Foto va Video

Tasviriy san’at

2833

"Bir safar biz darveshdan u nimani qidirayotganini, yerni uzoq kezib yurib, nimani topishni xohlashini so‘radik. Va u javob berdi: "Menga xos bo‘lgan o'zimni topishni istayman". Har bir rassom, shu darvesh (darbadar odam) kabi, o‘z suratlariga ko‘rgan narsalari haqidagi taassurotlari bo‘yicha izlanishlarini ko‘chirishi va shu bilan o‘zining ichki dunyosini ochib berishi  bejizga emas.

 art

Shunday qilib, minglab yillar oldin O‘zbekiston zaminida yashagan odamlar g‘orlarning qoyalari va devorlarida odamlar va hayvonlarni tasvirlagan holda fikrlarini yetkazishgan. Shu tariqa, tasviriy san’atning asoschisi bo‘lgan qoyaga rasm solish paydo bo‘ldi.

Cave drawings

Vaqt o‘tishi bilan davrlar o‘rnini davrlar egalladi va devor tasviriy san’ati  ulug‘vor saroylar, maqbaralar bezaklari va naqshlarida namoyon bo‘la boshladi, Islomning kirib kelishi bilan esa uylar bezak, naqsh va xattotlik shaklida bezatila boshlandi.

14-asr boshidan Sharqda tasviriy san’atning yangi turi – miniatyura, ya’ni  diniy ob’yektlardan tashqari bo’lgan turar joy binolari, saroylar, maqbaralar va, hatto, kitoblar dekoratsiyasining noyob elementiga aylangan kichik rangli rasmlar paydo bo‘ldi.

 Fine Art of the Uzbek Middle Ages

O‘rta asr va Uyg‘onish davrlari o‘zbek tasviriy san’atining rivojlanishiga Kamoliddin Behzod, Ahmad Donish, Usta Mahmum va boshqalar ulkan hissa qo‘shdilar.

20-asr boshlarida o‘zbek tasviriy san’atiga rus rassomlari, avangardistlari va monumentalistlari katta ta’sir ko‘rsatdi. Ayrim rassomlar O‘zbekistonga shunchalik ishtiyoq bilan qarashgandiki, ular ushbu muborak zaminda abadiy qolishdi, ba’zilari hatto Islom dinini qabul qilishdi. Pavel Benkov, Chingiz Ahmarov, Aleksey Volkov, Aleksey Nikolayev, Usta Mo‘min asarlarini Nukusdagi I.Savitskiy nomidagi dunyoga mashhur Qoraqalpoq muzeyida, Toshkentdagi San’at muzeyida va Toshkentdagi tasviriy san’at galereyasida ko‘rish mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring