Foto va Video

Ozarbayjonning bir guruh jurnalistlari va blogerlari O‘zbekiston bo‘ylab mediakontentlar tayyorlamoqda

28.08.2023 318

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan O‘zbekistonning Boku shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonning yorqin ranglari” loyihasi ishlab chiqildi va ushbu loyiha doirasida Ozarbayjon Sayyohlik blogerlari uyushmasiga a’zo bo‘lgan 4 nafar bloger va jurnalist ishtirokida mamlakatimizga press-tur tashkil etilmoqda.

Loyihadan ko‘zlangan maqsad mamlakatning madaniy jozibardorligi va turizm salohiyati bilan Ozarbayjon fuqarolarini yaqindan tanishtirish va bu orqali O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish hamda respublikamizning madaniyat va turizm sohasidagi imkoniyatlarini xorijiy OAVda keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

Ma’lumot uchun, Ozarbayjon Sayyohlik blogerlari uyushmasi 2020-yil o‘z faoliyatini boshlagan. Uyushmaga bugungi kunda mamlakatdagi turizm sohasida faoliyat yurituvchi katta auditoriyaga ega bo‘lgan taniqli blogerlar, jurnalistlar va yirik media-kompaniyalar a’zo hisoblanadi.

Loyiha doirasida press-tur ishtirokchilarining mamlakatimiz bo'ylab Toshkent, Samarqand, Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona, Urganch, Xiva, Buxoro kabi shaharlarga, G‘ijduvon va Rishton kabi tarixiy maskanlarga sayohati tashkil etiladi.

Turizm sohasida so‘ngi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va madaniy me’ros obyektlari haqida turkum fotojamlamalar, videoroliklar, maqola va reportajlar hamda davomiyligi 130 daqiqagacha bo‘lgan hujjatli film tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tayyorlanadigan materiallar yil davomida Ozarbayjonning nufuzli OAVda, jumladan, “RealTV” va “AzTV” telekanallarida hamda Boku shahri kinoteatrlarida namoyish etiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing