O‘zbekistonda turizm raqamlarda

9998

Ko‘plab xalqaro nashrlarning fikriga ko‘ra, mamlakatimiz        2020-yilda eng jozibador sayyohlik joylaridan biriga aylangan. Kuni kecha Buyuk Britaniyaning The Telegraph gazetasi bu yil tashrif buyurish lozim bo‘lgan shaharlar ro‘yxatini e’lon qildi. Shular qatorida bizning Toshkent ham bor.

Yildan-yilga mamlakatimizga sayyohlar soni tobora ko‘payib borayotganini hisobga olsak, bu juda munosib e’tirofdir. Endi esa bir nechta raqamlarni keltirsak.

O‘tgan yilning yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 6,748 million kishi tashrif buyurgan bo‘lib, bu 2018-yil statistikasidan 125 foizga (5,346 million kishi) ko‘pdir.

O‘zbekistonga tashrif buyurgan turistlarning umumiy sonidan 6,260 million kishi MDH mamlakatlaridan, 488,4 ming sayyoh esa olis xorij mamlakatlaridan kelgan.

Shu bilan birga, 2019-yilda turizm xizmatlarining eksporti 1,313 milliard dollarni tashkil etgan, 2018-yilda u 1,041 milliard dollariga teng bo‘lgan (o'sish 126 foiz).

Ushbu qiymatning yarmidan ko‘prog‘ini MDH mamlakatlaridan kelgan sayyohlar (966,559 mln. AQSH dollari) sarflagan, 346,472 mln. dollar esa boshqa mamlakatlarning sayohatchilariga to‘g‘ri keladi.

Ko‘rib turganingizdek, O‘zbekistonda turizm jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda va bu juda yaxshi yutuq hisoblanadi, chunki bizda dunyoga namoyish etadigan jihatlarimiz bor.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring