• Shaharlar
    • Toshkent
    • Samarqand
    • Buxoro
    • Xiva
    • Shahrisabz
    • Mo‘ynoq
    • Zomin
    • Termiz
    • Guliston
    • Nukus
    • Namangan
    • Qarshi
    • Navoiy
    • Qo‘qon
    • Andijon
    • Farg'ona
    • O'zbekiston viloyatlari
  • Sayyohlar uchun
    • Umumiy ma'lumotlar
    • “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi
    • Yosh sayohatchining 10 ta qoidasi
  • Biz haqimizda
  • Turistik tashkilotlar uchun
    • Bayram va tadbirlar taqvim-katalogi
    • Xalqaro ko'rgazmalar
  • Diqqatga sazovor joylar
  • Foto va Video

Tillar

+998 95 193 21 02
  • UZB
    • UZB
    • ENG
    • RUS
    • JPN
    • ARA
    • FRA
    • CN
    • DE
    • POR
    • ESP
    • TUR
    • ITA
    • HIN
    • MAL
Bosh sahifa / O'zbekiston shaharlari / Zomin

Zomin

O‘zbek Shveytsariyasi

Zomin-O‘zbek Shveytsariyasi

Ajoyib landshaftlar va toza tog‘ havosi, flora va faunaning  xilma-xilligi, qadimiy ziyoratgohlar va noyob milliy sihatgoh - bularning barchasi Zomin.

Eng yaxshi diqqatga sazovor joylar

Zominda nimani ko‘rish mumkin?

✔️ Katta hududda joylashgan Zomin davlat tog‘ archa qo‘riqxonasi va uning tarkibiga kiradigan Baxmal o‘rmon xo‘jaligi, Zomin o‘rmon xo‘jaligi, umumiy maydoni 26840 ga. teng bo‘lgan Zomin milliy tabiiy bog‘i;

✔️ Kristall ko‘llar

Nurota tizmalari o‘zining janubiy, qisman g‘arbiy va vohasining bir qismini o‘rab, moʻtadil iqlimni taʼminlaydi, shuningdek, mintaqaning shimolidagi Aydar-Arnasay ko‘llar tizimiga relyef va tabiiy go‘zallikning o‘ziga xosligini beradi;

✔️ Milliy sihatgoh - "Zomin" sanatoriysi

Zomin milliy bog‘ida dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda “Zomin” sihatgohi joylashgan.

Eng toza havo, tog‘li landshaftlar, ignabargli o‘simliklar - bularning barchasi kattalar va bolalarga tibbiy muolajalar o‘tqazish uchun eng yaxshi sharoit hisoblanadi.

✔️ Qadimiy ziyoratgohlar va Parpi Oyim majmuasi.

 

 

 

Jizzax viloyatiga tashrif buyurish uchun 10 sabab

 

 

Zomin milliy tabiat parki

 

 

"Zomin" sanatoriysi

 

Hammasini ko'rish

Zomin haqida video

Iqlim 🌡

Mahalliy nabotot tufayli yozda bu ajoyib joyda havo harorati qo‘shni mintaqalarga qaraganda ancha past. Ammo shuni yodda tutingki, kunduzgi harorat kechki haroratdan keskin farq qiladi. Shuning uchun, eng issiq oyda ham siz o‘zingiz bilan issiq kiyim olishni unutmang! Bu yerdagi qish O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi qishdan juda farq qiladi. Qishda kuchli yog‘ingarchilik, haroratning juda tez o‘zgarishi va o‘ta manfiy haroratlar sizni kutmoqda, ammo siz bu yerda ko‘radigan go‘zallik bunga arziydi!

Sovg‘alar va suvenirlar 🛍

Zomin hududida esdalik sovg‘alari orasida asosan mahalliy diqqatga sazovor joylarning tasviri bilan magnitlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, mahalliy hunarmandlar yog‘och va loydan tayyorlangan hunarmandchilik buyumlari bilan sizni hayratda qoldirishga tayyor. Asosan bu sirli qulfli o‘yma sandiqchalar, dekorativ laganlar va boshqa ko‘plab qiziqarli narsalar. Kulollar sizni noyob mahalliy naqshlar bilan bo‘yalgan idish-tovoqlar bilan xursand qilishadi.

Suvenir va sovg‘alarni onlayn sotib olish

Oshxona 🍽

Mintaqa gastronomiyasining o‘ziga xos belgisi bu go‘shtdan boshqa narsa emas! Asosiy ovqatlarga tandir kabob, jiz va albatta Jizzax somsa kiradi. Tandir kabob – ko‘chmanchilar ixtiro qilgan taom. Doimiy ravishda safarda bo‘lganliklari sababli, ular yo‘lda pishirishni qulaylashtirish uchun yangidan-yangi usullarni o‘ylab topishga harakat qilishgan, go‘shtni olovda pishirishdan soddaroq usul bo‘lishi mumkinmi? Buning uchun oshpazlar chuqurligi 70 sm atrofida bo‘lgan o‘ra qazib, uning ichiga o‘tin qalab, shundan so‘ng go‘shtni osishgan. Go‘sht bilan bir qatorda o‘raga archa novdalari solinadi, aynan o‘sha betakror taʼmni berish uchun u go‘shtning o‘ziga ham ishqalanadi. Jiz tansiq taom hisoblanadi, hozirda esa uni har bir shaharda uchratish mumkin, lekin uning nomidan ko‘rinib turganidek uni Jizzax viloyatida ixtiro qilishgan. Jizz noodatiy tarzda tayyorlanadi, qo‘y go‘shti avval qaynatiladi, so‘ngra o‘z yog‘ida qovuriladi, bu unga o‘ziga xos taʼm beradi. Ammo mintaqaning asosiy taomi doimo somsa bo‘lib kelgan. Somsa tayyorlashning mahalliy usuli butun O‘zbekiston bo‘ylab mashhur, ammo, afsuski, aksariyat taomlardan farqli o‘laroq, uni faqat Jizzax viloyatida topishingiz mumkin. Jizzax somsa mamlakatdagi boshqa turdagi somsalarga nisbatan juda katta, ammo uni ham xuddi boshqalari singari og‘zi tik tandirda pishiradilar. Nima sababdan tandirda ichidagi masalliqlarning og‘irligi hisobiga u pastga tushib ketmaydi, deb so‘rarsiz? Bu ham buterbrod yerga tushsa doim sariyog‘li tomoni bilan tushishi kabi sirli holatlar qatoridagi sinoat bo‘lsa kerak. O‘zbek taomlari haqida ko‘proq maʼlumotni ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin.

Fotosurat zonalari 🙋‍♂️

Fotosuratlar har qanday sayohatning ajralmas qismi hisoblanadi! Ushbu bo‘limda sizni mazkur shaharning eng go‘zal joylari bilan tanishtiramiz.

P.S. O‘zbekistonning diniy diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishda ayollarga tananing ochiq joylarini (yelkalari, bel va oyoqlari) yopishlari tavsiya etilishini yodingizda saqlang. Bunday joylar tegishli shartli belgilar bilan alohida belgilangan. ☪️☦️✡️✝️
O‘tovli istiqomatgoh – bu o‘zingizni ibtidoiy odamlar kabi his qilish uchun eng yaxshi joy. Yarim tunda qadar gulxan atrofida o‘tirib, qo‘shiqlar kuylashingiz va go‘zal tungi osmondan zavqlanishingiz mumkin!

? Daryo bo‘yida sayr qilish nafaqat salomatlikni yaxshilaydi, balki sayringizni rasmga olish istagini uyg‘otadi, chunki siz bu joyning go‘zalligini abadiy eslab qolishni istab qolasiz!
 ? Zomin milliy parkidagi «Boboyong‘oq» yoshi 700 yil atrofida bo‘lgan yong‘oq daraxti bilan mashhur.

Tarix 🏺

Zomin – tabiatga sayohatni yaxshi ko‘radiganlar uchun juda qiziqarli joy. Ushbu kichik shahar jizzax viloyati tog‘li tumanining markazi hisoblanadi.Ishoning, siz tabiatga sayohat qilish uchun yaxshiroq joy topolmaysiz! Bu yerning tabiiy go‘zalligi sizni befarq qoldirmaydi. Tog‘ havosi shunchalik toza va shaffof , baʼzida ko‘nikmaganlik-dan bosh ham aylanadi.

Turli xil gullar va o‘tlarning xushbo‘y hidi sizni safar davomida tark etmaydi, muattar islar esa, shu qadar tez-tez almashadiki, ushbu ajoyib hidlarning barcha jihatidan zavq olishga ulgurmay qolasiz. Ammo betakror bo‘lgan barcha tabiiy go‘zalliklardan tashqari, ushbu hudud o‘zining qadimiy tarixi bilan ham mashhur. Bu yerda siz turli davrlardagi qalʼalar va yodgorliklarning xarobalarini uchratishingiz mumkin. Biroq 1960 yilda bu yerning noyob tabiatini saqlab qolish uchun tashkil etilgan qo‘riqxona – eng asosiy diqqatga sazovor joy hisoblanadi. Ushbu bog‘ning maydoni 10,5 gektarga etadi va uning katta qismi o‘rmondan iborat.
Shuningdek, qo‘riqxonada tog‘ tizmalari, qirlar va adirlarni topishingiz mumkin. Tog‘ tizmasining eng baland qismi – balandligi 4000 metrdan ortiq bo‘lgan Shavkartog‘ tog‘i. Ushbu qo‘riqxonaning diqqatga sazovor joylari orasida «Boboyong‘oq» – hisob-kitoblarga ko‘ra taxminan 700 yoshli yong‘oq daraxti alohida ajralib turadi. Uning balandligi 20 metrga, diametri esa deyarli 3 metrga etadi. Qo‘riqxonadan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, qishloqda juda qiziq bir g‘or topilgan. Arxeologlar uning ichidan ibtidoiy odamlarning mehnat qurollarini topishgan, g‘or devorlari esa rasmlar bilan bezatilgan. Qo‘riqxona hududida sanatoriy “Zomin” va boshqa bir qator pansionatlar va bolalar lagerlari joylashgan.

Xarita 🗺

Jizzax viloyati

  • Shahar haqida
  • Diqqatga sazovor joylar
  • Zomin haqida video
  • Iqlim
  • Sovg‘alar va suvenirlar
  • Oshxona
  • Fotosurat zonalari
  • Tarix
  • Xarita
  • Viloyat

O'zbekistonning boshqa shaharlari

Sayyohlar uchun mashhur joylar

Qo‘qon

Hunarmandlar shahri

Andijon

Bobur shahri

Qarshi

Boy tarix prizmasi orqali

Mo‘ynoq

Orol sahrosi

Barcha shaharlar
Sayyohlar uchun
  • Ko‘p beriladigan savollar
  • Tur operatorlarining reyestri
  • Ichki turizm
  • O'zbekiston xaritasi
  • Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi
  • Ziyorat turizm obyektlari reestri
Agentliklar uchun
  • Xalqaro ko'rgazmalar
  • Turlarni targ‘ib qilish
  • Turizm sohasidagi qonunlar
  • Turistik marshrutlar
Ma'lumotlar
  • Ommaviy ma'lumotlar
  • Sayyohlarning kelishi
OAV
  • Onlayn jurnallar
  • Turizm yangiliklari
  • O'zbekiston yangiliklari
  • Biz haqimizda
  • Reyting
  • Mukofotlar
  • TXTY-2023
  • Bayram va tadbirlar taqvim-katalogi
Biz bilan aloqa
+998 71 200 00 88

Ish vaqti: 9: 00-18: 00, dushan-juma

help@uzbekistan.travel

Har qanday savol uchun

100015, Toshkent shahri, Oybek ko'chasi, 18 uy
O'zbekiston
Xavfsiz turizm bo'yicha yagona aloqa markazi - 1173
   

   
Copyright © 2018-2022 National PR-centre