Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Navro‘zda Toshkent va Buxoro o‘rtasida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari yo‘lga qo‘yiladi

88

Navro‘z bayrami munosabati bilan “Temiryo‘lekspress” AJ Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdlarini yo‘lga qo‘ymoqda. Poyezdlar 19, 23 va 24-mart kunlari qatnovni amalga oshiradi.

Qo‘shimcha qatnovlar bayram kunlari yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilmoqda. Poyezdlar Toshkent markaziy vokzalidan soat 06:10 da (778-sonli poyezd) va Buxoro vokzalidan soat 18:08 da (777-sonli poyezd) jo‘naydi.

Chiptalarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning rasmiy sayti, mobil ilovasi hamda temiryo‘l kassalarida xarid qilish mumkin.

Yo‘lovchilarga bayram kunlarini qulay va maroqli o‘tkazish uchun sayohatlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar