Foto va Video

Oltiariq tumanidagi Bo‘rbonliq qishlog‘ida “Do‘sti Xudo” ziyoratgoxi

2270

Oltiariq tumanidagi Bo‘rbonliq qishlog‘ida “Do‘sti Xudo” ziyoratgohi joylashgan.

Xudo”hazratlarining asli ismi Atoullox bo‘lib, Maschox yurtidan bo‘lgan.U taqdir taqozo bilan shu yerga kelib qolgan va bu yerda kimning yumushi bo‘lsa o‘sha yerda Mehnat qilib yurgan. Kunlarning birida Atoullox Bo‘rbonliqni eng boylaridan biri Nematboy ismli kishining bug‘doyini o‘rish uchun boyning xizmatkori bilan bug‘doy dalasiga boribdi. Xizmatkor uni dalada qoldirib o‘zi ortga qaytibdi.Oradan uch kun o‘tibdi, xizmatkor kelsa hali hanuz bug‘doy o‘rilmay turganmish.Atoullox esa bug‘doyzorni aylanib bug‘doy o‘rish xayoliga xam kelmay yurganmish. Kapalagi uchgan xizmatkor ortga qaytib, ko‘rgan bilganlarini oqizmay tomizmay boyga aytib beribdi.Ular erta tongda dalaga borishibdi.Kelib ko‘rishsa ki, bug‘doy o‘rilib, boylangan holatda emish. Bundan xijolatga tushgan xizmatkor lom-lim deya olmadi.

Atoullox boyning bug‘doylarini o‘rib yanchib xirmonga tashib bergandan so‘ng, xizmat haqiga bir qop bug‘doy olib, olti oydan so‘ng kelishini aytib ketibdi.Atoullox bir qop bug‘doyni yelkasiga ortib pirining oldiga yo‘l olibdi. Uni yelkasida bir qop bug‘doy bilan kelayotganini g‘oyibdan bilgan piri: “ Atoullox biz tomonga bir qop bug‘doy bilan kelmoqda, bug‘doyni yuki uni yelkasiga bas bizni yelkamizga tushsin” deb parvardigorga iltijo kiladi.Atoullox qancha uzoq yurmasin yelkasiga bug‘doyni yuki tushmaydi. Pirining oldiga kelsaki, pirining yelkasi og‘ir yukdan ko‘karib ketganmish.Atoullox Burbonlikdan ketgandan so‘ng xalq orasida “Nematboyning o‘n kishi o‘rib tamom qilolmaydigan yerini bir xudoni sevgan bandasi oq libosli g‘oyib eranlar bilan bir kunda o‘rib tugatdi.” U bug‘doyni o‘rayotgan vaqtida bo‘rilar xam uni xizmatida turdi. U zot valiylardan “Do‘sti xudo” ekan degan so‘zlar tarqalibdi.

Atoullox Bo‘rbonliqka qaytib kelgandan so‘ng odamlar uni avliyo zot ekanini bilishib, ulug‘lay boshlashibdi.Nematboy o‘zini yeridan unga uy qurish uchun joy ajratibdi.Biroq odamlar Atoulloxga “Bu yo‘llar selning yo‘li uy qurma sel buzib ketadi” deyishganda, u “endi sel bu tomonga kelmaydi ana u tomondan oqadi ” deb boshqa yerni ishora qilibdi.Chindan xam o‘sha yili Bo‘rbonliqqa katta sel kelibdi. Sel Atoullox ko‘rsatgan tomondan oqibdi.Shundan so‘ng aholi Atoulloxni chindan xam “Do‘sti Xudo ” ekanligini anglashibdi.

Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring