Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Malayziya OAV Buxoro viloyatining turizm salohiyati haqida yozmoqda

474

Malayziyaning yetakchi "The Sun" gazetasida Buxoro viloyatining turizm salohiyatiga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi

"Ko'hna Buxoro shahri 2500 yildan ortiq tarixga ega. Buxoro qadimdan savdo, madaniyat va ilm-fan markazi bo'lib xizmat qilgan. Shuningdek, ushbu kent qadimiy Ipak yo'lidagi savdogarlar uchun ham muhim diqqatga sazovor joy bo'lgan", deyiladi maqolada.

Samarqanddan tezyurar poyezdda ushbu shaharga ikki soatda yetib olishingiz mumkin, deb ma'lum qilingan muallif. Shahar muhiti sokin Samarqanddan butunlay farq qiladi, chunki uning o'rta asrlardagi shahar manzarasi go'yo vaqt to'xtab qolgandek tuyg'uni uyg'otadi. Buxoro 1993-yilda YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.

"Buxorodagi eng ko'zga ko'ringan inshoot – bu so'zsiz Ark qal'asidir. Ark o'zining noyob dizayni, mustahkam devorlari va minoralari bilan mashhur. Jomiy masjidi ham qadimiy Ark qal'asi hududida joylashgan. Masjid 18-asr boshlarida amir Subxonqulixon davrida qurilgan", – deb xabar qilingan materialda.

Ta'kidlanganidek, Ark bir necha bor vayron qilingan va keyin qayta qurilgan. "Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Ark bir necha marta vayron bo'lib, yana qaytadan tiklangan. U haqdagi ilk ma'lumotlar Abu Bakr Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarida uchraydi. "Buxoro hukmdori Buxorxudot Bidun ushbu qal'ani qurdiradi, ammo u tez orada vayron bo'ladi. Shunda Buxorxudot donishmandlarni chaqirib, ulardan maslahat so'raydi, ular esa qal'ani Katta ayiq yulduzlari turkumini eslatuvchi yetti ustun ustida qurish kerakligini aytishadi. Hukmdor shunday yo'l tutadi va Ark mustahkam bo'ladi", – deb yozilgan maqolada.

YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan yana bir qadimiy majmua – bu Poi Kalon me'moriy ansamblidir. Majmua ikki madrasa – Mir-Arab va Amir-Olimxon, Kalon minorasi va shu nomdagi masjiddan iborat.

Maqolada, shuningdek, mazkur qadim shahardagi "Labi hovuz" majmuasi haqidagi ma'lumotlar ham o'quvchilar e'tiboriga havola qilingan.

Manba: "Dunyo" AA

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring