• Shaharlar
    • Toshkent
    • Samarqand
    • Buxoro
    • Xiva
    • Shahrisabz
    • Mo‘ynoq
    • Zomin
    • Termiz
    • Guliston
    • Nukus
    • Namangan
    • Qarshi
    • Navoiy
    • Qo‘qon
    • Andijon
    • Farg'ona
    • O'zbekiston viloyatlari
  • Sayyohlar uchun
    • Umumiy ma'lumotlar
    • “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi
    • Yosh sayohatchining 10 ta qoidasi
  • Biz haqimizda
  • Onlayn-turlar
  • Foto va Video

Tillar

+998 95 193 21 02
  • UZB
    • RUS
    • ENG
    • UZB
    • CN
    • ESP
    • JPN
    • POR
    • FRA
    • DE
    • ARA
    • TUR
    • ITA
    • HIN
    • BEN
    • MAL
    • KOR
    • IND
    • VIE
    • IRN
    • UKR
Bosh sahifa / O'zbekiston shaharlari / Nukus

Nukus

Qumlar orasida sarob

Eng yaxshi diqqatga sazovor joylar

Nukus shahrida zamonaviy yodgorliklarni va binolarni ko‘rishingiz mumkin.

Shahar hayoti voqealarga to‘la bo‘lganligi sababli, sanʼat ixlosmandlari va sarguzasht qidiruvchilarni o‘ziga jalb qiladi.

Nukusga tashrif buyurganingizda quyidagilarni ko‘rishni tavsiya qilamiz:

✔️ Amir Temur nomidagi shahar bog‘i,

✔️ Do‘slik xiyoboni va bosh maydon,

✔️ Savitskiy nomidagi sanʼat muzeyi,

✔️ Berdax milliy muzeyi.

 

 

 

Savitskiy nomidagi sanʼat muzeyi

 

Hammasini ko'rish

Video

Iqlim 🌡

Issiq va quruq iqlim Qoraqalpog‘istonning deyarli butun hududida paxta, sholi va poliz ekinlarini yetishtirishga imkon beradi. Qish asosan sovuq va qorsiz.

Sovg‘alar va suvenirlar 🛍

Qoraqalpog‘iston xalq amaliy sanʼati ustalari bilan doimo mashhur bo‘lib kelgan, chunki u asrlar davomida rivojlanib kelgan. Umumiy xilma-xillik orasida qoraqalpoqcha bosh kiyimini «Cho‘g‘irma»ni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari dutor, girjek yoki mahalliy cho‘ponlar tomonidan kashf qilingan balaman nayi, qamish-nay, qamishdan yasalgan duduk kabi anʼanaviy cholg‘u asboblari bilan mashhurdir. Shu bilan bir qatorda, kiyim-kechak, gilam va matolarda qo‘llaniladigan o‘ziga xos bezaklar, betakror naqshlar ham mavjud. Mahalliy hunarmandlar sizni ushbu go‘zal hududda bo‘lganligingizni unutishga yo‘l qo‘yishmaydi. Ustalar yog‘och, teri va boshqa materiallardan chiroyli hunarmandchilik ishlarini taqdim qilishadi.

Suvenir va sovg‘alarni onlayn sotib olish

Oshxona 🍽

Qoraqalpoqlarning anʼanaviy taomlari Markaziy Osiyoning ko‘pgina davlatlari – Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston kabi mamlakatlarning oshpazlik sanʼati bilan qorishib ketadi. Boshqa mintaqalar singari palov, manti, somsa va albatta baliq asosiy ovqat hisoblanadi. Baliq bu yerda maxsus retseptlar bo‘yicha tayyorlanadi, shuning uchun Qoraqalpog‘istonda birinchi bo‘lib baliq taomini albatta tatib ko‘rish kerak. Ammo bu taomlar ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega, chunki bu yerda odamlar nafaqat mol va qo‘y go‘shti, balki xorijlik mehmonlar uchun g‘ayrioddiy bo‘lgan taomlardan ot va tuya go‘shtlarini ham isteʼmol qilishadi. Qo‘shimcha taom sifatida kartoshka, guruch, loviya va boshqa sabzavot va don mahsulotlari keng qo‘llaniladi. O‘zbek taomlari haqida ko‘proq maʼlumotni ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin.

Fotosurat zonalari 🙋‍♂️

Fotosuratlar har qanday sayohatning ajralmas qismi hisoblanadi! Ushbu bo‘limda sizni mazkur shaharning eng go‘zal joylari bilan tanishtiramiz.

P.S. O‘zbekistonning diniy diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishda ayollarga tananing ochiq joylarini (yelkalari, bel va oyoqlari) yopishlari tavsiya etilishini yodingizda saqlang. Bunday joylar tegishli shartli belgilar bilan alohida belgilangan. ☪️☦️✡️✝️

Savitskiy muzeyi O‘zbekistondagi eng yirik muzeylardan biri hisoblanadi va uning eksponatlari to‘plami Rossiya avangardining to‘plamlari orasida dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi.

Muzey yonida sayr qilib, ajoyib suratlar olishingiz mumkin bo‘lgan go‘zal istirohat bog‘i mavjud.
Berdaq nomidagi davlat muzeyi mahalliy aholi va mehmonlarni qadimgi davrdan to bugungi kungacha bo‘lgan o‘lka tarixi bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan. Bino 1997 yilda ushbu buyuk qoraqalpoq shoiri va mutafakkirining 170 yilligi munosabati bilan qurilgan. Barchaga tashrif buyurish tavsiya etiladi!

Tarix 🏺

Nukus – Qoraqalpog‘iston poytaxti va O‘zbekistonning eng shimoli-g‘arbiy shaharlaridan biridir. U Miloddan avval IV asrga qadar ushbu joyda bo‘lgan Shurcha nomli qadimgi shahar o‘rnida qurilgan. Arxeologlarning fikricha, ushbu istehkom Xorazm davlati va Amudaryodan o‘tadigan suv yo‘llarini himoya qilish uchun qurilgan mudofaa inshooti sifatida ishlatilgan.

Nukus shahri nomining kelib chiqishi to‘g‘risidagi birinchi taxmin u juda qadimiy qoraqalpoq urug‘i nomiga borib taqaladi. Bu tarixiy darsliklarda deyarli uchramaydi, ammo baʼzi tadqiqotchilarning fikricha «Nukus» so‘zi forscha “to‘qqiz kishi” maʼnosini anglatgan «nukus» so‘zidan kelib chiqqan.

Ikkinchi taxminiga ko‘ra Nukus nomining kelib chiqishi Amudaryoning tarixiy nomi – «Oxus»dan kelib chiqqan.

Qoraqalpog‘iston poytaxti maqomini Nukus 1932 yil 1- aprelda oldi, 2003- yil 11 sentyabrda esa Prezident farmoni bilan shahar “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Xarita 🗺

Qoraqalpog‘iston

  • Shahar haqida
  • Diqqatga sazovor joylar
  • Video
  • Iqlim
  • Sovg‘alar va suvenirlar
  • Oshxona
  • Fotosurat zonalari
  • Tarix
  • Xarita
  • Viloyat

O'zbekistonning boshqa shaharlari

Sayyohlar uchun mashhur joylar

Guliston

Gullaydigan shahar

Qo‘qon

Hunarmandlar shahri

Zomin

O‘zbek Shveytsariyasi

Toshkent

Zamonaviy megapolis

Barcha shaharlar
Sayyohlar uchun
  • Ko‘p so‘raladigan savollar
  • Tur operatorlarining reyestri
  • Onlayn so‘rovnoma
  • Ichki turizm
  • Sport
  • O'zbekiston xaritasi
  • Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi
Agentliklar uchun
  • Turlarni targ‘ib qilish
  • Turizm qonunlari
  • Turistik marshrutlar
Ma'lumotlar
  • Sayyohlarning kelishi
  • Sayt xaritasi
OAV
  • Turizm yangiliklari
  • Reyting
  • Ular biz haqimizda yozadilar
  • Mukofotlar
  • Sport yangiliklari
  • O'zbekiston yangiliklari
  • TXTYA-2021
Biz bilan aloqa
+998 71 200 00 88

Ish vaqti: 9: 00-18: 00, dushan-juma

help@uzbekistan.travel

Har qanday savol uchun

100015, Toshkent shahri, Oybek ko'chasi, 18 uy
O'zbekiston
Xavfsiz turizm bo'yicha yagona aloqa markazi - 1173
   

Uz Logo Turism

Copyright © 2018-2022 National PR-centre