Hunarmandlar shahri
Qo‘qon Buyuk Ipak yo‘lidagi eng qadimiy shahar. Shahar hashamatli yodgorliklarga va ulug‘vor madrasalarga boy va bu ajablanarli emas, chunki Qo‘qon ilm-fan rivojlanishining markazi edi. Quyidagi diqqatga sazovor joylarni ko‘rishni unutmang:
✔️ Xudoyorxon saroyi,
✔️ Jomiy masjidi,
✔️ Modarixon maqbarasi,
✔️ Norbut-biya madrasasi,
✔️ Qo‘qon xonlarining maqbarasi
✔️ Dahma-i Shahan.
Qo‘qonning iqlimi barqaror issiq yoz va xuddi shunday barqaror sovuq qish bilan xarakterlanadi. Bu yerda ko‘p yog‘ingarchilik bo‘lmaydi va ularning aksariyati kuzda va bahorda yo‘gadi. Yozda kelganingizda, bosh kiyim va soyabonlarni unutmang, shuningdek ko‘p miqdorda suyuqlik iching.
Qo‘qonga sayohat qilganingizda, kattaroq chamadonni oling, chunki u O‘zbekiston hunarmandchiligining poytaxti! Bu yerda siz deyarli hamma narsani topishingiz mumkin! O‘ziga xos loydan tayyorlangan buyumlarni sotib olishni xohlaysizmi? Marhamat! Kulolchilik ustaxonalari sonining hisobi yo‘q. Yoki siz noyob so‘zana sotib olishni istaysizmi? Muammosiz! Shaharda qo‘shni shaharlarning hunarmandlari yasagan buyumlarni, masalan, Chust pichoqlarini yoki Farg‘onadagi mevalarni ham topishingiz mumkin.
Qo‘qonning oshxonasi butun O‘zbekistondagidek juda mazali va sergo‘sht. Qo‘qon palovi faqat devzira deb nomlangan guruchning maxsus navidan tayyorlanadi. Bu nav butun vodiy bo‘ylab ishlatiladi. Mazkur turdagi palov faqat sarimsoq va achchiq qalampir bilan tayyorlanadi va hech qanday holatda unga shirin masalliqlar qo‘shilmaydi. Palovning barcha turlaridan Qo‘qonda tayyorlanadigani hazm qilish uchun qiyin, shuning uchun o‘zingiz bilan fermentlarni olib borishni unutmang! Qo‘qon oshxonasining yana bir o‘ziga xos xususiyati bu patirlardir. Qo‘qonliklarning aytishicha, vodiyda qilingan barcha nonlarni Qo‘qonlik erkaklar tayyorlashadi. Qo‘qon xolvasini ham tatib ko‘rishni maslahat beramiz! U O‘zbekiston hududida tayyorlanadigan eng nozik va eng mazali holva. O‘zbek taomlari haqida ko‘proq maʼlumotni ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin.
Fotosuratlar har qanday sayohatning ajralmas qismi hisoblanadi! Ushbu bo‘limda sizni mazkur shaharning eng go‘zal joylari bilan tanishtiramiz.
P.S. O‘zbekistonning diniy diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishda ayollarga tananing ochiq joylarini (yelkalari, bel va oyoqlari) yopishlari tavsiya etilishini yodingizda saqlang. Bunday joylar tegishli shartli belgilar bilan alohida belgilangan. ☪️☦️✡️✝️
Qo‘qondagi fotosessiyalar uchun eng yaxshi joylardan biri bu Xudoyorxon saroyidir! Ushbu binoning g‘ayrioddiy meʼmorchiligini uzoq vaqt esizdan chiqarolmaysiz!
Siz nafaqat tashqarida, balki uning ichkarida ham surat olishingiz mumkin! Binoning ichida sizni haqiqiy saroy ziynatlari kutmoqda, shuning uchun kameralaringizni tayyor tuting.
Saroy hovlisida ham fotosuratlar uchun juda ko‘p qiziqarli joylarni topishingiz mumkin!
Qo‘qonni Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri deb aytish mumkin. Uning alohida shahar sifatida birinchi marta qayd etilishi uzoq X asrga borib taqaladi.
O‘shanda shahar «Xovakend» yoki «Xokand» deb nomlangan va u o‘z hududida juda katta savdo markazi bo‘lgan. Ammo bu shahar uzoq vaqt mavjud bo‘lmagan, XIII asrda unga hujum qilgan mo‘g‘ullar tomonidan shahar tamoman vayron qilingan. Bundan ilgari shahar Xitoyning Davan davlati tarkibiga kirgan. Muyi-Muborak, Eski Qo‘rg‘on va Tepako‘rg‘on yodgorliklari hududida olib borilgan qazilmalar jarayonida 2000 yil avval bunyod etilgan qadimiy binolar va kulolchilik buyumlari topilgan. Bu shahar ko‘p narsani boshidan kechirib, XVIII asrda o‘zining rivojlanish cho‘qqisiga chiqdi. Shu davrda shahar Qo‘qon xonligining poytaxti maqomini oldi.
Poytaxtga aylangan shahar rivojlanishning keyingi bosqichiga chiqib, 300 dan ortiq masjid faoliyat yuritgan diniy markazga aylandi. Hozir shahar hunarmandchilik markazi deb nomlanadi, chunki uning hududida ko‘plab hunarmandlar istiqomat qilib kelmoqda. Shuningdek, har ikki yilda bir marta Qo‘qonda “Xalqaro amaliy sanʼat festivali” bo‘lib o‘tadi.
Turistlar uchun mashhur yo'nalishlar
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun