek adabiy ijodiyotining tiklanishida, buyuk shoir va mutafakkiri, davlat arbobi – Alisher Navoiy (1441 - 1501) juda katta rol o‘ynadi. Uning qimmatbaho qo‘lyozmalari hozirgacha Davlat Ermitaji, Luvr, va Britaniya muzeyi kabi yirik muzeylarda saqlanadi va dunyoning turli tillariga tarjima qilingan.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483 - 1530), Boborahim Mashrab (1657 - 1711), Jomiy (1414 - 1492), Lutfiy (1367 - 1466) lar ham o‘zbek tarixiy adabiyotining rivojiga o‘zlarining muhim hissalarini qo‘shishgan. Ular tomonidan, o‘sha vaqtning o‘zbek mumtoz adabiyoti rivojiga mislsiz hissa qo‘shgan haqqoniy manzaralari, avtobiografik va tarixiy ocherklarda tasvirlab berilgan.
XVIII - asr va XIX - asrning birinchi yarmida o‘zbek adabiyotida ayollar she’riyating rivojlanishi kuzatiladi. Nodira (1792 - 1842), Uvaysiy (1780 - 1845) va Mahzuna singari ajoyib shoiralarning ijodiy ishlari o‘zbek haqqoniy she’riyatida munosib o‘rin egalladi va ayollar sevgi she’riyatining rivojini boshlab berdi.
XIX-asr va XX-asr boshida, Markaziy Osiyo hududida Muqimiy (1850-1903), Furqat (1859-1909), Zavqiy (1853-1921), Avaz O‘tar o‘g‘li (1884-1919) kabi o‘zbek shoir va yozuvchilari yashab ijod qilishgan. Ularning ilg‘or asarlari, o‘zbek adabiyotining demokratik yo‘nalishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Birinchi bo‘lib, mavzulari hozirgi kungacha dolzarb bo‘lgan o‘tkir satiric va yumoristik asarlar yaratila boshlandi.
XX -asr boshidagi o‘zbek adabiyoti klassiklari orasida, Abdurauf Fitrat (1886-1938), Hamza (1889-1929), Abdulla Qodiriy (1894-1938), G‘afur G‘ulom (1903-1966), Oybek (1905-1968), Hamid Olimjonlarni (1909-1944) qayd etib o‘tish mumkin. O‘zlarining asarlarida, ular feodal jamiyatining eski tuzum odatlarini ochiq hajv qilib tanqid qilishgan, demokratik va ilg‘or g‘oyalar, fuqarolik jamiyatining rivojlanishini yoqlab chiqishgan.
XX-asr – yangi zamon o‘zbek adabiyoti tarixida muhim davr bo‘ldi. Urushdan keying yillar, sovet madaniyatining gullab-yashnash davri bo‘lishiga, jahon zamonaviy adabiyotining kuchli raqobat oqimi va jo‘shqin rivojiga qaramasdan o‘zbek adabiyoti o‘zining o‘zligini yuqotmadi. O‘zbek mualliflarining o‘sha vaqtdagi asarlari asosida faqat O‘zbekistondagina emas, balki uning sarhadlaridan tashqarida ham filmlar suratga olindi va spektakllar qo’yildi.
O‘zbekiston – noyob mamlakat. YuNESKOning Butunjahon merosi muxofazasi ostidagi mashhur madaniy artefaktlar xazinasiga, faqatgina ulug‘vor me’moriy, tabiat yodgorliklari va diqqatga sazovor joylargina emas, balki buyuk shoir va mutafakkirlarning bebaho qo‘lyozmalari ham kiradi. Bu qo‘lyozmalarning ko‘pchiligi, yirik diniy markazlar, muzeylar, kutubxonalar arxivlari va xususiy to‘plamlarda ham saqlanadi.
Biz sizga, o‘zbek badiiy merosining xilma-xilligidan bahra olish uchun bir necha joylarni taklif etamiz.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun