Sport turizmi uchun ideal mamlakat
Toza havoda va yirik shaharlardan uzoqda sport bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radiganlar uchun O‘zbekiston ayni joy hisoblanadi. Yumshoq iqlim deyarli butun yil davomida sportning ko‘p turlari bilan shug‘ullanishga imkon beradi. Klassik qishki sport turlari uchun to‘rtta tog‘ kurorti mavjud: Chimyon, Bildirsoy, Amirsoy va Yangiobod. Tez orada ularning soni yanayam ko‘payadi.
Mamlakat o‘zining keng va xilma-xil landshaftlari tufayli ekstremal sport turlari uchun juda ko‘p imkoniyatlarni taqdim etadi, vaholanki bu sport turlari mamlakatda hali yangilik hisoblanadi. Bularga quyidagilar kiradi:
- ekstremal chang‘i, snoubord;
- moto poygalar (Motorsysle rasing), ralli (Rallying), motokross;
- skeytbording, tog‘ velosipedi, toqqa chiqish, kanyoning va paraplanerlik.
Mamlakatning ulkan tog‘li hududlari alohida jozibadordir.
O‘zbekistonda tog‘ turizmi katta bo‘lmagan, ammo faol rivojlanayotgan sohadir.
Go‘zal manzaralari ichida yayov yurish, alpinizm, tog‘ g‘orlariga tashriflar, to‘rtta zamonaviy kurort komplekslaridan birida qishki chang‘i sporti, Axamoniylar (miloddan avvalgi 6-4 asrlar) va Iskandar Zulqarnayn (miloddan avvalgi 4-asr) davridan qolgan qadimgi tog‘ qalʼalari, ming yoshdan oshgan qadimgi g‘or rasmlari, 3000 dan 4000 metrgacha bo‘lgan balandlikdagi tog‘ cho‘qqilarining hayratlanarli manzarasi, aholisi iliq va mehmondo‘st bo‘lgan anʼanaviy uzoq tog‘ qishloqlari, noyob nabotot, endemik va nodir yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar, go‘zal sharsharalar, tog‘ ko‘llari va toshqin tog‘ daryolarini alohida taʼkidlab o‘tish joiz.
O‘zbekiston dengizga yoki okeanga chiqa olmaydigan sanoqli davlatlardan biridir, ammo shunga qaramasdan suv turizmi uchun juda ko‘p joylar mavjud – bular G‘arbiy Tyan-Shan etaklarida joylashgan Chorvoq chuqur suv havzasi, son-sanoqsiz toshqin daryolari va dengizga o‘xshash ulkan Aydarko‘l, Sudoche va Toshkent dengizi kabi ko‘llar.
Bu yerda dam olayotganda shamol tezligida skuterda uchish yoki katamaranda atrofni ko‘rib chiqish mumkin. Ekstremal dam olishni yaxshi ko‘radiganlar uchun ko‘plab turoperatorlar Chotqol, Pskem, Ugam, Sirdaryo kabi daryolar va boshqa ko‘plab joylarda rafting qilishni taklif etishadi.
O‘zbekistonda paraplanda deyarli yilning istalgan vaqtida uchishingiz mumkin, yagona cheklov yomg‘irdir, chunki paraplanning qanoti matodan qilingan. Yilning eng mashhur vaqti – bu yoz, va eng yaxshi uchish joyi mamlakat tog‘lari.
Paraplanda uchish uchun eng mashhur joy –Toshkentdan 60 km masofada joylashgan Chorvoq suv ombori atroflari hisoblanadi. Parvozni professional ustoz bilan yoki maxsus tayyorgarlikni o‘tgandan so‘ng mustaqil ravishda bajarish mumkin.
Paraplanda uchishdan tashqari, bu yerda havo sharida sayohat qilish ham mashhur. Parvoz paytida suv omboriga va atrofdagi tog‘li cho‘qqilarga ajoyib manzara ochiladi.
O‘zbekiston tog‘lari alpinizm, tog‘ turizmi va qoyaga chiqish kabi faol dam olish turlarini sevuvchilar uchun juda jozibali.
Mamlakat hududining katta qismini asosan tekisliklar egallaydi, ammo o‘lkaning ko‘pgina mintaqalarida Tyan-Shan va Pomir tog‘ tizmalarining g‘arbdan sharqqa tomon cho‘zilgan zanjirlari ham joylashgan.
O‘zbekistonning mashhur tog‘li hududidan biri – Chimyon tog‘lari, eng yuqori cho‘qqisi 3309 metrli Katta Chimyon cho‘qqisi. Mazkur hudud ko‘plab toqqa chiqish yo‘llari, piyoda yurish, qoyaga chiqish yo‘llari, ot minish marshrutlari, tog‘ chang‘isi yo‘laklari va boshqalar uchun xizmat qiladi.
Bu yerda uchta tog‘-chang‘i kurortlari – Chimyon, Bildirsoy va Amirsoy joylashgan bo‘lib, ular turli xil qishki sport turlarini sevuvchilarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Chang‘i mavsumi dekabr oyining oxiridan boshlab mart oyining o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Tog‘ chang‘isi uchun eng yaxshi vaqt fevral hisoblanadi.
Boysuntog‘ tizmasidagi Boysun buloq (amplitudasi 1415 m), festivalnaya-Ledopadnaya (-580 m) va Ural (-565 m) kabi chuqur g‘orlar, Qulasoy, Langar va Gulkam daralarining g‘aroyib manzaralari, Zomindagi Turkiston tog‘ tizmasi shimoli-g‘arbiy qoyalarining shifobaxsh havosi – sayyohlar va hayajon izlovchilarning misli ko‘rilmas sonini o‘ziga jalb qiladi.
O‘zbekistonning ulkan tog‘li hududlari alpinizm, qoyalarga chiqish va muzga ko‘tarilish sport turlari uchun aynan mo‘ljallangan. O‘zbekiston alpinistlik va qoyalarga chiqish federatsiyasi o‘z veb-sahifasida O‘zbekistonning 34 ta baland tog‘laridagi 74 yo‘nalishlar haqida eslatib o‘tadi, ularning balandligi 3099 dan 4326 m gacha, shundan 15 ta yo‘nalish 4a yoki 4b darajasida, 9 ta yo‘nalish 5a yoki 5b darajadagi qiyinchiliklarga va faqat bitta yo‘nalish 6a qiyinchilik darajasiga ega.
Alpinizm, qoyalarga chiqish va muzga ko‘tarilishning asosiy yo‘nalishlari asosan G‘arbiy Tyan-Shanda joylashgan: Maydontol tizmasi, Pskem tizmasi va Chotqol tizmasi. Har yili bu erlarda alpinizm va qoyalarga chiqish bo‘yicha ochiq musobaqalar o‘tkaziladi.
Tog‘da yayov safarlar muxlislariga O‘zbekiston nafaqat go‘zal tog‘ manzaralarini, balki tog‘ qalʼalari, qadimgi sug‘orish tizimlari va asrlar davomida deyarli o‘zgarmagan qishloqlar kabi tarixiy o‘tmish bilan uchrashuvni ham taklif etadi.
Qiziqarli manzara bo‘ylab yayov sayohat yo‘nalishlari Nurato tog‘laridagi anʼanaviy tog‘ qishloqlari orqali o‘tadi. Xuddi shu manzarali yayov sayohatlari bilan Boysun tog‘li hududi ham o‘ziga jalb qiladi. Sayyohlar Navoiy shahri yaqinidagi Sarmishsoy darasida va Chimyondagi Gulkam darasida noyob manzaralarni ko‘rishlari mumkin. Bu mamlakatdagi tog‘ yo‘nalishlarining faqat kichik bir qismidir.
Ushbu yayov yo‘nalishlarning ko‘pchiligida qoya rasmlari (petrogliflar) uchraydi, masalan, Sarmishsoy darasida shunday rasmlardan 4000 dan topilgan.
Mashhur naslli, asl zotli o‘zbek otlarini ko‘rish, milliy ot sporti musobaqalarini tomosha qilish va naslli ot minishdan beqiyos quvonchni his etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlar soni ortib bormoqda. Miloddan avvalgi II asrdanoq Farg‘ona vodiysidan jang otlari Xitoy imperatori armiyasi uchun Ipak yo‘li bo‘ylab olib chiqilgan.
Toshkent shahridan unchalik uzoq bo‘lmagan go‘zal vodiyda, Katta va Kichik Chimyon etagida 1600 metr balandlikda, ot sportini sevuvchilar uchun mo‘ljallangan “Chimyon Oromgohi” kurort majmuasi joylashgan.
Bu yerda siz dam olish maskanining go‘zal atrof-tevarakni aylanib chiqishingiz mumkin. Tajribali ustozlar endi boshlovchilarga otlarni qanday boshqarishni o‘rgatadilar, mohir chavandozlar esa mahoratini oshirishlari mumkin.
Dam olish maskanidan Chotqol va Ko‘ksu daryolari bo‘ylab Bildirsoy tizmasi atrofida ot minishingiz mumkin. Tajribali chavandozlar uchun eng mashhur yo‘nalishlardan biri bu Ugam tizmasining shimoliy yon bag‘rida, Pskem tog‘li daryosi bo‘yidagi yo‘nalish hisoblanadi. Ot safarining davomliligi 7-10 kun. Ot minish turli xil va o‘zgaruvchan nabotot va hayvonot ega bo‘lgan qo‘riqlanadigan hududlarda o‘tkaziladi
Shuningdek, Ugam-Chotqol milliy bog‘ining Po‘latxon platosi yaqinida, G‘arbiy Tyan-Shan tog‘larida, Nurota tizmasi va Aydarko‘ ko‘llarida ham bir necha kunlik otliq sayohatlari bo‘lib o‘tadi.
Hisor tizmasi tog‘larida ot minish yo‘nalishlari alohida qiziqish uyg‘otadi. Ular Qashqadaryo viloyatining kichik tog‘ qishloqlaridan boshlanadi va Surxondaryo daryosi vodiyida tugaydi. Yo‘nalishlarning eng yuqori nuqtalari 4000 metrga yetishi mumkin. Yo‘l davomida sayyohlar balandlik zonalari, archa o‘rmonlari, alp yaylovlari, tog‘ tundralari va baʼzi yo‘nalishlarda – ko‘p yillik qor va muzliklarni kesib o‘tadilar.
Toza va shaffof havosi son-sanoqsiz o‘tlar va gullarning xushbo‘y hidi bilan to‘lgan tog‘ bo‘ylab sayohat va minglab yulduzlar bilan to‘la, tubsiz tog‘ osmoni ostida olov atrofidagi romantik kechki ovqat taassurotlari xotirada uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Mamlakatda mavjud bo‘lgan ot klublari soni sayyohlarni hayratda qoldiradi – ular o‘n beshdan ortiq. Ular Toshkent shahrida va uning atrofida, Farg‘ona, Qashqadaryo hamda boshqa viloyatlarda joylashgan.
O‘zbekistonda Veloturizm ekzotika, afsonaviy va sharqona mehmondo‘stlikka boy. Mavsum aprel oyining o‘rtalarida boshlanadi va noyabr oyigacha davom etadi.
Velosiped turlarini Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat, qadimiy Samarqand, Buxoro, Xiva va Termiz shaharlari bo‘ylab sayohat, shuningdek hayajonli tog‘ manzaralari va gulli vodiylar bo‘ylab sayohat bilan birlashtirish mumkin. Velosipedchilar qishloqlar va tog‘ ovullari bo‘ylab sayohat qilganda, u yerdagi mahalliy aholining turmush tarzi bilan tanishib olishlari mumkin. Ekstremal sport turlarini yaxshi ko‘radiganlar uchun esa, Samarqand yaqinida Oqtog‘ tizmasi bo‘ylab yo‘nalish mavjud.
Bundan tashqari, tog‘li hududlarda va yirik shaharlarda deyarli har oy issiq mavsumda ochiq tanlovlar va velosiped musobaqalari o‘tkazilib, unda hamma qatnashishi mumkin!
Yosh sportchilar orasidagi eng ajoyib sport tadbirlarini ko‘rishni xohlaysizmi? Unda O‘zbekiston poytaxti - Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazib yubormang.
O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari - har to‘rt yilda bir marta bo‘lib o‘tadigan butun Osiyo yosh sportchilarining sport musobaqasidir. O‘yinlar Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) tomonidan tashkil etiladi.
Musobaqalar dasturida 19 sport turi - basketbol, yengil atletika, badminton, plyaj voleyboli, bouling, qilichbozlik, futbol, golf, gandbol va boshqalar mavjud.
O‘zbekiston, musobaqalarda juda faol ishtirok etadi. O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo O‘yinlarining butun davrida mamlakatimiz medallar soni bo‘yicha - 8 ta bronza, 2 ta kumush va 1 ta oltin 31 mamlakat orasida 17-o‘rinni egallab turibdi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun