Buxoro viloyatidagi Vobkent minorasi

312

Buxoro viloyatining shu nomli shahrida joylashgan Vobkent minorasi Kalon minorasining kichraytirilgan nusxasi hisoblanadi. Minoraning balandligi 40,3 m.ni tashkil qiladi. Vobkent minorasi XII asrda Qoraxoniylar davrida qurilgan. Minoraga yaqinlashsangiz, kamarlardan birida shu binoni hijriy 595-yilda qurdirgan Qoraxoniylarning Buxorodagi noibi Sadr Burhoniddin Abdulaziz II sharafiga yozilgan kufiy yozuvidagi bitikni ko‘rishingiz mumkin. 

Turli davrlarda minora turli vazifalarni bajargan. U birinchi navbatda musulmonlarni namozga chaqirish uchun xizmat qilgan, shuningdek, fuqarolarni maydonga muhim farmon va qarorlarni eshitish uchun chaqirish maqsadida kuzatuv va xabar minorasi vazifasini o‘tagan. 

Bugungi kunda Vobkent minorasi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishga nomzodlardan biri hisoblanadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring