O‘zbek Shveytsariyasi
Ajoyib landshaftlar va toza tog‘ havosi, flora va faunaning xilma-xilligi, qadimiy ziyoratgohlar va noyob milliy sihatgoh - bularning barchasi Zomin.
Mahalliy nabotot tufayli yozda bu ajoyib joyda havo harorati qo‘shni mintaqalarga qaraganda ancha past. Ammo shuni yodda tutingki, kunduzgi harorat kechki haroratdan keskin farq qiladi. Shuning uchun, eng issiq oyda ham siz o‘zingiz bilan issiq kiyim olishni unutmang! Bu yerdagi qish O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi qishdan juda farq qiladi. Qishda kuchli yog‘ingarchilik, haroratning juda tez o‘zgarishi va o‘ta manfiy haroratlar sizni kutmoqda, ammo siz bu yerda ko‘radigan go‘zallik bunga arziydi!
Zomin hududida esdalik sovg‘alari orasida asosan mahalliy diqqatga sazovor joylarning tasviri bilan magnitlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, mahalliy hunarmandlar yog‘och va loydan tayyorlangan hunarmandchilik buyumlari bilan sizni hayratda qoldirishga tayyor. Asosan bu sirli qulfli o‘yma sandiqchalar, dekorativ laganlar va boshqa ko‘plab qiziqarli narsalar. Kulollar sizni noyob mahalliy naqshlar bilan bo‘yalgan idish-tovoqlar bilan xursand qilishadi.
Mintaqa gastronomiyasining o‘ziga xos belgisi bu go‘shtdan boshqa narsa emas! Asosiy ovqatlarga tandir kabob, jiz va albatta Jizzax somsa kiradi. Tandir kabob – ko‘chmanchilar ixtiro qilgan taom. Doimiy ravishda safarda bo‘lganliklari sababli, ular yo‘lda pishirishni qulaylashtirish uchun yangidan-yangi usullarni o‘ylab topishga harakat qilishgan, go‘shtni olovda pishirishdan soddaroq usul bo‘lishi mumkinmi? Buning uchun oshpazlar chuqurligi 70 sm atrofida bo‘lgan o‘ra qazib, uning ichiga o‘tin qalab, shundan so‘ng go‘shtni osishgan. Go‘sht bilan bir qatorda o‘raga archa novdalari solinadi, aynan o‘sha betakror taʼmni berish uchun u go‘shtning o‘ziga ham ishqalanadi. Jiz tansiq taom hisoblanadi, hozirda esa uni har bir shaharda uchratish mumkin, lekin uning nomidan ko‘rinib turganidek uni Jizzax viloyatida ixtiro qilishgan. Jizz noodatiy tarzda tayyorlanadi, qo‘y go‘shti avval qaynatiladi, so‘ngra o‘z yog‘ida qovuriladi, bu unga o‘ziga xos taʼm beradi. Ammo mintaqaning asosiy taomi doimo somsa bo‘lib kelgan. Somsa tayyorlashning mahalliy usuli butun O‘zbekiston bo‘ylab mashhur, ammo, afsuski, aksariyat taomlardan farqli o‘laroq, uni faqat Jizzax viloyatida topishingiz mumkin. Jizzax somsa mamlakatdagi boshqa turdagi somsalarga nisbatan juda katta, ammo uni ham xuddi boshqalari singari og‘zi tik tandirda pishiradilar. Nima sababdan tandirda ichidagi masalliqlarning og‘irligi hisobiga u pastga tushib ketmaydi, deb so‘rarsiz? Bu ham buterbrod yerga tushsa doim sariyog‘li tomoni bilan tushishi kabi sirli holatlar qatoridagi sinoat bo‘lsa kerak. O‘zbek taomlari haqida ko‘proq maʼlumotni ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin.
Fotosuratlar har qanday sayohatning ajralmas qismi hisoblanadi! Ushbu bo‘limda sizni mazkur shaharning eng go‘zal joylari bilan tanishtiramiz.
P.S. O‘zbekistonning diniy diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishda ayollarga tananing ochiq joylarini (yelkalari, bel va oyoqlari) yopishlari tavsiya etilishini yodingizda saqlang. Bunday joylar tegishli shartli belgilar bilan alohida belgilangan. ☪️☦️✡️✝️
O‘tovli istiqomatgoh – bu o‘zingizni ibtidoiy odamlar kabi his qilish uchun eng yaxshi joy. Yarim tunda qadar gulxan atrofida o‘tirib, qo‘shiqlar kuylashingiz va go‘zal tungi osmondan zavqlanishingiz mumkin!
? Daryo bo‘yida sayr qilish nafaqat salomatlikni yaxshilaydi, balki sayringizni rasmga olish istagini uyg‘otadi, chunki siz bu joyning go‘zalligini abadiy eslab qolishni istab qolasiz!
? Zomin milliy parkidagi «Boboyong‘oq» yoshi 700 yil atrofida bo‘lgan yong‘oq daraxti bilan mashhur.
Zomin – tabiatga sayohatni yaxshi ko‘radiganlar uchun juda qiziqarli joy. Ushbu kichik shahar jizzax viloyati tog‘li tumanining markazi hisoblanadi.Ishoning, siz tabiatga sayohat qilish uchun yaxshiroq joy topolmaysiz! Bu yerning tabiiy go‘zalligi sizni befarq qoldirmaydi. Tog‘ havosi shunchalik toza va shaffof , baʼzida ko‘nikmaganlik-dan bosh ham aylanadi.
Turli xil gullar va o‘tlarning xushbo‘y hidi sizni safar davomida tark etmaydi, muattar islar esa, shu qadar tez-tez almashadiki, ushbu ajoyib hidlarning barcha jihatidan zavq olishga ulgurmay qolasiz. Ammo betakror bo‘lgan barcha tabiiy go‘zalliklardan tashqari, ushbu hudud o‘zining qadimiy tarixi bilan ham mashhur. Bu yerda siz turli davrlardagi qalʼalar va yodgorliklarning xarobalarini uchratishingiz mumkin. Biroq 1960 yilda bu yerning noyob tabiatini saqlab qolish uchun tashkil etilgan qo‘riqxona – eng asosiy diqqatga sazovor joy hisoblanadi. Ushbu bog‘ning maydoni 10,5 gektarga etadi va uning katta qismi o‘rmondan iborat.
Shuningdek, qo‘riqxonada tog‘ tizmalari, qirlar va adirlarni topishingiz mumkin. Tog‘ tizmasining eng baland qismi – balandligi 4000 metrdan ortiq bo‘lgan Shavkartog‘ tog‘i. Ushbu qo‘riqxonaning diqqatga sazovor joylari orasida «Boboyong‘oq» – hisob-kitoblarga ko‘ra taxminan 700 yoshli yong‘oq daraxti alohida ajralib turadi. Uning balandligi 20 metrga, diametri esa deyarli 3 metrga etadi. Qo‘riqxonadan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, qishloqda juda qiziq bir g‘or topilgan. Arxeologlar uning ichidan ibtidoiy odamlarning mehnat qurollarini topishgan, g‘or devorlari esa rasmlar bilan bezatilgan. Qo‘riqxona hududida sanatoriy “Zomin” va boshqa bir qator pansionatlar va bolalar lagerlari joylashgan.
Turistlar uchun mashhur yo'nalishlar
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun