Foto va Video

O‘zbekiston Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan KITF-2022 xalqaro turistik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

20.04.2022 726

20-22-aprel kunlari Olmaota shahrida KITF-2022 xalqaro turistik koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Ekspozitsiya Markaziy Osiyodagi eng yirik professional turistik platformasi va respublika turizm industriyasidagi asosiy voqea hisoblanadi.

Xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida dunyoning yetakchi davlatlari qatori O‘zbekiston ham o‘z milliy stendini namoyish etdi. Mamlakatimiz milliy stendi O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi “Milliy PR-markazi” tomonidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” AK bilan hamkorlikda tashkil etildi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Milliy PR-markazi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” AK, Toshkent va Samarqanddagi turistik kompaniyalari xodimlari ishtirok etmoqda.

KITF-2022 xalqaro turistik ko‘rgazmasining uch kunlik boy dasturi mamlakatlar o‘rtasida memorandumlar, bitimlar, mintaqalararo va transchegaraviy hamkorlik dasturlarini imzolash, shuningdek, respublikalar hukumatlari uchrashuvlari, yalpi majlislar, rod-shoular, seminarlar, taqdimotlar va boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Har yili yetakchi xalqaro turoperatorlar va turistik agentliklar, aviakompaniyalar, milliy va mintaqaviy turistik tashkilotlar, yirik mehmonxona tarmoqlari va mehmonxonalar, tibbiyot va sog‘lomlashtirish markazlari, shuningdek, turizmda IT-texnologiyalarni ishlab chiquvchilar va yetkazib beruvchilar KITF ishtirokchilariga aylanmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing