Foto va Video

CHODAK TABIATINING SEHRI

1415

Yurtimizda shunday so‘lim tabiatli joylar borki u yerlarda yashayotgan odamlarga havasing keladi. Namangan viloyatining Pop tumanidagi Chodak qishlog‘iga seminar bahona qadam ranjida qildik. Mashinadan tushganimizdanoq havoning tozaligini his qildik. To‘yib-to‘yib nafas oldik. Shundoq yonginamizda toshdan-toshga urilib sharqirab soy oqyapti. Atrofda bulbullar xonish qilyapti. Gullagan daraxtlar o‘zidan ajoyib ifor taratayapti.
Namangan viloyati Pop ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi va Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani “Mehrigiyo” xususiy korxonasida “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish tayyorlash va birlamchi qayta ishlash, klasterlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda sohaga yoshlarni jalb etish” borasida ko‘rgazmali amaliy seminarda asosiy eʼtibor dorivor giyohlarni yana-da ko‘paytirishga qaratildi. Seminarda so‘zlaganlar ham hamma viloyatlarda tabiatdagi dorivor giyohlarni ekib ko‘paytirishni, so‘ngra uni yig‘ib olib
sifatli quritishni, jahon standartlariga javob beradigan qilib qadoqlab sotishni yo‘lga qo‘yishni taʼkidlashdi.
— Pop o‘rmon xo‘jaligida ham giyohlar ekilib, ko‘paytirilib, ishlab chiqaruvchi firmalar bilan shartnoma tuzilib, yetkazib beriladi, — deydi dorishunos Abdurashid Xudoyberganov.
Chodakda ham shifobaxsh bo‘lgan lavanda ekilgani, undan efir moyi olinayotganini guvohi bo‘ldik.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi Pop tumani,Chodak qishlog‘ida “Tog‘ lavandasi” MCHJ rahbari O‘tkirjon Ismoilovning aytishicha 1 tonna lavandadan 2 litr yog‘ olinarkan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring