Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Bitta ipak tolasi inson soch tolasidan sakkiz marta ingichkaroq bo‘lsa-da, undan ancha mustahkamligini bilarmidingiz? Yoki bitta shoyi ko‘ylak tikish uchun ikki mingta ipak qurti kerak bo‘lib, ular deyarli ikkita tut daraxtining barglarini yeb bitirishi lozimligini-chi?
Buyuk Ipak yo‘li davridan boshlab, bir necha ming yillar davomida o‘zbek ipak mahsulotlari qadrlanib kelmoqda. Misol uchun, Marg‘ilon shoyisi oltin bilan baravar baholangan va muntazam ravishda to‘lov vositasi sifatida ishlatilgan. Qadimiy texnologiyalar asosida tayyorlangan ipak tolalari butun dunyoga mashhur bo‘lgan yuqori sifatli matolarning betakror go‘zalligini yaratadi.

O‘zbek ipagining paydo bo‘lishi miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikka, Sharq va G‘arbni bog‘lagan eng mashhur savdo yo‘li davriga to‘g‘ri keladi. Rivoyatga ko‘ra, Farg‘ona vodiysi hukmdorlaridan biri Xitoydan keltirilgan ipak mahsulotlariga qiziqib qoladi. Shunda u o‘z yurtida ipak ishlab chiqarishni xohlaydi va a’yonlariga Xitoy ipagi ishlab chiqarish texnologiyasining sirlarini ochishni buyuradi.
Shunday qilib, rivoyatlarga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida ipak ishlab chiqarish boshlangan. O‘shandan beri, to‘rt ming yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekistonda ipak mahsulotlari: gazlamalar, gilamlar, kiyimlar, bosh kiyimlar, uy jihozlari, milliy sovg‘alar va boshqa ko‘plab mahsulotlar tayyorlanmoqda.

Nima uchun ipak matolar shunchalar mashhur va yuqori baholanadi, deb so‘rarsiz? Buning sababi shundaki, O‘zbekistonda faqat tabiiy ipak ishlab chiqariladi. U o‘zining yumshoqligi bilan ajralib turadi, uni ushlab ko‘rish yoqimli, u tanaga mayin tegib turadi va chiroyli jilvalanadi. Ipakdan tikilgan kiyim bayramona va bashang, kundalik va rasmiy bo‘lishi mumkin - bularning barchasi matoning yengilligi va zichligiga bog‘liq. U yuqori mustahkamlik, havo o‘tkazuvchanlik (bu issiq iqlim uchun juda foydali), yengillik va allergiya chaqirmaslik kabi xususiyatlari bilan mashhur, chunki matolar faqat tabiiy bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda ipakchilik sanoati jadal sur’atda rivojlanishda davom etmoqda. 2017-yilda “O‘ZBEKIPAKSANOAT” uyushmasi tashkil etildi. Uyushmaning asosiy vazifasi tut ipak qurti pillalarini yetishtirish jarayonini takomillashtirish, shuningdek, ularni qayta ishlash va ipak matolar ishlab chiqarishdan iborat. Mahalliy va jahon ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik o‘rnatilgan, o‘zini o‘zi band qilgan ipak ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda O‘zbekiston ipak ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy va Hindistondan keyin dunyoda uchinchi o‘rinni egallaydi. Uyushmaning bosh maqsadi O‘zbekistonning ushbu sohada jahon yetakchisiga aylanishiga ko‘maklashishdir.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ipak tolalarini olish jarayoni nihoyatda murakkab va mehnat talab qiluvchi jarayondir. Bitta tut ipak qurti kapalagi besh yuztagacha tuxum qo‘yadi. Yigirma besh kundan so‘ng qurtlar paydo bo‘ladi, ularga ozuqa sifatida tut barglari berilishi lozim. Bir oy davomida qurtlar barglarni iste’mol qiladi, keyin vazni o‘n barobar oshgach, o‘z atrofida ipak pilla o‘ray boshlaydi. Pillakorlar pillalarni o‘z vaqtida ajratib olishlari va himoya qatlamini issiq suvda eritishlari muhim ahamiyatga ega. Ishning yakuniy bosqichida oppoq rang hosil qilish uchun iplar to‘qiladi va maxsus ishlov beriladi.
Tabiiy ipak ishlab chiqarishning eng yirik markazi hamon Marg‘ilon shahridir. Shaharda “Yodgorlik” va “Xon-Atlas” nomli ikkita fabrika faoliyat yuritmoqda. U yerda “xon atlas” nomli shoyi gazlamalar va “adras” deb ataladigan yarim ipak matolar ishlab chiqariladi.
Tabiiy ipakni sun’iy ipakdan farqlash uchun kichik maslahat: bir nechta ipak iplarni cho‘zib olib, ularni yoqib ko‘rish kifoya. Tabiiy ipak yonmaydi, biroq kuygan soch hidiga o‘xshash yengil hid tarqatadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.