Toshkentda “Jun va ipak” mushuklar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

1274

15-16 yanvar kunlari Toshkent davlat sirkida “Jun va ipak” xalqaro mushuklar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

"Jun va ipak" mushuklar ko‘rgazmasi muntazam ravishda o‘tkaziladigan, jamoatchilik va sayyohlar e’tiborini hayvonlarning himoyasi bilan bog‘liq muammoga qaratadigan noyob tadbirga aylanishi uchun mo‘ljallangan.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, “Hayot” hayvonlarni muhofaza qilish notijorat tashkiloti va “Mushukkent” loyihasi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan mushuk boquvchilar, Rossiya va Gollandiyadan taniqli mutaxassislar ishtirok etadi.

Ko‘rgazma dasturida: turli mushuk zotlari o‘rtasidagi tanlovlar, shou dasturlari, yarmarkalar va xayriya tadbirlari o‘tkazish rejalashtirilgan. Ko‘rgazma doirasida bolalar ishtirokida hayvonlarga nisbatan mehr uyg‘otish maqsadida turli o‘yinlar o‘tkaziladi.

Tashkilotchilar ta’kidlaganidek, hayvonlarga mehr-muhabbatni kuchaytirish, ularga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish, jonivorlarga munosabat madaniyatini shakllantirish maqsadida bunday ko‘rgazmalar dunyoning ko‘plab yirik shaharlarida keng o‘tkazilmoqda.

2016-yildan buyon Toshkentda shunga o‘xshash ko‘rgazmalar o‘tkazib kelinmoqda, ular orasida “Bahor Koshkent”, “Kuzgi Koshkent”, “Koshemir” va “CatWorld” loyihalarini alohida ta’kidlash joiz.

Ko‘rgazmaga kirish pullik. Chipta savdosidan tushgan mablag‘ning katta qismi Davlat sirki foyesini ta’mirlash xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring