Foto va Video

Turizm hamma uchun

Ushbu bo‘limda siz O‘zbekistonni yangidan kashf etasiz! Sport, etno, tarix, gastronomiya yoki tibbiyot - bu yerda har kim har qanday didga mos keladigan turizm turini topishi mumkin!

Turizm turlari

Dunyoda vaqtni qiziqarli va mazmunli o‘tkazishning juda ko‘p usullari mavjud: sayohat yoki sarguzashtlar, biror narsani o‘rganish, ziyoratga borish, sivilizatsiya tegmagan noyob joylarni ko‘rish, davolanish, faol dam olish, ekstremal sport bilan shug‘ullanish yoki faqat oila yoki do‘stlar bilan tabiat qo‘ynida vaqt o‘tkazish, bularning barchasi turizm va umuman turizm sanoati bilan bog‘liq. O‘zbekistonda turizmning uchta asosiy turi mavjud: kirish, chiqish va ichki turizm.

Kirish va ichki turizmga asosiy va maxsus turistik mahsulotlar kiradi: turistik diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalar; mehmonxonalar, dam olish maskanlari, kurortlar, sanatoriylar, turizm qishloqlari, o‘tov lagerlari, kempinglarda joylashish; milliy taomlar va vinolarni tatib ko‘rish; bayram va festivallarda ishtirok etish; mamlakat bo‘ylab qulay sayohat qilish.

O‘zbekistonda sayohat va dam olishning barcha turlari bo‘yicha sport, milliy, yoshlar, ekologik, gastronomik, tibbiy, madaniy, tadbir, ziyorat, adabiy, qishki, velosport va boshqa turizm turlariga bo‘lish mumkin, ularning ayrimlarini tanlashda mavsumiylik e’tiborga olinishi kerak.

O‘zbekistonga kelgan sayyohlar yolg‘iz, do‘stlari yoki oila a’zolari bilan yoxud sayohatchilarning o‘z maqsadlari va rejalashtirilgan sayohat byudjetiga muvofiq oldindan rejalashtirilgan yo‘nalish bo‘ylab qiziqarli va hayajonli manzillarga olib boradigan gid bilan birga guruh tarkibida sayohat qiladilar.

Mamlakatda juda ko‘p sayyohlik kompaniyalari mavjud bo‘lib, ular kichik bir kunlik, tor maqsadli turlardan tortib, ko‘p kunlik kompleks turgacha bo‘lgan keng doiradagi sayohat xizmatlarini taqdim etadilar, bu xizmatlardan foydalangan sayyohlar yaxshi dam olishi, aqliy va jismoniy jihatdan kuchlarini tiklashi, salomatligini mustahkamlashi, Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning mahalliy madaniyati bilan tanishishi, bayram, ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan joylarga buyurtma berish orqali, shu jumladan, mamlakatning eng muhim va mashhur diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurish yoki sport dasturlari va tadbirlari, ko‘rgazma va yarmarkalarga tashrif buyurish, kundalik va uy-ro‘zg‘or buyumlari, noyob mahsulotlar va suvenirlarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.