Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi

648

Poytaxtning “Eski shahar” qismida qad rostlagan Markaz 10 gektarga yaqin maydonda joylashgan. Markaz binosi to‘rt tomondan balandligi 34 metrli peshtoqlar bilan o’ralgan. Binoning o‘rtasidagi 65 metrli mahobatli gumbaz Markaz binosiga o‘zgacha salobat bag‘ishlaydi.

Binoning birinchi qavatida ko‘rgazma-galereyasi joylashgan. Unda ajdodlarimizning ijodiy salohiyati zamonaviy texnologiyalar va raqamli qurilmalar yordamida yoritilgan. Ikkinchi qavatda bir milliondan ortiq kitoblarni o‘z ichiga olgan ulkan kutubxona joylashgan. 

Markazning muzey ekspozitsiyasi “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”dan boshlab bugunga qadar bosib o’tilgan turli davrlarni aks ettiradi. Ushbu davrlar tarixi turli ashyolar, qo‘lyozma manbalar, suratlar va multimedia vositalari orqali namoyish etiladi.  Unda buyuk mutafakkir-olimlarimizning islom ma’rifatiga qo‘shgan hissasi atroflicha yoritiladi. Ekspozitsiyaning eng markazida Qur’oni karim zali mavjud bo‘lib, bu yerda qadimiy Usmon Mus'hafi joylashgan.

“Vaqt kapsulasi” tashrif buyuruvchilar kelajak avlodlarga xabarlar qoldiradigan interaktiv loyihaga aylanadi. Unda mehmonlar o‘z fikr-istaklarini kelgusi avlodlarga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

“Vaqt devori” ulkan multimedia paneli bo‘lib, unda golografiya, installyatsiyalar va proyeksion texnologiyalar yordamida turli davrlarning muhim tarixiy bosqichlari, buyuk kashfiyotlari va mashhur shaxslari jonlantiriladi.

Ushbu texnologik yechimlar tashrif buyuruvchilar uchun asrlar osha sayohat qilish imkonini yaratadi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar