Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Gavhar Ablizova

199

Gavhar Ablizova 1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan bo‘lib, hunarni onasidan meros qilib olgan. Milliy tikuvchilikka bo‘lgan iqtidori va ishtiyoqi bolalikdan onasi, milliy tikuvchilik sohasida taniqli hunarmand Gulnora Rashidova ta’sirida shakllangan iste’dodli hunarmand. 14 yoshida u onasiga shogird tushib, hunarmandchilik olamiga sayohatini boshladi. Mukammallikka intilish, tikuvchilik san’atiga bo‘lgan mehrmuhabbat uni 1994-yilda milliy va dekorativ kashtachilik yo‘nalish idagi o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlab, imtiyozli diplom olishiga sabab bo‘ldi. Gavhar Ablizova shu bilan to‘xtab qolmay, 1995-yilda poytaxtimizdagi mashhur o‘quv markazida o‘qishni davom ettirdi. Hunarmand ayol ko‘p yillar davomida to‘qimachilik va milliy kiyimkechak ishlab chiqarish yo‘nalishida mehnat qilib, o‘z kasb mahoratini kamolga yetkazish va kengaytirishga intildi. Uning hunarga bo‘lgan ishtiyoqi shu qadar kuchli ediki, haqiqiy professional bo‘lishga qaror qildi va o‘z faoliyatini Turkiyada davom ettirdi. 2015-yildan 2017-yilgacha Gavhar Ablizova Turkiyaning “LiVA BERA MODA” modalar uyida ishladi va u yerda turli murakkablikdagi to‘y liboslarini tikish bo‘yicha bilimini chuqurlashtirdi. Bugungi kunda hunarmand Toshkent shahrining Olmazor tumanida mustaqil ravishda o‘z brendini boshqarib, mijozlarning xohishistaklaridan kelib chiqqan holda, turli dizayndagi milliy liboslar va to‘y liboslarini yaratmoqda. Mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan mahoratli tikuvchi endi o‘zining durdona asarlari bilan qizlarni hayratda qoldiradi.

Tikuvchining mijozlar doirasi juda keng, unga nafaqat poytaxtlik qizlar, balki boshqa viloyatlardan kelgan yosh qizlar ham yo‘l uzoq bo‘lishiga qaramay, unga o‘z liboslarini tiktirish uchun buyrtma beradilar. Qat’iyatli Gavhar Ablizova jahon moda arenasini zabt etish uchun o‘z ustida ishlashda va moda sohasida yangi yo‘nalishlarni o‘rganishda davom etmoqda. Hunarmandning asosiy maqsadi yosh qizlarning milliy tikuvchilik va kashtachilik an’analarini davom ettirishi uchun ularni hunarmandchilikka qiziqtirish va kasb sirlarini o‘rgatishdir.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring