Foto va Video

Rossiyalik turoperatorlar O‘zbekistonga Yangi yil bayramining dam olish kunlarida sayohat qilishni tavsiya qilmoqdalar

08.01.2022 1058

Rossiya turistik operatorlari assotsiatsiyasining (RTOA) byulleteni yangi yil bayramlarida MDH davlatlariga sayohatlar haqida bir qator maqolalarni chop etdi. Maqolada Rossiyaning yetakchi turoperatorlarining MDH mamlakatlariga yangi narxlari e’lon qilingan bo‘lib, sayyohlar uchun O‘zbekistonda qulay dam olishlari uchun yangi imkoniyatlar, tizimning yangilanishi va O‘zbekistonning barcha turistik markazlarida tax free tizimini joriy etish haqida so‘z boradi.RTOA “Yaqin masofadagi mamlakatlarga yangi yil sayohati qancha turadi?” sarlavhali birinchi maqolasida bu yil yangi yil va qishki ta’til uchun MDH mamlakatlariga sayohatlarga talab o‘tgan qish mavsumiga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanligini tasdiqlaydi. Coral Travel, Russian Express, ANEX Tour, Multitour, TUI Russia va PAC Group kompaniyalari postsovet yo‘nalishlari bo‘yicha sotuvlar yiliga 10 dan 80% gacha o‘sganligi haqida xabar berishdi.

Joriy yilda Armaniston va O‘zbekiston yangi yil sayohatlari talabi bo‘yicha postsovet davlatlari orasida yetakchi bo‘ldi.

Yetakchi sayyohlik kompaniyalari mutaxassislari kuzatuvlariga ko‘ra, qo‘shni davlatlar orasida talab bo‘lgan mashxur uchlikka kiritilgan O‘zbekistonga turlarga bo‘lgan talab ushbu mamlakatdagi boy va qiziqarli ekskursiya dasturi bilan bog‘liq.RTOAning “O‘zbekistonda sayyohlarga QQS qaytariladi va duty free do‘konlari ochiladi” maqolasida mualliflar O‘zbekiston barcha sayyohlik markazlarida Tax Free tizimini joriy etishni rejalashtirayotgani, bu esa chet ellik sayyohlarga mamlakatimizda amalga oshirilgan xaridlar evasiga QQS qaytarilishini nazarda tutayotganiligini aytadi. Bu mamlakatda kirish turizmini rag‘batlantirish va ichki savdoni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Xorijiy fuqarolarga Toshkent, Samarqand va Buxorodagi xaridlar bo‘yicha QQS qaytarilishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu shaharlarda duty free (bojxona to‘lovlarisiz savdo) do‘konlari ham ochilishi rejalashtirilgan.

Nashrning qayd etishicha – “Tax free tizimini ishga tushirish 2020-yil 1-iyuldan rejalashtirilgan edi va 2022-yilgacha ishga tushirilishi kerak edi, biroq pandemiya va chegaralar yopilishi sababli u vaqtinchalik toʻxtatildi”

“Samarqandda nimani ko‘rish va tatib ko‘rish kerak” nomli navbatdagi maqola mualliflari rossiyalik sayyohlarni Osiyoning qadimiy shaharlaridan biri bo‘lmish – Samarqandning gastronomik va me’morchilik durdonalari bilan tanishtiradi.“Buyuk Ipak yo‘lining yuragi va buyuk Tamur davlatining poytaxti bo‘lgan, Rim bilan tengdosh – tabiiylikga intilganlar, ijodkorlar va go‘zallikni sevuvchilarga bamisoli mayoqdek” — rus muallifi Samarqandni shunday tasvirlaydi.

Muallif Temur davlatining poytaxti tarixiga ekskursiya qilib, shaharning temuriylar davridagi gullagan davrini, Temurning nabirasi Ulug‘bek davridagi ta’lim va fanning gullab-yashnagan davrini misli ko‘rilmagan aniqlik bilan tasvirlaydi. Yulduz yilining uzunligini hisoblab chiqishga muvaffaq bo‘ldi - 365 kun, 6 soat, 10 daqiqa, 8 soniya va xatolik bir daqiqadan kamroq edi. Ulug‘bek Yer o‘qining og‘ishini ham aniqlagan.

Markaziy Registon maydoni bo‘ylab sayr qilar ekan, muallif YuNESKO madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan muhtasham Sherdor va Ulug‘bek madrasalari, Tillaqorining misli ko‘rilmagan hashamati haqida gapiradi. Yaqin atrofda mahalliy hunarmandlarning savdo do‘konlari ham mavjud.

Muallif dizaynerlik liboslari va barcha turdagi mahsulotlarni xarid qilishni xohlovchilarga 19-asrda qayta tiklangan karvonsaroyda joylashgan Samarqand hunarmandchilik markaziga tashrif buyurishni maslahat beradi.

Muallif asosiy diqqatga sazovor joylar qatorida temuriylar qabrlari qadimiy Go‘r-amirning, opa-singillar, xotinlar, bolalar, Tamerlanning harbiy boshliqlari dafn etilgan Shohi Zindaning sirli dahmasi, Bibixonim jome masjidi va Siyob bozorini ham qayd etadi. Muallif “Siyob” bozorida har qanday yo‘l bilan samarqand nonlarini xarid qilishni tavsiya qiladi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, u bir necha hafta davomida aynib qolmagan golda turishi mumkin. Uning uzoq vaqt saqlanishining siri faqat samarqandliklar bilishi mumkin bo‘lgan noyob tarkibidadir.Afsonaviy Samarqand shoyi qog‘ozi uchun muallif Samarqand viloyatiga, Konigil qishlog‘iga borishni tavsiya qiladi. Bu yerda ipak qog‘oz qo‘lda maxsus texnologiya asosida tayyorlanib, mahalliy hunarmandlar tomonidan avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.Qishloq aholisi tomonidan sayyohlar uchun ko‘rinishi va tayyorlanishi bilan O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridan tubdan farq qiladigan Samarqand palovini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari tashkil etilmoqda. Shuningdek rossiyalik mehmonlarga mazali somsa, manti va boshqa mahalliy taomlarni tatib ko‘rishni tavsiya qiladilar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing