Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

Qadimiy Yerqo‘rg‘on yodgorligi - uzoq oʻtmishdagi paxsa qalʼa

190

Yerqoʻrgʻon nomi “tuproq qalʼa” degan ma’noni anglatadi, u Qarshi-Buxoro avtomobil yoʻli boʻyida, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridan 10 km uzoqlikda joylashgan. Bir paytlar uning o‘rnida rivojlangan va yaxshi mudofaalangan shahar bor edi. U mustahkam paxsa devorlar bilan o‘ralgan bo‘lib, ularning xarobalari bugungi kungacha saqlanib qolgan. Devorlarning yetarlicha qalinligi shaharni tashqi dushmanlardan himoya qilgan. Devorning o‘n yetti metrga teng o‘lchamdagi eni yuk tashish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri devor bo‘ylab yo‘l o‘tkazish imkonini berdi. Qal’a devorlari ortidagi gavjum shaharda to‘laqonli hayot qaynagan. Turarjoy binolari, yirik shahar bozori, temirchilar ishlaydigan hunarmandchilik mavzelari bo‘lgan. Shahar aholisi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Shahar markazida, tepalikda, hashamatli saroy bor edi. U kuch va qudratni ifodalagan, u yerda hukmdorning qarorgohi joylashgan edi. Saroyning atrofi bo‘ylab hukmdor oilasiga yaqin turarjoylar, uzoqda esa oddiy odamlarning uylari joylashgan edi. Arxeologik qazishmalar Yerqo‘rg‘onga miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda asos solinganligini, u milodiy VI asrda tanazzulga yuz tutganligini aniqlash imkonini berdi. Shaharning umumiy maydoni 40 gektarni tashkil etadi, shakliga ko‘ra aniq beshburchakni eslatadi. Hozirgi kunda ichki shahar - tuproq uyumlari va tepaliklarga aylangan qadimiy uylar va ko‘chalar xarobalaridir.

Qadimiy shaharda dastlabki qazishma ishlari 1948-yilda arxeolog S. Kabanov tomonidan olib borilgan. Keyin 1965 va 1971-yillarda keng koʻlamli qazishmalar olib borilib, mudofaa devori xarobalari, shahar ziyoratgohi, saroy majmuasi, zardushtiylik daxmasi, kulollar mavzesi, istehkom tizimi va boshqa koʻp narsalar topildi. Qimmatbaho osori-atiqalardan idish-tovoqlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari parchalari, tangalar topilgan.

Yodgorlikdagi arxeologik qazishmalar bugungi kunga qadar davom etmoqda. Masalan, 2020-yil may oyida bir nechta noodatiy eksponatlar topilgan. Jumladan, Samarqandlik arxeolog Abdisobir Raimqulov terakotadan yasalgan zodagon haykalchasini topdi, olimning taxminiga ko‘ra, u oliy martabali odamning idishlaridan biriga bezak sifatida ishlatilgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring