Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Samarqanddagi Art Station galereyasi: san’at ekologiya ovozi sifatida

09.04.2025 68

Samarqandda, “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hududida Art Station galereyasi faol ish olib bormoqda. Ushbu ajoyib san’at makoni mintaqaning ekologik muammolarini anglash va muhokama qilish vositasiga aylanmoqda.

Galereya Markaziy Osiyo san’at va madaniyat dasturi hamda Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) ko‘magida “Art Station: so‘z erkinligi, badiiy ijod, inklyuziv muloqot va jamiyat taraqqiyoti chorrahalari” loyihasi doirasida tashkil etilgan bir qator ko‘rgazmalarga mezbonlik qilmoqda. Har bir ekspozitsiya ekologiya, madaniyat va ijtimoiy mas’uliyatning o‘zaro bog‘liqligini ochib beradi.

Joriy va bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmalar:

“Ikki daryo oralig‘ida” (3-5-aprel)

Ko‘rgazma suv resurslaridan nooqilona foydalanish oqibatlariga bag‘ishlangan. “Oks shivirlashi” multimedia installyatsiyasi orqali tomoshabin Amudaryo bo‘ylab - Pomir muzliklaridan qurib qolgan Orol dengizigacha bo‘lgan audio-vizual sayohatga sho‘ng‘iydi. Loyihada tabiatdagi o‘zgarishlar madaniyat va kundalik hayotga qanday ta’sir qilishiga urg‘u berilgan.

“Biz daryolar tilida so‘zlashamiz” (5-aprel – 31-iyul)

Bu ekspozitsiyada ekologik, madaniy va ijtimoiy mavzular kelajak haqidagi muloqotga ilhomlantiradigan tarzda birlashtirilgan. Bu yerda ayollar huquqlari, inklyuzivlik va kelgusi avlodlar oldidagi mas’uliyat masalalari ko‘tariladi.

Inverted Visions / “Teskari tasvirlar” (31-mart – 31-may)

O‘zbek interyerining an’anaviy elementi hisoblanuvchi taxmon madaniy xotira, o‘ziga xoslik va vaqt ramziga aylangan eksperimental ko‘rgazma. Asarlarda o‘tmish tasvirlari bugungi kunni qayta anglashga qanday yordam berishi mumkinligi ko‘rstilgan.

“Chegarada. Halokat va qayta tug‘ilish oralig‘ida” (2-aprel – 30-iyun)

Britaniyalik rassom Nik Seyers rahbarligidagi haykaltaroshlik loyihasi iqlim o‘zgarishi, atrof-muhit iflosllanishi, resurslarni barqaror iste’mol qilish kabi dolzarb masalalarni qamrab oladi. Mahalliy rassomlar tomonidan yaratilgan haykallar nafaqat vizual jihatdan ta’sirli, balki chuqur mulohazalarga ham undaydi.

Art Station - bu oddiy galereyadan ko‘ra kengroq. Bu mazmunli muloqot maydoni bo‘lib, unda san’at inson, tabiat va kelajak o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing