1. Rus drama teatri - O‘zbekistondagi eng qadimgi teatrlardan biri bo‘lib, Toshkentning markazida joylashgan. 1934-yilda ochilgan teatrning asoschilari Vasiliy Chirkin va Mixail Vulkonskiydir. 1967-yilda teatrga “Akademik” maqomi berildi.

Teatr O‘zbekiston hududida rus va Yevropa adabiyotining saqlanishi va tarqalishida muhim rol o‘ynaydi. Turli yillarda bu yerda A.N. Tolstoy, N.V. Gogol, A.S. Pushkin, B. Shou, U. Shekspir kabi xorijiy dramaturglarning spektakllari qo‘yilgan. O‘zbek yozuvchilaridan Hamza, A. Qahhor, A. Navoiy, T. Zulfiqorov va boshqalarning spektakllari namoyish etildi.
2. O‘zbek milliy drama teatri O‘zbekistondagi eng qadimgi professional teatrlardan biridir. U 1914-yilda poytaxtda tashkil etilgan. 2001-yilda bino rekonstruksiya qilindi va 2014-yilda teatr 100 yilligini dabdabali tarzda nishonladi. Uning repertuarida o‘zbek tilidagi qiziqarli sahna asarlari, O‘zbekiston mehmonlari uchun esa mamlakatimiz an’ana va urf-odatlarini namoyish etuvchi ajoyib musiqa va raqs tomoshalari namoyish etilmoqda.

3. Mark Vaylning “Ilhom” teatri
Dastlabki nodavlat teatrlardan biri bo‘lgan “Ilhom” teatri 1976-yilda rejissyor Mark Vayl hamda Toshkent teatr va rassomlik instituti bitiruvchilari guruhi tomonidan tashkil etilgan. Teatr boshidanoq erkin improvizatsiyalanuvchi, bir-birini yaxshi his qiladigan va tushunadigan solistlardan tashkil topgan ansambl sifatida shakllangan.

Teatr o‘zining ko‘p yillik tarixi davomida o‘z tomoshabinlariga ko‘p narsalarni aytishga muvaffaq bo‘ldi: so‘zsiz spektakllar, klassikani zamonaviy o‘qish, provokatsion-yorqin sahnalashtirishlar – “Ilhom” spektakllaridan taassurot har doim ham bir xil emas - to‘liq hayrat va rad etishdan zavqgacha.
“Ilhom”ning zamonaviy repertuari xilma-xilligi bilan ajralib turadi - jahon klassik asarlaridan tortib, dunyoning barcha mamlakatlaridan kelgan yosh mualliflarning asarlari, ularning aksariyati birinchi marta ushbu teatrda tomoshabinlar hukmiga havola etilgan.
Izoh