Foto va Video

Chust do‘ppilari: bosh kiyimning 8 xususiyati

2930

O‘zbeklar azaldan o‘zlarining boy madaniyati bilan atrofdagilarni hayratga sola bilganlar. Bu barcha sohada, jumladan xalqimizning pazandalik san’atida, turar joylari jihozlanishida, xalq anʼanalarida va albatta, liboslarida namoyon bo‘lgan. Milliy liboslar va bosh kiyimlar kundalik hayotning ajralmas qismiga aylangan. Ayniqsa o‘zbek do‘ppisini aytmaysizmi! Zero, bu shunchaki milliy bosh kiyim emas, bu muqaddas timsol, o‘zbek madaniyatining bir bo‘lagi, o‘z egasi haqida gapira oladigan bosh kiyimidir.
“Do‘ppi” (“tyubeteyka”) so‘zi turkiy “tube” so‘zidan dan olingan bo‘lib, “cho‘qqi” degan maʼnoni anglatadi. Do‘ppini deyarli hamma, yoshu-qari, erkaklar, ayollar, keksalar, qizlar, o‘g‘il bolalar va hatto chaqaloqlar kiyishadi. Faqat keksa ayollargina do‘ppi kiymaydilar. O‘zbekistonning har bir hududi o‘ziga xos do‘ppisi bilan ajralib turadi.Quyidagilar do‘ppilarning eng mashhur turlaridandir:

• Buxoroning zarrin naqshli do‘ppisi –tasmaga tilla va kumush iplar bilan tikilgan naqshlar egasining yuksak mavqeidan dalolat beradi.

• Andijon (ayollar) do‘ppisi - do‘ppi zich oq asosda, xoch usulida tikiladi. Ularda ko‘pincha meva va ramziy belgilar tasvirlanadi.

• Toshkent (ayollar) do‘ppisi - ko‘zdan himoya sifatida yorqin qush patlari bilan bezatiladi. Ular to‘q qizil, to‘q yashil yoki to‘q ko‘k rangli matolardan tayyorlangan bo‘lib, och rangli munchoqlar bilan bezatiladi.

• Shahrisabz (erkaklar) do‘ppisi - “Iroqi” yoki “Iroq” do‘ppisi. O‘simlik ornamenti tushirilgan yorqin do‘ppi tabiatning go‘zalligi va saxovatini anglatadi.

• Boysun (erkaklar) do‘ppisi – ranglarning noodatiy uyg‘unligidagi do‘ppi. Har bir rangning o‘ziga xos ilohiy maʼnosi bor, masalan, xantal-sariq rang – paxta gulini, oq rang - paxtaning o‘zini ifodalaydi.

• Qoraqalpoq (erkaklar) do‘ppisi – xalq orasida “malika tupugi” deb ataluvchi dumaloq shakldagi do‘ppi.Do‘ppi ishlab chiqarishda har bir usta unga ilohiy maʼno beradi. Naqshlar, rang, shakl alohida maʼnoga ega. O‘zbek do‘ppilari kolleksiyasida Chust erkaklar do‘ppisi faxrli o‘rinni egallaydi. Har bir tartibli o‘zbekning garderobida shunday bosh kiyimi bo‘lishi shart. Bunday do‘ppilarning vatani Farg‘ona vodiysidagi Chust shahridir. Aynan o‘sha yerda do‘ppi tikish sirlari avloddan–avlodga o‘tib keladi, do‘ppido‘zlar butun oilalari bilan do‘ppi tayyorlaydilar.Chust do‘ppilari o‘zlarining ilohiy ma‘noga ega alohida belgilari bilan ajralib turadilar.

Bu do‘ppilar to‘q rangda bo‘lib, ushbu rang koinot va zulmatning timsolidir. Do‘ppidagi timsollar oq iplarda tikilib, bu rang quyosh va musaffolik belgisidir.

• Do‘ppi to‘rt tomonga ajratilgan bo‘lib, to‘rt tomondan yovuzlikdan himoya timsolidir

• Do‘ppi atrofida o‘n oltita arka tasviri bor. Har bir arka hayot va o‘lim almashinuvini ifodalaydi. Ya‘ni, har bir hayot o‘lim bilan tugaydi, o‘limdan so‘ng esa, yangi hayot boshlanadi. Bundan tashqari, ushbu ko‘rinish boylik va yashovchanlikni va‘da qiladi.

• Arka ichida, orada joylashgan qo‘y shoxlari rasmi kuch-qudrat va jasorat timsolidir.Chust do‘ppilarini taxlangan holda saqlash qulay bo‘lib, har bir qismi o‘z nomiga ega – tepa, kizak, jiyak.

O‘zbekistonda Cust do‘ppilari bilan qatorda Marg‘ilon do‘ppilari ham keng tarqalgan. Ular oq bezakli qora rangda bo‘lib, Chust do‘ppilaridan bodom guli va shakli biroz boshqachaligi bilan farq qiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring