TXTY-2022

“Navzo‘z” etnografik parki

639

O‘zbekistonni 30 daqiqa ichida ko‘rish mumkinligini tasavvur qila olasizm?
Qiziqarli mavzulashtirilgan “Navro‘z” parki hafta davomida ertayu kech dam olish kunlarida ham mehmonlar e’tiborini tortmoqda. Kun davomida ko‘zni qamashtiruvchi oq rangdagi “Anxor yulduzi” nomini olgan charxpalak uzoqdan ko‘rinib turadi, O‘zbekistondagi eng baland charxpalak hisoblanib uning balandligi 72 metrni tashkil etadi. Tungi vaqtda undan LED yoritgichlari orqali taralayotgan kamalaksimon yorug‘lik mehmonlarni o‘ziga jalb qilmoqda va ularning kayfiyatlariga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlamoqda.“Navro‘z” parkida 88 metrlik cheksizlik shaklidagi birinchi spiral ko‘prik hamda O‘zbekistonni barcha qadimiy qadamjolarining kichik ko‘rinishdagi nusxalari yig‘ilgan shaharni ko‘rish mumkin. So‘z o‘rnida Toshkentning marzakazida joylashgan 2,5 gektarga teng ushbu park sizni o‘zgacha ko‘rinishi va mavzulashtirilgan ob’ektlari bilan quvontiradi.
Park bo‘ylab sayr qilish jarayonida siz gularzordan, yam-yashil maysalar oralab sayr davomida ularning yorqin nafis gul iforlari bilan rohatlanishingiz va maysalarga o‘rnatilgan qiziqarli qushlar shakllarini tomosha qilishigiz mumkin. O‘zbekiston bo‘ylab kichik sayohat o‘tkazishingiz ham mumkin, yo‘lni topishingizda esa sizga mahsus yo‘naltirgichlar yordam beradi. Park miniatyurasida Registon maydoni, Ark qal’asi, Oq-Saroy arki ustunlari va tengsiz Xudoyorxon saroyi joylashgan.
“Navro‘z” parkining markazi bo‘lib gul shaklidagi sahna hisoblanadi. O‘zbekiston xaritasi tasviri marmar toshlar ustiga tushurilgan holatda tasvirlangan bo‘lib uning atrofida doira ko‘rinishida favvoralar joylashtirilgan. Ushbu park, bahor faslining “Navro‘z” bayrami sharafiga o‘z nomini oldi, ammo parkning maqsadi poytaxtning eng go‘zal joylaridan birida bir marotaba Navro‘z bayramini nishonlash emas, balki yil bo'yi dam olish maskani sifatida faoliyat yuritishdir.
Etnografik shaharda vaqt o‘tganini sezmay ham qolasiz. Bu qadimiy O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatini o‘rganish uchun qulay sharoitdir. Loyli devorlar, chayxon va teraslardan o‘tayotib, o'ziga xos me’morchilik, o‘yma naqshli anjomlar, javonlarga qo‘yilgan xalq amaliy san’atining ajoyib mahsulotlari bilan tanishasiz, bularning barchasi O'zbekistonning rang-barangligini ajratib turadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi miniatyurasi hududiga kirib, ko‘cha va uy-joylarning aniq nusxalarini ko‘rasiz. Ichki bezak sizni haqiqiy o‘tmishga olib boradi, uylarning devorlari suratlar galereyasi kabi bezatilgan.
Bundan tashqari, “Navro‘z” bog‘ida milliy mahsulotlar, suvenirlar, to‘qimachilik mahsulotlari, rassomlar asarlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar muntazam o‘tkaziladi. “Navro‘z” etnografik parki sizni uydan chiqib bo‘sh vaqtingizni maroqli va mazmunli o‘tkazishingiz uchun yana bir sabab.


Onlayn-tur

 

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring