Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DM “Eng yaxshi blog”, “Eng yaxshi reportaj” va “Eng yaxshi fotoalbom” mavzularida blogerlar videoroliklari tanlovini e’lon qiladi

255

Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DM tomonidan internet tarmog‘ida xorijiy tillarda mamlakatimizning turistik salohiyatini namoyish etuvchi materiallar sonini ko‘paytirishga qaratilgan “Eng yaxshi blog”, “Eng yaxshi reportaj” va “Eng yaxshi fotoalbom” yo‘nalishlarida blogerlar o‘rtasida videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi.

Mazkur tanlov joriy yilning 13-martidan 17-martigacha bo‘lib o‘tadi.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish, umumxalq bayramlarining madaniy, tarixiy va g‘oyaviy jihatlarini aks ettiruvchi ijodiy ishlarni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy auditoriya orasida o‘zbek madaniyatiga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda yoshlarning madaniy xilma-xillikka bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishdan iborat.

Tanlov yakunlariga ko‘ra 3 ta nominatsiya bo‘yicha 1 nafardan, jami 3 nafar g‘olib aniqlanadi hamda ularga tashkilotchilar tomonidan g‘oliblik sertifikati va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Tanlov g‘oliblari quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:

Eng yaxshi blog – Kamerali ko‘zoynak (AI smart glasses);

Eng yaxshi reportaj – Kamerali ko‘zoynak (AI smart glasses);

Eng yaxshi fotoalbom – Kamerali ko‘zoynak (AI smart glasses).

Tanlovning texnik talablari va batafsil shartlari bilan quyidagi havola orqali taqdim etilgan Nizomda tanishishingiz mumkin: NIZOM.pdf

Izoh: Tanlovni o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tanlov tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi. Zarur hollarda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida ijtimoiy tarmoqlarda alohida e’lon qilinadi.

 

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar