Rishton kulolchiligi

4142

Bugungi dunyoda hunarmandchilik o‘rnini allaqachon sanoat ishlab chiqarishi egallab bo‘ldi. Shunga qaramay, xalq hunarmandchiligi hali ham gullab-yashnayotgan mamlakatlar bor. Ulardan biri – bu O‘zbekistondir! Bu yerda temirchilik va zargarlik buyumlari ustaxonalarini va, hatto, tandirlarni (novvoyxonalarni) ko‘rishingiz mumkin. Bu aslo ajablanarli hol emas, chunki o‘zbek xalqi har doim o‘z mamlakatining tarixiy merosi va madaniy qadriyatlariga befarq bo‘lmay kelgan!

Farg‘ona vodiysidagi Rishton shahri mohir kulollari va betakror qizil loyi bilan mashhur. Afsonaga ko‘ra, sopolni ishlab chiqarish bu yerda ming yil oldin paydo bo‘lgan ekan. Rishton kulolchiligi juda xilma-xil va go‘zaldir. Ko‘zalar va guldonlarning latif shakllari, mayin chiziqlari, gul naqshlarining xilma-xilligi, havorang bo‘yoqning barcha tuslarida namoyon bo‘ladigan ranglarning uyg‘unligi — bular benihoyat go‘zal idishlarining o‘ziga xos xususiyatlaridir.
Craftsman workshop

Rishton sopoli sizning uyingizni bezatibgina qolmay, balki timsol sifatida ham xizmat qiladi. Ushbu o‘ta chiroyli naqshlarni ko‘rib, siz Sharq olamiga kirib borasiz!

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring