Foto va Video

O‘zbekistonning turistik salohiyati “IFTM Top Resa 2023” xalqaro turistik ko‘rgazmasida namoyish etildi

06.10.2023 335

Joriy yilning 3-5-oktabr kunlari Fransiya Respublikasining Parij shahrida boʻlib oʻtgan IFTM Top Resa 2023 xalqaro turistik koʻrgazmasida Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Milliy PR-markazi, mahalliy turistik kompaniyalar va “Uzbekistan airways” milliy aviakompaniyasi ishtirok etdilar.

Kompaniyalar o‘z xizmatlarini yagona “O‘zbekiston” stendida namoyish etdilar shuningdek, Yevropadan O‘zbekistonga kelish istagida bo‘lgan turistlar sonini ko‘paytirish maqsadida ko‘rgazmaga tashrif buyurgan turistlarga yangi turistik yo‘nalishlar va mavjud turistik salohiyat haqida so‘zlab berildi.

Hozirda yevropa davlatlari fuqarolarining yurtimizga turistik safarlari oshganligi va ularning oqimini yanada ko‘paytirish maqsadida tashrif buyurganlarga mamlakatimiz bo‘ylab yuzdan ortiq yangi turistik marshrutlar va yo‘nalishlar taqdim etildi.

Ma’lumot uchun: IFTM Top Resa turizm va sayohat ko‘rgazmasida 200 dan oshiq turistik yo‘nalish bo‘yicha 1700 dan ortiq bo‘lgan tashkilotlar, 34 000 ga yaqin turizm sohasi mutaxassislari 150 ta tashkil etilgan sessiya konferensiyalarida ishtirok etadilar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing