Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Andijon viloyatining Buston hududi turistik salohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida yangi turistik xarita ishlab chiqildi

33

Andijon viloyatining Buston hududini mahalliy va xorijiy sayyohlar orasida keng targ‘ib etish maqsadida yangi turistik xarita tayyorlandi.

Mazkur xaritada hududning turistik salohiyati, tabiiy manzaralari, dam olish maskanlari va sayyohlar uchun qiziqarli bo‘lgan obyektlar haqida ma’lumotlar jamlangan. Shuningdek, xarita sayohatchilar uchun qulay navigatsiya vositasi bo‘lib xizmat qiladi hamda hududning diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Loyiha doirasida Bustonning o‘ziga xos tabiati, musaffo havosi, osoyishta muhiti va ekologik turizm imkoniyatlarini aks ettiruvchi matnli va vizual kontentlar ishlab chiqildi. Turistik xarita hududning mavjud turizm resurslarini ommalashtirish, yangi sayyohlik yo‘nalishlarini shakllantirish hamda tashrif buyuruvchilar uchun zarur axborotlarni taqdim etishga xizmat qiladi.

Ushbu tashabbus Andijon viloyatining turistik jozibadorligini oshirish, hududlarga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini ko‘paytirish va ichki hamda kirish turizmini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi amaliy loyihalardan biri hisoblanadi.

Yangi turistik xarita kelgusida ommaviy axborot vositalari, raqamli platformalar va turizmga oid axborot resurslari orqali keng targ‘ib qilinishi rejalashtirilgan.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar