Foto va Video

Samarqand viloyati

2848


Ziyoratgoh nomi
Manzili (joylashgan joyi)
Geolokatsiyasi (google maps kordinatorlari)
Izoh (ob’ekt to‘g‘risida qisqacha ma’lumot)
1 Islomiy qadamjolar


1 Imom Abu Mansur Al-Motrudiy maqbarasi Samarqand shahri G‘ijdivon ko‘chasi 40 uy 39.654550, 66.986279 Moturidiy (Abu Mansur al-Moturidiy; Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy) (870-yil; Samarqand — 944-yil; Samarqand) — imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. „Imom al-hudo“, „Imom al-mutakallimin“ („Hidoyat yoʻli imomi“, „Mutakallimlar imomi“) nomlari bilan ulugʻlangan. Moturid qishlogʻida (hozirgi Jomboy tumanida) tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bogʻ ham barpo etgan.
2 Islom Karimov maqbarasi I.Karimov ko‘chasi,   66-uy Afrosiyob kal’a xududida 39.663556, 66.983460 O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirishga bag‘ishlangan ziyorat-goh barpo etildi. Ziyoratgoh Samarqand shahrining kirishida Xazrati Xizr yon boshida joylashgan.
3 Xazrat Xizr masjidi     I.Karimov ko‘chasi, 66-uy Afrosiyob kal’a xududida 39.663396, 66.983173 Hazrati Xizr masjidi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (19-asr oʻrtalari); afsonaviy oʻlmas shaxs Hazrati Xizr nomi bilan bogʻliq. Bino Shohizinda J majmuasi qarshisidagi tepalikda joylashgan qad. masjid poydevori ustiga qurilgan (mehrobdagi yozuvga koʻra 1855 y.). Masjid xonaqoh, uning 2 yonida hujralar, qoʻshimcha xonalar, omborxona, minoradan iborat; keyinchalik binoga qoʻshimcha ayvon (1899), darvozaxona (1919) qurilgan. Bosh tarzidagi’ tik zinapoyadan darvozaxonaga chiqiladi, undan uncha katta boʻlmagan xonaga kiriladi. Darvoza peshtoqgumbazli, peshtoqning 2 burchagiga qubbasi qovurgʻali guldasta-minoralar ishlangan
4 “Xo‘ja Doniyor” maqbarasi Samarqand shahri Islom karimov ko‘chasi 39.673383, 66.994534 Xo‘ja Doniyor maqbarasi - Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (20-asr boshlarida qurilgan). Afrosiyob qoʻrgʻonining kunchiqar tomonida, Siyob arigʻi yoqasida. Avliyo Xoja Doniyor qabri ustida qurilgan.
5 Shoxi-Zinda majmuasi Shoxi-Zinda kuchasi, 39-uy XI-XIX asr 39.661827, 66.987934 Shohizinda — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (11—19-asrlar); Afrosiyob tepaligi jan.da joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl. Shohizinda meʼmoriy majmuasi Qoraxoniylar sulolasi tomonidan asos solingan.  
6     Amir Temur majmuasi   Oqsaroy ko‘chasi,  1-uy   39.648444, 66.969235 Goʻri Amir yoki Amir Temur maqbarasi (14-asr oxiri — 1405-yil) — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Xalq orasida Goʻri Amir yoki Goʻri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub kishilar (Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, oʻgʻillari Umar-shayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulugʻbek va boshqalar) dafn etilgan. Boburning taʼkidlashicha, dastlab Temurning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo Samarqand qalʼasi jan.da Toshqoʻrgʻon — chaqarda Madrasa qurdirgan.
7 Ruxobod majmuasi Oqsaroy ko‘chasi, 10-uy 39.650871, 66.968191 Ruhobod maqbarasi, Ruhobod — majoziy nom, aslida alloma avliyo shayx Burhoniddin Sogʻarjiy (Sogʻarj—Samarqand yaqinidagi qad. kent) maqbarasi. Amir Temur saltanatining dastlabki davrida (14-asrning 70-yillari) shahar Arki (Koʻk saroy, Boʻston saroy, Nuriddin Basir maqbarasi) tomonidan jan.dagi Toshqoʻrgʻon—chaqar (Kichik oqsaroy, Muhammad Sulton meʼmoriy majmui, hozirgi Amir Temur maqbarasi) orasini bogʻlovchi mashxur Shohrohshoh koʻchani ochish va tartibga solish davomida yuzaga chiqqan Sogʻarjiy qabriga bogʻlab, mahobatli baland maqbara tiklangan.
8 Bibi-Xonim masjid majmuasi I.Karimov ko‘chasi, 40-uy 39.660670, 66.979437 XV asr qurilgan. Bibixonim jome masjidi (Amir Temur jome masjidi) — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1399—1404). Amir Temurning katta xotini Bibixonim (asli Saroymulk xonim) nomi bilan bogʻliq. Amir Temur farmoni bilan qurilgan.
9 Registon majmuasi Registon ko‘chasi 39.654950, 66.975707 Dastlab 1417—1420-yillarda Ulugʻbek madrasasi bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydonning sharqiy qismiga Ulugʻbek xonaqosi (1424-yil), shimoliy qismiga Mirzoyi karvonsaroyi, janubiga Alika Koʻkaldosh juma masjidi (1430-yil) bunyod etilgan, yonida esa yogʻochdan xotamkori uslubida Masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 1420—1440-yillarida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan. XVII asrda Samarqand hokimi Yalangtoʻsh Bahodir vayrona holatdagi Ulugʻbek xonaqosi oʻrniga Sherdor madrasasini (1619—1635/36), Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga Tillakori masjidini (1646/47—1659/60) qurdirgan. Registon maydoni oʻzining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Markaziy Osiyo meʼmorchligining noyob yodgorligi hisoblanadi.
10 “Xo‘ja Ahror Valiy” ziyoratgohi   Samarqand shahar, Xo‘ja Ahror Valiy ko‘chasi   39.61884725041382, 66.9532806294478 Xoja Ahror majmuasi — Samarqand atrofidagi meʼmoriy yodgorlik (15—20-a.lar); Samarqand tumanidagi Ulugʻbek qishlogʻi hududida. Xoja Axror qabri yaqinida turli davrlarda bunyod etilgan Nodir Devonbegi madrasasi, ikki ayvon, masjid, minora hamda hovuzli hovlidan iborat majmua. Majmuaning markazi 8 yoqli hovuz, uning jan.da Xoja Axrorning oq marmarli qabrtoshi bor, qabrtoshiga arab yozuvida husnixat bilan marsiya yozilgan.
11 “Nodir Devonbegi” madrasasi   Samarqand shahar, Xo‘ja Ahror Valiy ko‘chasi   39.619272, 66.953559 Nodir devonbegi madrasasi (asl nomi: Nadr devonbegi madrasasi) — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1630—31). Nodir devonbegi mablagʻiga qurilgan. Xoja Ahror xonakoxi yonida joylashganligidan baʼzan xalq orasida Xoja Ahror madrasasi hamda quyosh va sherlar tasviri tushirilgani uchun kichik Sherdor Madrasa nomi bilan ham yuritiladi. Nodir Devonbegi madrasasi (Samarqand)m. bir qavatli, hovlisining 2 tomonida ayvon, hujralar, masjid va darsxona joylashgan.
12 “Doniyorbek” Chashmasi   Samarqand shahar, Kulolon ko‘chasi, Doniyorbek mahallasi   39.645645, 66.970655 XIX-XX asrlarda qurilgan tarixiy yodgorlik
14 “Bibi Mushkul Kushod” ziyoratgohi   Samarqand shahar, Umarov ko‘chasi   39.645595, 66.969804 Bibi mushkulkushod — oʻzbeklar va tojiklarning afsonalarida hayotdagi turli mushkullarni oson qiluvchi kampir siymosi. Rivoyatlarga koʻra, Bahouddin Naqshbandning xolasi. Ayollar turmushda bironbir baxtsizlikka uchragan kezlarida yoki ishlari yurishmaganda odatda chorshanba kuni B. M.ni eslab, unga atab majlis qurishgan, ziyofat uyushtirishgan, tilanchilarga xayrsadaka berishgan.  
15 “Abu Lays Samarqandiy” ziyoratgohi   Samarqand shahar, Vobkent ko‘chasi   39.653664, 66.984107 Abu Lays Nasr ibn Muhammad hijriy 298, milodiy 911 yilda Samarqand shahri yaqinidagi qishloqlardan birida dunyoga keladi. Muarrix Abdulkarim as-Sam’oniy “Al-ansob” asarida “Abu Laysning otasi Muhammad ibn Ibrohim o‘z zamonining faqih (huquqshunos) ulamolaridan bo‘lgan.
17 “Muhammad Fuzaydo Balxiy” ziyoratgohi   Samarqand shahar, Dahbed ko‘chasi   39.661472, 66.971380 Muhammad Fuzaydo Balxiy ziyoratgohi madaniy meros obektlari ro’yxatiga kiritilgan qadimiy obyekt hisoblanadi.
18 “Muhammad Sangrason” ziyoratgohi   Samarqand shahar, Dahbed ko‘chasi   39.661313, 66.971235 XIX-XX asrlarda qurilgan tarixiy yodgorlik Muhammad Sangrason madaniy meros obektlari ro’yxatiga kiritilgan qadimiy maskan hisoblanadi.
19 Toxir shayx masjidi   Payariq tuman, Toxir Shayx MFY   40.00524192159958, 66.84184344465861 Toxir Shayx jome masjidi 1998-yilda barpo etilgan. Toxir Shayx jome masjidi Payariq tumaniDehqonobod MFYda joylashgan islomiy yo‘nalishdagi diniy tashkilot.
20 “Oqsaroy” maqbarasi   Samarqand shahar, Oqsaroy, 5A-uy   39.647954, 66.969981 Oqsaroy maqbarasi Samarqand shahridagi meʼmoriy yodgorlik (15-a.) bo’lib Temuriylarning soʻnggi dahmasi hisoblanadi. Oqsaroy maqbarasi qoʻshimcha dahma sifatida Abu Said (1449—69) va Sulton Ahmad Mirzo (1469—94) hukmronligi davrida qurilgan. Maqbara pishiq gʻishtdan ganch qorishmasida terilgan. Oqsaroy chortoq tarx/sh katta xona va qaramaqarshi joylashtirilgan xonalardan iborat.
21 Qoraboy Oqsoqol majmuasi   улица Абулазиза Самарканди, 111Б 39.658688, 66.981483 XIX-XX asrlarda qurilgan tarixiy yodgorlik.
22 Qo‘sh-Xauz majmuasi   Qo‘shhovuz ko‘chasi №68 uy 39.657390, 66.976170 Samarqand shahar “Qo‘sh hovuz” jome masjidi taxminan 1897-1903 yillarda Axmadjon xoji bobo tomonidan o‘zining shaxsiy mablag‘i hisobidan qayta quriladi. Binoga puxta xom g‘ishtlar ishlatilgan, vassajuft va ustumlardan iborat.
23 Xo‘ja Nisbatdor majmuasi   JXWG+976, So'zangaron ko'chasi, Samarqand, Узбекистан 39.645812, 66.975669 Nisbatdor masjidi - Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1901). Abduqodir Boqiyev boshchiligida qurilgan. Aka-uka Zayniddin va Shamsiddin Gʻafurovlar (gʻisht teruvchi), usta Saʼdulla (ganchkor), usta Mahmud (naqqosh)lar katnashgan. Eski masjid oʻrnida pishiq gʻishtdan qurilgan xonaqoh va unga jan. tomondan tutashgan keng ayvondan iborat. 
24 Namozgox majmuasi   JXP9+V94, Samarqand, Узбекистан 39.637302, 66.968565 Masjid XVII asrda g'ishtdan, o'sha davrning odatiy me'moriy Islomiy uslubida qurilgan. Ushbu masjid Samarqandda turli yillarda yana bir necha binolar qurdirgan taniqli xayriyachi, arlat o'zbek oilasi vakili Nodir Devonbegi mablag'lari hisobidan bunyod etilgan.
25 Xo‘ja Zudmurod majmuasi   141 Chorraha kochasi., Samarqand 39.661478, 66.974244 Xoja Zudmurod masjidi ham qurilgan. Xoja Ziyomurod Samarqanddagi qadimiy ziyoratgohlardan biridir. Hozirgi bino 9-asr oxiri - 10-asr boshlari poydevorida qurilgan. Masjid poydevoridan restavratsiya jarayonida Saljuqiylar imperiyasi sultoni Ahmad Sanjar (1086-1157) davridagi g‘ishtlar topilgan. An'anaga ko'ra, Tamerlan bu erga Jirjis (Avliyo Jorj) hazratlarining qoldiqlarini olib kelib, masjid yaqiniga dafn qilgan.  
26 Xo‘ja Yusuf Xamadoniy majmuasi   Samarqand shahar Husayn Bayqaro ko‘chasi 39.658229, 66.960017 Hamadoniy Yusuf Abu Yaʼqub (1048, Hamadonning Buzanjird qishlogʻi — 1141, Afgʻonistonning bomiyon shahri) — tasavvufning yirik namoyandasi, olim. Bagʻdodda Abu Ishoq Sheroziydan tahsil olgan. Isfahon, Samarqand, Buxoroda bilimini oshirgan. Tasavvufni Abu Ali Formadiy, Abdulloh Juvayniy va Hasan Simnoniydan oʻrgangan. Zamonasining yetuk allomalari Abdulqodir Giloniy, Gʻazzoliy, Hamiduddin Multoniy bilan muloqotda boʻlgan. 30 marta haj ziyoratiga borgan.  
27 “Ravotxo‘ja” ziyoratgohi   Urgut tumani, Ravotxo‘ja qishlog‘i   39.537658, 67.404395 XIX-XX asrlarda qurilgan tarixiy yodgorlik. Ravotxo‘ja madaniy meros obektlari ro’yxatiga kiritilgan qadimiy masjid hisoblanadi.
28 “Xo‘jai Amon” ziyoratgohi   Urgut tumani, Kattatorinjak MFy   39.399753635776655, 67.26734224877902 XIX-XX asrlarda qurilgan tarixiy yodgorlik Xo‘jai amon madaniy meros obektlari ro’yxatiga kiritilgan qadimiy masjid hisoblanadi.
29 Dobussiya shaxristoni     Paxtachi tumani  Dobussiya  qishlog‘i   40.025097, 65.764851  Zarafshon daryosi sohilida bir muqaddas joy bor. Bilganlar uni e’zozlab, «Avliyo Ota» deb ulug‘laydi. Uni Dabus, Dabusiya qal’asi, Dabus, Dabusqal’a, Dahbusqal’a deb ham atashadi. Aytishlaricha, qadimda bu yerda ulkan shahar bo‘lgan. Dabusqal’a deb nom olgan ulug‘ shaharning bisotida yolg‘iz yodgorligi – Imom Bahra Ota maqbarasi bor.
30 Hazrati Dovud ziyoratgohi           Nurobod tumani Oqsoy qishlog‘i 39.498630, 66.613133 Samarqanddan 40 kilometr uzoqlikda Oqsoy qishlog‘ida Hazrati Dovud g‘ori yoki Muqaddas Dovudning ajoyib arxeologik yodgorligi, muqaddas qadamjo va tabiatning mo‘jizasi joylashgan. Ma’lumki, Hazrati Dovud bir vaqtning o‘zida uchta dinda hurmatga sazovor shahs hisoblanadi. Musulmonlar uni Hazrat Dovud, pravoslavlar va yahudiylar David deb atashadi. Uning bashorat va shifo qobiliyati bo‘lganligi sabab, uning hayot hikoyasi sir va afsonalar bilan qoplangan. Hazrati Dovud 33 yoshida Isroil va Yahudiya Birlashgan Qirolligining hukmdori bo‘lib, qirq yil davomida hukmronlik qilgan.
31 “Shirvoq ota” ziyoratgohi   Urgut tumani, Xo‘jayduk MFY   39.388095, 67.085928 Shirvoq ota VIII asr asrda yashab o‘tgan bo‘lib buyuk avliyolardan hisoblangan.
32 Polvonota ziyoratgohi Ishtixon tumani Mitan qo‘rg‘oni 40.01370607654191, 66.54982598528262 “Polvon Ota” jome masjidi ziyoratgoh-qadamjo hisoblanadi. Masjidning shimol tarafida “Polvon Ota” (Ahmad Zamjiy) maqbarasi joylashgan. Maqbara eskidan mavjud bo‘lib, oldingi holati kichik, ikkita binodan iborat chilla xona va maqbaradan tashkil topgan edi. Bu imorat ham 2001-2002 yillarda buzib tashlanib, pishiq g‘ishtdan yorug‘ va ko‘rkam qilib qayta qurilgan. Mazkur maqbara mahalliy xalq tomonidan e’zozlanib, ziyorat qilinadi. Masjidning o‘zida “Polvoni Ahmad Zamjiy daftari soniy” nomli eski o‘zbek yozuvidagi kitob saqlanib, unda asosan jangnoma voqealari bayon etilgan. Ahmad Zamjiy Hazrat Ali (karramallohu vajhah)ning o‘g‘li Muhammad Hanafiyning nabirasi bo‘lgan. Abu Muslim Qutayba bilan zamondosh bo‘lib, janglarda yelkadosh bo‘lgani aytiladi.
33 Ulugbek rasadxonasi Toshkent yo‘li, 1-uy XVasr qurilgan 39.674834, 67.005617 Ulugʻbek rasadxonasi - Samarqanddagi 15-asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri, koʻhna astronomik kuzatuv muassasasi. Boburning yozishicha, Ulugʻbek rasadxonasining sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan. Rasadxona ichiga oʻrnatilgan juda katta asbob yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar katta aniqlik bilan oʻrganilgan. Rasadxonada kutubxona ham boʻlgan. Ichki devorda osmon tasviri, yulduzlar xaritasi, togʻ, dengiz, mamlakatlar belgilangan Yer shari tasviri ishlangan. Keyinchalik u qarovsiz qolib, XVI asrda vayron qilingan. Hozir Ulugʻbek rasadxonasidagi katta asbob — kvadratning yer ostida saqlangan qismi balandligi bilan 11 m keladi. 1964 y. Ulugʻbek rasadxonasi yonida Ulugʻbek muzeyi ochilgan.
34 Imom al Buxoriy majmuasi Payariq tumani            Xo‘ja Ismoil MFY Xartang qishlog‘i 39.815472, 66.945141 Imom al-Buxoriy ziyoratgoh majmuasi Samarqand viloyatida joylashgan qadimiy memoriy yodgorliklardan biri, Islom olamida juda katta hurmat bilan tilga olinadigan Imom al-Buxoriyning qabrlari joylashgan ziyoratgohdir.[1] Majmua Samarqand viloyatining Hartang qishlogʻida joylashgan fayzli maskan hisoblanadi. Majmuaning oldingi yani oʻn oltinchi asrdagi koʻrinishida bir kichik maqbara uning oldida masjid va hovliga bir necha daraxtlar ekilib qoʻyilgan boʻlgan. Keyinchalik 1997- yil 28-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasi tomonidan chiqarilgan qonun asosida Imom al-Buxoriyning hijriy 1225 yilligini koʻtarinki kayfiyatda nishonlashni tashkil etish haqidagi qaroriga asosan majmua butunlay qayta taʼmirlandi va qoʻshimcha yodigorlik majmuasi qurilgan.Imom al- Buxoriy oʻz umrini ilm oʻrganish uchun sarflagan buyuk va ulugʻ ulamolardan biridir, ularni ishlarini[2] yanada koʻproq oʻrganish va ular yotgan zioratgohlarni obodonlashtirish ishlari olib borildi. Imom al5Buhoringning eski ziyoratgohi oʻrnida yangi majmua 1698-yilda qurib bitkazildi.[3]
35 Chorchinor Ziyoratgohi   Urgut tumani              Sufiyon MFY 39.386415, 67.240182 Samarqanddan 40 km masofada Urgut nomli qadimiy shahar joylashgan. Urgut shahrining yodgorliklaridan biri Chor Chinor bog‘idir. Asrlik chinorlar usgan xiyobon buloq suvi bilan sug‘orilib turadi. Chor Chinor maydonida hovuz bo‘lib, uning atrofida sayyorhar, mahalliy aholi yig‘ilib, hordiq chiqarishadi, buloq chashmasi suvidan bahramnad bo‘lishadi. Eng qadimiy chinorlar uzunligi 16 metr balandlikkacha yetadi, “eng yosh” daraxt esa taxminan 600 yoshda. Deyarli har bir daraxtda taxminiy yoshi yozilgan peshtaxtachalar osilgan. Eng qari daraxt yoshi 1000 dan oshiq. Chor-Chinor muqaddas joy hisoblanadi. Uning maydonida masjid ham bo‘lib, uning qurilishi XX asr boshlarida boshlangan.
36 Mahdumi A’zam ziyoratgohi Oqdaryo tumani           Daxbed ko‘chasi 39.762659, 66.917296 Oqdaryo tumanining Dahbed qo‘rg‘onida joylashgan “Maxdumi A’zam” jome masjidi Yalangtush bahodir tomonidan 1619 yili qurdirilgan va o‘z zamonasining madaniy markazlaridan hisoblangan. Masjid nomi zamonasining buyuk allomalaridan biri mutafakkir hazrati Maxdumi A’zam nomi bilan bog‘liqdir.
37 Ko‘k ota ziyoratgohi Narpay tumani  Ko‘kota qishlog‘i     39.931045589787395, 66.02132062943316 Hazrati Ko‘kota Ko‘kmuhammad Ibn Qusamshayx, XIII asrning boshlarida Qashqadaryo viloyati Koson tumani Pudina qishlog‘ida tavallud topganlar, otalaridan shariat, tasavvuf ilmlaridan ta'lim olib, olim va piru-komillik darajasiga yetishganlar.  Ko‘kota hazratlari padaribuzrukvorlari tavsiyalari va duolari bilan Miyonqal'a (hozirgi Narpay, Xatirchi hududlari) ga kelib istiqomad qiladilar hamda bu yerda ko‘pgina obodonlashtirish ishlariga boshchilik qiladi. Hashar yo‘li bilan Narpay kanalini qazib bog‘lar barpo qiladilar, majid madrasa qurib, halqqa ilmu-ma'rifat tarqatadilar.
38 “Shayx ul-islom Xo‘ja Burxoniddin” ziyoratgohi Ishtixon tumani Shayxislom MFY Shayxislom qishlog‘i     Shayx ul-islom Xo‘ja Burxoniddin masjidi XVII-XVIII asrlarga borib taqaladi. Ushbu jome masjid “Shayx ul-islom Xo‘ja Burxoniddin” hazratlari sharafiga nomlangan. Ushbu zotning qabrlari masjidning orqa tomonida joylashgan bo‘lib mo‘jaz maqbara ham barpo etilgan. Ul zot asli Xorazmlik bo‘lib buxoro amiri tomonidan XVII asr oxirlarida bu diyorga islom dinini targ‘ib qilish hamda ilm ziyo ulashish maqsadida yuborilgan.
39 “Arab Ota” ziyoratgohi Nuroobd tumani, Tim MFY 39.695457000005575, 65.79306799999684 Maqbaraning 976-977 yillarda qurilgan. Ustunlari naqshli. Bu bejirim ustunlar xonaga shinam va ulug'vor ko'rinish beradi. Maqbaraning ko'rki uning mahobatli peshtoqidir. G'ishtlar turli tartibda juftlab terilgan, choklar qatoriga ganchkori naqshlar kiritilgan. Peshtoq poyalarida kufiy yozuvlari bor. Ravoq tepasidagi uch mehrobsimon tokchalar mayda naqshlar bilan bezalgan. Arabota maqbarasi Movarounnahrda saqlanib qolgan eng qadimgi musulmon maqbaralaridan biri.  
40 “Xo‘ja Mazgil Ota” ziyoratgohi Bulung‘ur tumani, Xo‘ja mazgil MFY 39.594872, 67.442565 Xo‘ja Mazgil Ota ismining o‘zi “azizlar yashaydigan hudud” degan ma’noni anglatadi. 1986-yilda N.Toshkentboyev tomonidan olib borilgan arxeologik qazishmalar natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Xo‘ja Mazgil Ota” hududida yuqori paleolit davridan buyon odamlar yashagan. “Xo‘ja Mazgil Ota” yodgorligi taxminan XI asrdan beri mavjud bo‘lib, u shu qadar muqaddas hisoblanganki, hatto Chingizxon jangchilari ham uning qabrini tahqirlashga jur’at etmagan.
41 “Murod-Avliyo” ziyoratgohi Samarqand shahar, Jarariq ko‘chasi, 25A-uy 39.66772243106368, 66.92951506931236 XIX-XX asrlar. Jome masjidi va qabristonida joylashgan haram ichidagi ibn Sayyid Murtazo hazratlariga mansubdir. U kishining vafotlari hijriy qamariy yilining 927 yil ramazon oyining yakshanbasida, ya’ni milodiy 1548 yilning avgust oyiga to‘g‘ri keladi. Ayrim manbalarda u zot Xo‘ja Ahrori Valiyning izdoshlari sifatida tilga olinadi. Faxra Sodot Sayyid Musoxo‘ja ibn Sayyid Murtazo shariati islom tarixini uning aqidalarini chuqur bilgan, uni kishilar orasida targ‘ib eta olgan shaxs. Ushbu qadamjo va qabriston o‘sha zamondan buyon mo‘min – musulmonlar uchun ziyoratgoh sifatida tanilgan. Ayniqsa, har chorshanba kuni bu yerga ko‘plabziyoratchilar kelishadi. Nafaqat Samarqand ahli, balki qo‘shni viloyat, hatto Ozarbayjon, Turkmaniston, Qirg‘izistondan ham kishilar ziyoratga kelishadi.
42 “Xo‘ja Abdu Darun” ziyoratgohi (masjid) Samarqand shahar, Sadriddin Ayniy ko‘chasi, 21-uy 39.641719, 66.991380 XV asr. Samarqand qal’a devorining sharqiy tomonida (darun – ichkari) joylashgan qadimgi ziyoratgoh. Markazida eng yirik bino – xonaqoh (XV asr) ko’zga tashlanadi. Xonaqohning IX asrda yashagan avliyo, alloma Abdu Ma’ziddinning qabri bor. Xoja Abdu Darun padari buzrukvorlarining nomi Xoja Abduqodir as-Said (Xoja Abdu Berun) bo’lib, Samarqandda hokimlik qilgan. Xoja Abdu Darunni Xojai Kunj deb ham ataganlar. Xoja 247 hijriy yilning zulqa’da oyida (mil.861 yil may oyi) vafot etgan.
43 “Xo‘ja Abdu Berun” ziyoratgohi (masjid) Samarqand tumani, Sarimozor MFY 39.610664, 66.975153 XV asr. Xo‘ja Abdu Berun Xalifa Usmon (r.a.) avlodidan, arablarning “Abdu” qabilasiga mansub bu zot Samarqandga Xalifa Usmon (r.a.) ibn Sayyid va Qusam ibn Abbos (r.a.) bilan birga kelgan. Ular samarqandliklarni Islom ahkomlariga yo‘llaganlar. Ziyoratgox shu insonning sharafigabunyod etilgan
44 “Muhammad Naqqibek” jome masjidi Kattako‘rg‘on shahri, A.Navoiy ko‘chasi 39.90754045297325, 66.25272331656188 Taxminan 1620-yillarda Muhammadamin Xo‘ja lutfalari Naqib tomonidan “Muhammad Naqqi” madrasasi qurilgan bo‘lib, “Muhammad Naqqibek” jome masjidi deb yuritilgan, hozirda mahalliy aholi tomonidan Naqqib madrasasi deb ham yuritiladi. Masjid ichida 50 ta ustun qad rostlagan bo'lib ular bundan qariyb 200 yil ilgari almashtirilgan shularda 20 tasi masjidning ichki qismida qolgan 20 tasi esa masjidning tashqi qismida hozirda qad rostlab turibdi.
45 Xo‘ja Isoqi Vali majmuasi   Samarqand viloyat, Xo‘ja Isxoq Vali ko`chasi 2   39.687176, 66.990676 Xo‘ja Isoqi Vali islom olamining yetuk ulamolaridan biri bo‘lib, naqishbandiya tariqatining piri komillaridan biridir. Xo‘ja Isoqi Vali 1505-yilda Samarqandda dunyoga kelgan.
46 Gishtli masjidi   Samarqand viloyat Katta-qayroqli, 39.48070868079978, 67.25179102843873 Samarqand viloyati Bulung’ur tumanida noyob uslubda qurilgan XVII asrga oid "G’ishtli ota” jome masjidi saqlanib qolgan. Mazkur masjid Bulungʻur tumanining “Bo’dana” mahallasi hududida joylashgan, “Gʻishtli ota” jome masjidi madaniy meros obektlari ro’yxatiga kiritilgan qadimiy masjid hisoblanadi.
47 Bog‘izagon masjidi   Samarqand viloyat Tayloq-Ota 39.576039569752446, 67.17231181001301 XIX-XX asrlarda qurilgan tarixiy yodgorlik
48 Mulla Isxoq jome’ masjidi   Urgut tumani 39.45523721535, 67.18000431352253 XIX-XX asrlarda qurilgan tarixiy yodgorlik
49 Govsul A’zam jome’ masjidi   Urgut tumani Govsul A’zam MFY 67.318586 67.318569 Govsul A’zam jome’ masjidi Urgut tumanining Gos qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, eng katta ziyorat turizmi obyektlaridan biridir.  
50 Jo‘sh ota masjidi   Qo‘shrabod tumani Jo‘sh ota qishlog‘i 40.405480872590644, 66.35361833571473  Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumani Jo‘sh ota qishlog‘ida shu qishloqning ko‘rki va fayzi bo‘lib turgan “Jo‘sh ota” jome masjidi bor. Masjidni qachon qurilganligi ma'lum emas, ammo kim tomonidan qurilganligini masjid ichidagi minbar tepaligida devorga yopishtirilgan marmar toshda yozilgan.
51 “Tohir va Zuhra” ziyoratgohi   Oqdaryo tumani, Raimqulov mahallasi   39.918153960331324, 66.76717647711666 “Toxir va Zuhra” yodgorlik majmuasi Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi afsonalarga burkangan dafn etilgan go‘zal bog‘. Rivoyatlarga ko‘ra, bu yerda fojiali muhabbati xalq qalbida dard bilan jaranglagan, bu yuksak tuyg‘uni o‘z afsona va ertaklarida kuylagan Tohir va Zuhralar dafn etilgan.  
52 “Shayx Xudoydod Vali” ziyoratgohi   Jomboy tumani, Bozorov j/x, Gʻazira qishlog‘i   39.817420, 67.142062 Xudaydod Valiy (1461-1532) (oʻzbekcha: Shayx Xudoydod Vali, asl ismi Hudayberdi, toʻliq ismi Hazret Azizon Shayx Hudaydod Vali ibn Xazret Azizon Ortiq Shayx) — islomiy valiy, bayram, ilohiyot olimi, turkiy avliyo, afsonaviy soʻfiy shayxi, Oʻrta Osiyoda islomni yoyuvchi, shoir, tasavvuf va kurashchi., “Jahriya Sultoniya” soʻfiylik maktabi, yaʼni “baland zikr ”[1] asoschilaridan biri, Xoja Ahmad Yassaviy taʼlimotining yirik nazariyotchisi va shayxi. Yassaviy tariqati shayxlarining oltin zanjirida oʻninchi.
53 “Xo‘ja Xofiz Merosiy” ziyoratgohi Bulung‘ur tumani, Erganakli MFY      Xo’ja Xofiz Merosiy 1475 yil Bulungʻur tumanining Mitan qishlogʻida tug’ilgan, 1528 yil Eronning Mashhad shahrida vafot etgan. Xo’ja xofiz Merosiy ziyoratgohi Bulung’ur tumanining Erganakli mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan.Xo’ja Xofiz Merosiy to’g’risida to’plangan material va ma’lumotlar Sharqshunoslik ko’lyozmalar institutida saqlanmoqda  
54 Oshiq ota ziyoratgohi Pastdarg‘om tumani, Oshiq ota MFY   39.80492993724768, 66.64968074051575 Past Darg‘om tumani Go‘zalkent shaharchasi hududida, Zarafshon (Qoradaryo) daryosining janub qirg‘og‘ida “Oshiq Ota” ziyoratgohi bor. U xuddi shu nom bilan atalgan mahallada joylashgan. Bu yerda “Oshiq Ota” avliyo maqbarasi ham barpo etilgan.
55 “Domla Kamoliddin Oxund” ziyoratgohi   Qo‘shrabot tumani, Shova MFY .    Qo‘shrabot tumani Shova qishlog‘idagi “Domla Kamoliddin Oxund” jome masjidi ulug‘ qadamjolardan biridir. 
56 Ipakli masjidi   Samarqand viloyat, Urgut tumani, Jartepa QFY,Ipakli qishlog‘i 39.469179, 67.179551 Urgut tumani Ipakli qishlog‘ida joylashgan, 1999-yilda barpo etilgan masjid.
57 Gishtli masjidi   Samarqand viloyat, Bulung‘ur tumani 39.75113194929902, 67.39622987249571 Samarqand viloyati Bulung’ur tumanida noyob uslubda qurilgan XVII asrga oid "G’ishtli ota” jome masjidi saqlanib qolgan. Mazkur masjid Bulungʻur tumanining “Bo’dana” mahallasi hududida joylashgan, “Gʻishtli ota” jome masjidi madaniy meros obektlari ro’yxatiga kiritilgan qadimiy masjid hisoblanadi.
58 Qalandarxona masjid   Samarqand shahar, Panjikent yo‘li ko‘chasi 39.64782991428441, 66.98773001106204 Qalandarxona masjidi — Samarqand viloyati (Kattaqoʻrgʻon hududi)dagi meʼmoriy yodgorlik (1909— 10). Nurilla Maxsum rahbarligida qurilgan. Masjid xonaqoh, ayvon, bosh tarzi oldidagi katta hovuz va minoradan iborat. Xonaqoh murabba tarhli, toʻrt ustunli; 9 boʻlakka boʻlinib markaziy qismiga hovuzak ishlangan shifti va ustunlari serhasham bezatilgan. Ayvon shiftidagi naqshlar hamda murakkab muqarnasli hovuzaklar jozibador; minora gʻishtlari mavj usulida terilib, bezagida koʻk va havo rang koshinlardan foydalanilgan.
59 Xo‘ja Safoi Valiy (Qalandarxona) majmuasi   Samarqand shahar, Panjikent yo‘li ko‘chasi 39.64745610309475, 66.98744033244246 XIX-XX asrlarda qurilgan tarixiy yodgorlik
60 “Qo‘chqorli ota” ziyoratgohi   Oqdaryo tumani, Zarafshon MFY   39.818658, 66.005811 Qo`chqorli ota ziyoratgohi haqida xalq ichida turli rivoyatlar yuradi. Tarixiy manbalarga qaraganda, IX – X asrlarda Do`stqora degan ovchi shu erni makon tutib, atrofda ov qilgan. Sog`lig`i biroz yomonlashgach, jo`shib turgan buloq suvidan ichib turgan. Bu hol bir necha bor takrorlangandan keyin Do`stqora bobo butunlay sog`ayib ketgan.
61 Qovus ota ziyoratgohi Qo‘shrabot tumani,Rabot MFY 40.296114, 66.536114 XIX-XX asrlarda qurilgan tarixiy yodgorlik
61 Xristian cherkovlari


62 Avliyo Alekseyvskiy cherkovi Samarqand shahar, Bobur Mirzo ko‘chasi 39.646706, 66.958325 Alekseyevskiy sobori 1912 yilda chor armiyasining Samarqandda joylashtirilgan kazak polki uchun qurilgan
63 Rim-katolik cherkovi (Muqaddas Ioann Krestitel) Samarqand shahar, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi 39.646646, 66.955432 XIX-XX asrlarda qurilgan tarixiy yodgorlik
64 Armanlar cherkovi binosi Samarqand shahar, Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasi 39.648878, 66.953215 Samarqanddagi Arman apostol cherkovi 110 yillik tarixga ega
65 Avliyo Georgiy cherkovi Samarqand shahar O‘zbekiston ko‘chasi 39.650949, 66.959201 1882 yilda chor Rossiyasining g‘aznasi hisobidan qurilgan Avliyo Georgiy cherkovi 1960 yilda, Xrushevning dinga qarshi kampaniyasi chog‘ida yopib qo‘yilgan.
66 Pokrov cherkovi Samarqand shahar, Abdurahmon Jomiy ko‘chasi   39.659560, 66.954869 Oʼzbekiston hududida qariyb 15ga yaqin pravoslav cherkovlari faoliyat koʼrsatgan, ammo sovet davrida ular yoʼq qilingan yoki xoʼjalik ehtiyojlari uchun boshqa maqsadlarda foydalanilgan. Ochilganidan buyon umuman yopilmagan yagona cherkov – 1903 yil qurilgan "Pokrov Bojьey Materi" cherkovi boʼladi.
67 Ilgarigi cherkoc binosi (hozirgi,Barkamol avlod bolalar markazi) Samarqand viloyat, Bulung‘ur tumani 39.762229, 67.265942 XIX-XX asrlarda qurilgan tarixiy yodgorlik

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring