Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida yirik konsert zallari mavjud bo‘lib, ularda xorijiy va o‘zbek estrada yulduzlari, simfonik va milliy orkestrlar, milliy-folklor ansambllari turli xil konsertlar o‘tkazadilar.
Ularning eng mashhurlaridan “Istiqlol”, “Turkiston”, “Zarafshon” konsert zallari, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi zali, Xalqaro forumlar saroyi va boshqalarni sanab o‘tish mumkin.

Ko‘plab konsertlar va tomoshalar mamlakatning sayyohlik markazlaridagi ochiq maydonlarda festivallar va madaniy-ommaviy tadbirlar davomida o‘tkaziladi. Masalan, Xivadagi “Ichanqal’a” davlat qo‘riqxonasi va “Ulli hovli” majmuasida, Shahrisabz tarixiy majmuasida, Samarqanddagi “Registon” maydonida, Toshkentning markaziy ko‘chalarida va hokazo.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
Izoh