Markaziy Osiyo 2020-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi mintaqalar reytingida

1380

Lonely Planet sayyohlik nashri 2020-yildagi sayohat qilish uchun Best in Travel eng yaxshi joylar reytingini tuzib, uni 4 toifaga – mintaqalar, mamlakatlar, shaharlar va manfaatli takliflarga ajratdi.

Birinchi toifada nashr o‘z o'quvchilariga birinchi navbatda Buyuk Ipak yo‘lidagi Markaziy Osiyo mintaqasiga, xususan, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonga borishni tavsiya etadi.


Mamlakatlar bo‘yicha Butan Qirolligi, shaharlar bo‘yicha esa  Zalsburg birinchi o‘rinni egallagan.

Nashrning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining tarixiy shaharlari, gavjum bozorlari va betakror manzaralari tufayli xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida turadi. Ushbu hududdan o‘tgan afsonaviy Buyuk Ipak yo‘li har yili ko‘proq sarguzashtlar va yangi yo‘nalishlar ixlosmandlarini o‘ziga jalb qilmoqda.

Nashriyot, shuningdek, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston dunyoning ko‘plab mamlakatlari uchun vizasiz rejim joriy etgani yoki soddalashtirganiga e’tiborni qaratgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring