Toshkentda Madaniy meros haftaligi boshlandi

16.12.2020 1148

15 dekabr kuni Toshkentda Madaniy meros haftaligi boshlandi va “O‘zbekiston madaniy merosi - Yangi Renessans poydevori” IV Xalqaro kongressining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Неделя культурного наследия в Узбекистане

Tadbirning ochilishida, Bosh vazirning o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Abduhakimov Aziz Abduqaxarovich tabrik so‘zi bilan chiqdi.

O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi, shuningdek, bu yilgi “Madaniyat merosi - yangi Renessans davri asosi” deb nomlangan IV Xalqaro Kongress 18 dekabrga qadar davom etadi. Ushbu tadbir, mamlakatimiz madaniy merosini rivojlantirish va o‘rganishdagi muhim voqeaga aylanadi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan aytilgan yangi Renessans davri g‘oyasi ushbu global jarayonda birgalikdagi g‘oyalarni amalga oshirish uchun yaxshi tayanchga aylandi.

Shu ma‘noda, biz Vatanimiz tarixini saqlab qolish, insoniyat tarixini himoya qilish va kelajak avlodga etkazish uchun mas‘uliyatni chuqur anglaymiz.

O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim sohasiga aylangan turizm, ayniqsa xalqaro turizm, uning madaniy merosini asl holatida qanchalik saqlab qolishimizga bevosita bog‘liq. Chunki xorijiy sayyohlar bizning tariximiz va madaniy merosimiz uchun mamlakatimizga kelishadi», - deya ta’kidladi Aziz Abduxakimov.

Выступление Заместителя Премьер-министра Узбекистана Азиза Абдухакимова на Неделе культурного наследия-2020

Shuningdek, tadbirda YuNESKO Bosh direktorining madaniyat bo‘yicha o‘rinbosari Ernesto Ottone ham tabrik nutqi so‘zladi.

O‘z nutqida, Ottone O‘zbekistonda YuNESKOning beshta Butunjahon merosi ob’ektlari va Insoniyatning nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan oltita elementi joylashganligini ta’kidladi.

“O‘zbekistonning madaniy boyligi mamlakat kelajagini barpo etishning muhim asosiga aylanishi mumkin. Madaniyat, o‘ziga xoslik tuyg‘usini beradi va hamjamiyatlarni yanada mustahkamlaydi, shaharlarni esa yanada innovatsion qiladi. Shu bilan bir vaqtda, madaniy meros va ijodkorlik ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirish orqali kambag‘allikni kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi”, - dedi Ernesto Ottone.

U, o‘z taraqqiyot strategiyasida madaniyatga asosiy o‘rin beradigan O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini yuksak qadrlashini va bu YuNESKOning madaniyat sohasidagi missiyasiga to‘liq mos kelishini qo‘shimcha qildi.

Madaniy meros haftaligining muhim voqeasi bo‘lgan Kongressda rasmiy doiralar va xalqaro tashkilotlar vakillari, dunyoning 40 mamlakatlaridan 300 dan ortiq taniqli xorijiy olimlar, shuningdek, tarix, etnografiya va san‘at sohasidagi 1000 dan ortiq mahalliy mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Неделя культурного наследия-2020

Xalqaro kongress kunlarida, tashkilotchilar 2025 yilgacha ishlab chiqilib amalga oshiriladigan O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining “Yo‘l xaritasi” ni tasdiqlashni rejalashtirmoqdalar. Bundan tashqari, mamlakatimizning muzey va kutubxonalarida “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” loyihasi kitob va albomlarining maxsus sertifikatlari va qadimiy shuningdek noyob qo‘lyozmalarning faksimillarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Древние рукописи Узбекистана

Yangiliklarga boy madaniy meros haftaligi o‘z mehmonlari uchun ko‘plab kutilmagan sovg‘alarni tayyorlamoqda. Shuningdek, 17-dekabr kuni Haftalik doirasida “O‘zbekiston kinematografiyasi: o‘tmishi, hoziri, kelajagi” deb nomlangan ijodiy tadbir bo‘lib o‘tadi. Mahalliy kino sanoatiga bag‘ishlangan ijodiy tadbir 3 bo‘limga bo‘lingan bo‘lib, u yerda prodyuser va stsenariy muallifi Janik Fayziev, teleboshlovchi va rejissyor Valdis Pelsh, aktyor va rejissyor Farxod Maxmudov, rejissyor Aleksandr Kessel, Professor Odelsha Ogishev va rejissyor Elyor Ishmuxammedov kabi o‘zbek va xorijiy kinoijodkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Shu kun, O‘zbekiston Milliy Kino Akademiyasi tomonidan “Oskar-2020” film mukofotiga taqdim etilgan, “O‘zbekkino” buyurtmasiga ko‘ra rejissyor Yolqin To‘ychiev tomonidan suratga olingan “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida: o‘zbek rejissyori Yolqin To‘ychievning “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi shu yil noyabr oyida Hamdo‘stlik mamlakatlari xalqaro kinofestivali “Moskva premyerasi” ning Gran-pri sovrinini qo’lga kiritdi.

Filmdabir oila timsolida o‘tgan asr boshida Turkistondagi siyosiy voqealar haqida hikoya qilinadi. Film syujetiga ko‘ra, odamlardan uzoqda uch xotin bilan yashaydigan Komil to‘rtinchi marta uylanadi. Oilada yangi ayolning kelishi bilan bog‘liq mojarolar va bu mintaqadagi vaziyat oilani barbod bo‘lishiga olib keladi.

Shuningdek, Madaniy meros haftaligi kunlaridagi yana bir yoqimli damlaridan- jahon muzey va galereyalari to‘plamlaridan yig‘ilgan bebaho qo‘lyozma va eksponatlari bo‘lgan “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi albomning 35 ta nashri taqdimoti hamda yosh mahalliy dizaynerlarning mualliflik defilesi kabi tadbirlar bo‘lib o‘tadi, ularning eng yaxshilari O‘zbekiston madaniy merosi haftaligidan maxsus sovg‘alar olishadi.

Nashrlarda, turli davrlarda yaratilgan turli xil san’at asarlari palitrasi mavjud bo‘lib ular dunyo bo‘ylab, jumladan Chexiya, Hindiston, AQSh, Kanada, Italiya, Turkiya, Polsha, Buyuk Britaniya, Yaponiya va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi. Ularning orasida bir nechta jildlar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti muzeylarida saqlanadigan nodir asarlarga bag‘ishlangan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing