Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
"Do‘ppi tikdim... ipaklari tillodan", – deb kuylanadi mashhur o‘zbek qo‘shig‘ida. Tajribali usta kashtachilarning qo‘llari bilan haqiqiy san’at asarlari yaratiladi.

Bilasizmi, o‘zbek do‘ppisi qanday sirlarni o‘zida saqlaydi?
O‘zbekistonda do‘ppi nafaqat kiyimning bir jihati, balki xalq madaniyatining tarkibiy qismidir. Bugungi kunda shaharliklarning boshida do‘ppini faqat ayrim holatlarda: oilaviy tantanalar, dafn marosimlari yoki bayramlarda ko‘rish mumkin. Ammo bundan bir necha o‘n yillar oldin do‘ppi O‘rta Osiyoda asosiy bosh kiyim turi bo‘lgan. Uni erkaklar va ayollar, bolalar va qariyalar kiyardi. Va har bir mintaqada do‘ppilar o‘ziga xos farqli jihatlarga ega bo‘lgan. Shartli ravishda do‘ppilar bir nechta guruhlarga bo‘linadi. Bular: Toshkent, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm-Qoraqalpoq va Qashqadaryo-Surxondaryo do‘ppilaridir. Shuningdek, do‘ppilar bayrambop, diniy va kundalik bo‘ladi. Ushbu milliy bosh kiyimi yumshoq yoki qattiq matodan tikilib, kashta yoki munchoqlar bilan bezatiladi, unga yumaloq yoki kvadrat shakl beriladi.
Biroq, bugungi kunda har kim ham do‘ppi naqshida yashiringan ma’nolar haqida o‘ylamaydi. Axir har bitta bukilish, rasm, chiziq o‘zining chuqur ma’nosi va siriga ega. Hozirgacha xalq orasida do‘ppilar haqidagi afsonalar va rivoyatlar saqlab kelinadi.

Rivoyatlarga ko‘ra, erkaklar do‘ppisining yuqori qismidagi to‘rtta gul odamning sog‘lig‘ini to'rt tomondan himoya qiladi, do‘ppi chetidagi o‘n oltita gul esa katta va ahil oila bo‘lish (o‘n oltita farzand ko‘rish) tilagini bildiradi. Ushbu do‘ppilar odmi, kamtar va shu bilan birga juda bezakli ko‘rinishga ega. Ular to‘rtta qalampir boshchalari ko‘rinishidagi oq naqshning qora fon bilan keskin birikuvi bilan ajralib turadi. Qorong‘i fonga oq ipak bilan tikilgan gullar inson qalbi va yuragi pokligining ifodasi bo‘lib xizmat qiladi.

Ayollar do‘ppilarini bezashda asosan gullar, mevalar va qushlardan foydalaniladi. Gul naqshlari orasida keng tarqalgani atirgul, gulsapsar, chinnigul, lola, gultojixo‘roz, olma gullari va boshqalar, mevalar orasida esa anor, olcha va gilos, bodom va qalampir tasvirlari va boshqalar hisoblanadi. Gullar ko‘pincha yuqorida va yon tomonda tasvirlanadi. Gullar ichidagi jihatlar, ayniqsa, ehtiyotkorlik bilan ishlanadi. Qushlar ham bezakning asosiy naqshini tashkil qilishi mumkin. Asosan, bu tustovuq, xo‘roz, bulbulning tasvirlaridir. Hunarmand ayollarning go‘zallikka, mukammallikka intilishi ularning mehnatini hunarmandchilikdan eng yuqori san’at darajasigacha ko‘taradi.
Shunday qilib, o‘zbek do‘ppisi bezagining barcha elementlari — rangi, chiziqlari, rasmlari muhim ma’no yuklamasiga ega bo‘lib, ko‘pincha hayot va o‘lim, yorug‘lik va qorong‘ulik, yer va osmon, yaxshilik va yomonlik kabi umumiy tushunchalar bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘zbek do‘ppilari haqli ravishda butun dunyoda talabga ega. Chet ellik sayyohlar bunday bosh kiyimlarini g‘ayrioddiy yodgorlik sifatida sotib olishadi, aksariyat insonlar hatto ular bilan o‘z uylarini bezashadi. Shaxsiy foydalanish uchun esa do‘ppini istalgan bozorda va sayyohlik markazlaridagi maxsus sovg‘alar do‘konlarida xarid qilish mumkin.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.