Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

“Milliy PR-markazi” DM va “Diplomatik servis xizmati” DM o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

13.06.2026 12

O‘zbekistonning turizm salohiyatini yanada kengroq targ‘ibqilish, xorijdagi ijobiy qiyofasini mustahkamlash, shuningdek, turizm sohasidagi xalqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida 2026-yil 22-may kuni “Diplomatik servis xizmati” DM binosida“Milliy PR-markazi” DM va “Diplomatik servis xizmati” DM o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Ushbu Memorandumning imzolanishi O‘zbekiston RespublikasiPrezidentining 2025-yil 15-maydagi “2025–2026-yillarda turistlar oqimini tubdanoshirish va turizm xizmatlari hajmini jadal kengaytirish orqaliturizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoni hamda VazirlarMahkamasining 2025-yil 19-oktyabrdagi “O‘zbekistonRespublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizmsohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-348-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishgaqaratilgandir.

Memorandum turizm sohasidagi idoralararo hamkorlikningquyidagi jihatlarini qamrab oladi:

Birinchi yo‘nalish – O‘zbekistonning turizm salohiyatinixorijdagi diplomatik vakolatxonalar orqali, jumladan, taqdimotlar, mavzuli PR-tadbirlar va promo-kampaniyalaryordamida targ‘ib qilish.

Ikkinchi yo‘nalish – diplomatik vakolatxonalar orqali xorijiyturoperatorlar va sayyohlik agentliklari bilan hamkorlikaloqalarini o‘rnatish, B2B-muzokaralar, biznes-forumlar vahamkorlik shartnomalarini imzolashni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekistonning turizm yo‘nalishlari haqidagimediakontentni yaratish va keng auditoriyaga yetkazishnita’minlash.

Uchinchi yo‘nalish – xalqaro turizm yarmarkalarida birgalikdaishtirok etish va xorijda “O‘zbekiston turizm kunlari” kabimajmuaviy formatdagi tadbirlarni tashkil etish.

Yaqin davrda qo‘shma loyhalarni amaliyotga joriy etish “MilliyPR-markazi” DM ishtirokidagi yirik forumlarga, masalan, “Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi – TXTY-2026”ga xorijiykompaniyalar, spikerlar va ekspertlarni jalb qilish, ushbutadbirlardagi xorijiy delegatsiyalarga viza-protokol xizmatlariniko‘rsatish, Tashqi ishlar vazirligi yo‘nalishi bo‘yicha xorijiydelegatsiyalar tashriflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazamalmashib borish, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan va turizmsalohiyatiga ega bo‘lgan yirik tadbirlarda ishtirok etish uchunxorijiy OAVni akkreditatsiyadan o‘tkazish, shuningdek, muhimtadbirlarni birgalikda axborot jihatdan targ‘ib qilish va ko-brendingni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun: “Diplomatik servis xizmati” DM (Dipservisxizmati) – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligihuzuridagi davlat muassasasi bo‘lib, mamlakatdagi diplomatikvakolatxonalar, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlarfaoliyati uchun qulay sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi. Korxona diplomatik missiyalarni joylashtirish va ularga xizmatko‘rsatish, viza va bojxona masalalarida ko‘maklashish, transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, mahalliy xodimlarniishga joylashtirishda yordam berish, transport va servisxizmatlarini tashkil etish, shuningdek, xalqaro tadbirlar varasmiy tashriflarga hamrohlik qilish kabi keng ko‘lamlixizmatlarni taqdim etadi.

“Milliy PR-markazi” DM – O‘zbekiston Respublikasi Turizmqo‘mitasi huzuridagi davlat muassasasi bo‘lib, O‘zbekistonningturizm brendini xalqaro va ichki bozorlarda targ‘ib qilishmaqsadida 2018-yilda tashkil etilgan. Markazning asosiyvazifasi mamlakatning turistik, madaniy, tabiiy vainvestitsiyaviy salohiyatini ommalashtirish, shuningdek, O‘zbekistonning sayohat va xalqaro hamkorlik uchun jozibadoryo‘nalish sifatidagi zamonaviy qiyofasini shakllantirishdaniborat.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar