Foto va Video

Toshkentda Germaniya va O‘zbekiston turizm yo‘nalishi tadbirkorlari uchun “Destination Forum” anjumani o‘tkaziladi

08.05.2023 493

Toshkent shahrida Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan hamda Germaniya turistik assotsiatsiyasi (Deutscher Reiseverband e.V. – DRV) bilan hamkorlikda Germaniya va O‘zbekiston turizm sohasi vakillari uchun “Destination forum” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Germaniyaning yirik turkompaniyalari yordamida O‘zbekistonning turizm imkoniyatlarini G‘arbiy Yevropa bo‘ylab targ‘ib qilish va ushbu qitʼadan yurtimizga keluvchi turistlar sonini ko‘paytirish maqsadida joriy yilning 10-17 may kunlari Germaniyaning 80 nafar turistik operatorlarining O‘zbekistonga tashrifi tashkil etilmoqda.

DRV - Germaniyaning turizm sohasidagi yetakchi assotsiatsiya bo‘lib, u mamlakat turizm bozorining umumiy daromadining qariyb 90 foizini o‘zida jam qiladigan turizm yo‘nalishidagi barcha tashkilotlarni qamrab oladi.

Sayohat davomida germaniyalik turoperatorlarni so‘nggi yillarda turizm sohasida olib borilgan islohotlar va yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirib, ular uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari, madaniy meros obyektlari, turizm qishloqlari va oilaviy mehmon uylari bo‘ylab info-turlar tashkil etiladi.

Sayohat yakunida, joriy yilning 16-may kuni germaniyalik va o‘zbekistonlik turizm yo‘nalishi tadbirkorlari ishtirokida “Destination Forum” anjumani va B2B uchrashuvlar tashkil etiladi.

“Destination Forum” davomida Germaniyaning eng yirik sayyohlik agentliklari va turoperatorlariga yevropaliklar uchun O‘zbekistonni ustuvor sayyohlik yo‘nalishi sifatida tanishtirishga qaratilgan taqdimotlar o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan mahalliy turistik tashkilotlar va turoperatorlarni 2023-yil 16-may kuni soat 09:30da “Intercontinental Tashkent” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan Germaniyaning yirik turizm kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “Destination Forum” anjumanida ishtirok etishga taklif etamiz.

Joylar soni cheklanganligini inobatga olib, har bir turistik kompaniyadan 1 nafar mas’ulning ishtirok etishi taklif etiladi (ishtirok uchun so‘rovnoma ilova qilinadi).

Aloqa uchun: Marketing, yangi xizmat turlarini joriy qilish va targ‘ibot boshqarmasi bosh mutaxassisi T.Shamsimatov (+99897 401-19-90), аrizalarni ushbu marketingandpr@motach.uz elektron pochtaga yuborishingizni so‘raymiz

Manbaa

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing