Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
O‘zbekiston 2020-yil iyun oyida 2023-yilda Samarqand shahrida UNWTO Bosh Assambleyasini o‘tkazish uchun ariza topshirgan edi. Bu, xususan, Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan UNWTO Yevropa mintaqaviy komissiyasining onlayn formatdagi 65-majlisining idoralararo yigʻilishlarida maʼlum boʻldi.
UNWTO 25-Bosh Assambleyasiga O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatlash hamda shu yilning 30-noyabr – 3-dekabr kunlari Madrid shahrida bo‘lib o‘tadigan Bosh Assambleyaning 24-sessiyasida ishtirok etish maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasi Ispaniya poytaxtiga jo‘nab ketadi. Delegatsiya tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirliklari, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi va “Hunarmand” uyushmasi vakillari bor.
Madrid shahrida bo‘lib o‘tadigan Bosh Assambleyaning 24-sessiyasidagi ishtiroki doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan “O‘zbekiston madaniyati bilan tanishish” rasmiy qabuli tashkil etiladi. Tadbir doirasida XXIV Bosh assambleya mehmonlari va ishtirokchilari mamlakatimizning betakror madaniyati bilan tanishish, milliy taomlarimizdan tatib ko‘rish, xalq amaliy san’ati mahsulotlari bilan tanishish hamda milliy folklor jamoalarining yorqin shou-kontsertidan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Turizm sohasidagi koʻplab xalqaro ekspertlarning fikricha, Oʻzbekistonda koʻp yillardan buyon, ayniqsa, turizmning yangi turlarini diversifikatsiya qilish, xususan, ziyoratni turizmini rivojlantirish borasida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda, bu esa, oʻz navbatida, Global Muslim Travel Index 2019 reytingida musulmonlar uchun jozibador bo‘lgan eng yaxshi -10 mamlakat qatoriga Oʻzbekistonni ham oʻz ichiga qamrab olishga xizmat qilgan.
Buyuk Ipak yo‘lining markazida joylashgan O‘zbekistonda to‘rt mingdan ortiq tarixiy va me’moriy yodgorliklar mavjud. Mamlakatimizning asosiy turistik markazlari – Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz yodgorliklari YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
O‘zbekistonning tarixiy va sayyohlik durdonalaridan biri – Samarqand shahri ko‘p asrlar davomida Buyuk Ipak yo‘lining asosiy markazi bo‘lib kelgan. Temuriylar saltanatining poytaxti va keyinchalik Movarounnahr – zamonaviy O‘zbekistonning tarixiy hududi har doim ajoyib tabiiy, geografik va madaniy imkoniyatlarga ega bo‘lib kelgan va hanuzgacha dunyo bo‘ylab ko‘plab sayohatchilarning qiziqishi obyekti hisoblanadi.

UNWTO Bosh Assambleyasi 25-sessiyasining O‘zbekistonda, qadimiy Samarqandda o‘tkazilishi butun mintaqa uchun muhim voqeadir. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 1993-yildan buyon UNWTOning toʻlaqonli aʼzosi boʻlib, 1994-yilda Buyuk ipak yoʻli boʻylab turizmni rivojlantirish xalqaro loyihasida ishtirok etuvchi davlatlarning Samarqand deklaratsiyasi qabul qilingan edi. 2011-yilda esa O‘zbekiston BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashi a’zosi etib saylandi.
Ma’lumot uchun: BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti UNWTO - barqaror va qulay turizmni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan BMTning eng yirik hukumatlararo agentligi. UNWTO turizmning iqtisodiy o‘sish dvigateli sifatidagi mavqeini mustahkamlash, ekologik barqarorlikni rivojlantirishni maqsad qilib qo‘ygan, shuningdek, u butun dunyo bo‘ylab sayyohlik sektoridagi siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi va yo‘naltiradi.
Bosh Assambleya sammitlari har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi va unda butun dunyodan delegatlar ishtirok etadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.