Foto va Video

Nima uchun Qo‘qon turkiy tilli davlatlar kengashi turizm vazirlarining VI majlisini o‘tkazish uchun tanlangan

23.06.2021 928

Joriy yilning 23-24 iyun kunlari Qo‘qon shahrida turkiy kengashning turizm vazirlari ishtirokida VI majlisi bo‘lib o‘tadi.

Bunday keng ko‘lamli tadbir uchun nima uchun aynan Qo‘qon shahri tanlangan deya hayron bo‘lishingiz mumkin. Bu haqda ushbu ma’lumotlarimizda aytib o‘tamiz.

Tarixi boy shahar

Qo‘qon shahri Farg‘ona vodiysining eng yirik shaharlaridan biri bo‘lib, tarixga nazar solsak, u uzoq vaqtdan beri ilm-fan, madaniyat va hunarmandchilik markazi hisoblanadi. Qo‘qon X asrdan boshlab yozma manbalarda birinchi marta tilga olingan, uning hududida joylashgan arxeologik yodgorliklar shahar hozirgi davrning boshida shakllanganligini ko‘rsatadi. Qulay geografik joylashuvi, nisbatan mo’tadil iqlimi va tabiiy resurslarning boyligi tufayli Qo‘qon uzoq vaqtdan beri ko‘plab davlatlarning diqqat markazida bo‘lgan.

O‘zbek she'riyatiga asos solgan makon


XVIII asrdan boshlab ushbu shahar Farg‘ona vodiysining siyosiy, iqtisodiy, adabiy va madaniy markaziga aylandi. Bu davrda vodiyning o‘z adabiy muhiti shakllanish jarayonoda edi. Qo‘qonda yaratilgan adabiy meros, o‘zbek mumtoz adabiyotining noyob asarlariga aylandi. Mashrab, Huvaydo, Mahzun, Amiri, Nodira, Uvaysiy va boshqa ikki yuzdan ortiq o‘zbek mumtoz yozuvchilari ushbu muhitning eng yorqin vakillari hisoblanadi. Zamonaviy o‘zbek adabiy tili ham Qo‘qon mumtoz adabiyoti asosida shakllangan.

Qadimiy inshootlar arxitekturasi


XVIII asrdan boshlab Qo‘qon ma'rifat va shaharsozlik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda Qo‘qon shahrida 620 ta masjid, 240 ta maktab, 52 ta madrasa, 23 ta tarixiy qo‘riqxona mavjud edi.

Asosiy me’moriy marvarid bo‘lib Xudoyorxon saroyi xalq orasida “Qo‘qon O‘rda” deb ataluvchi inshoot hisoblanadi. Saroy 1871 yilda Xudoyorxon tomonidan qurilgan. Muhtasham majmua Qo‘qon hukmdorining yettinchi xon saroyi edi va xon g‘oyasiga ko‘ra uning hajmi va muhtasham bezagi avvalgi saroylarni ortda qoldirishi va hukmdor kuchini bildrishi kerak edi.

Yana bir me’moriy inshootlardan biri Marg‘ilon shahrida joylashgan XVIII asrdagi diqqatga sazovor joy pir Siddiq maqbarasi. Bu Farg‘ona vodiysiga muntazam uchraydigan zilzilalardan omon qolgan bir necha binolardan biridir. Maqbara haqida qiziqarli afsonani bo‘lib unga ko‘ra, bu yerda Islom dinining-payg‘ambari Muhammad (s.a.v)ning sahobalaridan biri pir-Siddiq yashagan. Hozirgi kunda maqbaraning joylashgan joyida pir Siddiqning o‘z vaqtida budparastlardan yashirinish uchun panohgohi bo‘lgan. Yaqin atrofda o‘rnashgan kabutarlar pir Siddiqni har tomondan o‘rab olib o‘limdan qutqarganlar.

Qo‘qondagi yana bir qiziqarli diqqatga sazovor joylardan biri Jome masjidi bo‘lib shahar aholisining asosiy jamoa masjidi hisoblanadi. Islom me'morchilik yodgorligi qurilishi 1819-1822 yillarga to‘g‘ri keladi. Jome masjidining qurilishi hukmdor Umarxon nomi bilan bog‘liq. Qurilishga O‘rateppa shahridan taniqli me’mor rahbarlik qilgan, uning rahbarligida 200 ga yaqin iqtidorli quruvchilar va bezak ustalari ishlagan.

Qadimiy hunarmandchilik markazi 

Qo‘qon shahrida xalq hunarmandchiligining qadimiy an’analarini asrab-avaylagan holda iste’dodli insonlar istiqomad qilishadi. O‘z yurtiga bo‘lgan muhabbat va urf-odatlarini hurmat qilish, Qo‘qonliklarga shaharni eng yirik hunarmandchilik markaziga aylantirishga yordam berdi. Bu yerda deyarli har bir oila ma'lum bir hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi: yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik, arxitektura, ipakchilik, zargarlik buyumlari yasash sevimli ishga aylanib ulgurgan bo‘lib, oilada asosiy daromad manbai bo‘lsa ajab emas.

Qo‘qon shahri yaqinida Rishton va Marg‘ilon shaharlari joylashgan bo‘lib, uzoq vaqt davomida samoviy (havorang) keramika va tabiiy ipak ishlab chiqarish bo‘yicha qadimiy ustaxonalari bilan mashhur.

Marg‘ilonda qadimiy texnologiya asosida ipak mahsulotlari ishlab chiqaradigan qadimiy “Yodgorlik” ipak to‘qish zavodi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, Marg‘ilonda qadimiy kulolchilik va pillachilik maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Marg‘ilonda 1000 dan ortiq oila hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi, Marg‘ilondan 500 dan ortiq hunarmand “Hunarmand” milliy assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lgan.

Rishton butun dunyoda eng qadimgi keramika markazi sifatida tanilgan. U yerda noyob naqshlar va ranglardan foydalangan holda mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Tarixiy ma'lumotlarga ko‘ra, bu shaharda kulolchilik ming yil avval paydo bo‘lgan. Mahalliy kulolchi hunarmandlar bir necha avloddan buyon kulolchilik san'atining himoyachilari hisoblanadi.

Ekoturizm maskani

Farg‘ona vodiysining noyob tabiati bu yerda ko‘plab ekoturizm markazlarini ochishga imkon berdi. Ulardan biri Qo‘qon shahridan bir necha kilometr narida joylashgan “Mehrigiy” farmatsevtika majmuasi.

Kompaniya 1992 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Farg‘ona vodiysida yetishtirilgan o‘simlik xom ashyosini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, tabiiy sharbatlar, yog‘lar, asal, choy va boshqa tabiiy o‘simlik tarkibiy qismlari asosida salomatlikni mustahkamlash uchun noyob mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beradi.

Farmatsevtika kompaniyasining keng plantatsiyalarida lavanda va ko‘plab ekzotik mevalar yetishtiriladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing