Foto va Video

Sitorai Mohi Xosa-so‘ngi Buxoro amirining shahar tashqarisidagi qarorgohi

6845


Buxoroning to‘rt kilometr shimolida ajoyib betakror saroy joylashgan. Bir qarashda siz sharq amiri yoki g‘arb shahzodaning qarorgohiligini payqamaysiz. Nega desangiz, bu qarorgohda o‘z vaqtida mang‘itlar sulolasidan bo‘lgan Buxoro amiri– Amir Said Olimxon (1911-1920) bu saroyda yashaganligi sababablidir.

Afsuski, amirning taqdiri Rossiya qo‘shinlarining Buxoroga bostirib kelishi bilan o‘zgardi. Amir o‘zining hashamatli saroyini tashlab Afg‘oniston Qirolligiga qochib ketishga majbur bo‘ldi. Xuddi shu joyda, ko‘z nuridan ajralgan Amir vafot etdi. O‘z davrida Amir hamma narsaga: sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan oltinlar, shohona hayot, ko‘plab mukofotlar, rafiqalar va o‘nlab joriyalar va, albatta, ajoyib qarorgohlarga ega edi.

Sitorai Mohi Xosa qarorgohi ikki qismga bo‘linadi: eski (sharqona uslubda) va yangi (Yevropa uslubida). Qadimgi saroy XVIII asrda qurilgan. Yangi kompleks XX asrning boshlarida Amir Said Olimxon tomonidan qurilgan.

Saroy qurilishiga nafaqat Buxoroning eng yaxshi me’morlari, balki rus me’morlari ham jalb qilingan. Shuning uchun saroyning tashqi va ichki ko‘rinishi Rossiya va Yevropaning mamlakatlari qarorgohlariga o‘xshaydi. Saroy erkaklar va ayollar uchun mahsus ikki qismga bo‘lingan.

Amir saroyiga olib boruvchi yo‘lda sizni ko‘zingizga birinchi bo‘lib hashamatli tarzda bezatilgan darvoza tashlanadi. O‘rta Osiyo me’morchiligiga xos bo‘lmagan tarzda yasalgan ushbu darvoza qizil, to‘q qizil rangli bezaklari bilan sizni hayratga soladi.

Qarorgoh nomiga mos ravishda oy shaklida qurilgan bo‘lib, qarorgoh nomini tarjima qilsangiz “Oyga o‘xshash Yulduz” degan ma’noni anglatadi. Qarorgoh o‘rtasida hovuz joylashgan. Buxoroning issiq ob-havosidan farqli o‘laroq Qarorgoh iqlimi shaffofdek tuyuladi. Saroyning tashqi ko‘rinishi naqshinkor bezaklar bilan bezatilgan; tomning chetida dekorativ vazalar bilan to‘siqlar joylashtirilgan. Binoning bir tomoni ayvon arkli ko‘rinish bilan bezatilgan. Ayvon ustunlar bilan bezatilgan va uning bezaklari nafis feruza ranglarida yaratilgan. Saroyning marosim kirish eshiglaridan biriga ikki sher haykali himoya qilish ma’nisida joylashtirilgan.

Maqbaraning ichki ko‘rinishi o‘zining hashamati, go‘zalligi va bezaklari sizni jalb qiladi. Devoriy suratlar, ranglar ulardan taralayotgan ranglar jilosi diqqatni tortadi va bunday go‘zallikdan ko‘zni uzib bo‘lmaydi.
Saroyning ichki xonalari orasida o‘zining rang barang oynalari bilan yozgi xonasi ajralib turadi, keng devorli oshxonasi, Vazirlar qabulxonasi va devorlari oynali bo‘lgan katta oq zal mavjud. Zalning devorlari ganchda badiiy ishlov berilgan bo‘lib bu juda hashamatli ko‘rinadi. Xonalarning ajoyib go‘zalligi, Buxoro ustalari va bezakchilari usta Shirin Murodov va Hasanjon tomonidan amalga oshirilgan. Har bir naqsh rassomning shahsiy mahoratidir.
Saroyning bezatishda o‘sha davrdagi yevropa va sharqona uslubda amalga oshirilgan. Xonalarda Venetsiya va Yapon uslubida bezatilgan ko‘zgularning betakror go‘zalligini ko‘rish mumkin; rangli bezaklar va mozaikalar, ko‘plab san’at buyumlari, ko‘zalar va haykallar, Buxoro gilamlari, muhtasham osma chiroqlar va qadimiy mebellar bir-birini to‘ldiruvchi bezaklar sifatida foydalanilgan. Hozirgi kunda ko‘plab hashamatli interyer bezaklar eksponatga aylanib, Amirning shahardan tashqaridagi qarorgohi amaliy san’at muzeyiga aylandi.




Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring